KIRISH . Elektron asboblar materiallari va komponentlari fanining maqsadi va vazifalari
Fanning maqsadi va vazifalari
Xalq xo`jaligining taraqqiyotini, rivojlanishini elektr energiyasiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Elektr energiyasini esa ishlab chiqarishdan tortib uni kerakli joyga yetkazib berish uchun har turdagi materiallardan foydalaniladi. Bu metallarning xossalarini bilmasdan turib ulardan amaliy maqsadlarda foydalanish esa mumkin emas.
Elektrotexnikadagi vujudga kelayotgan muammolarni ijobiy xal qilish uchun turli xildagi materiallarni ishlab chiqarish , shu bilan birga mavjud materialarning xossalarini uzluksiz takomillashtirib borish va ularning sifatini yaxshilash zarur. Bu esa yangi texnologiya asosida yuqori sifatli elektrotexnik materiallarni ishlab chiqaruvchi korxonalarni juda tez rivojlantirishni taqozo etadi. Quyilgan maqsadga erishish uchun qullanilishi mumkin bo`lgan materialning fizik, kimyoviy, mexanik xossalarini chuqur urganish talab etiladi. Elektrotexnikada qullaniladigan materiallarni tadqiq etish va yuqoridagi maqsadga erishish uchun «Elektrotexnika materiallari» kursi urganiladi.
Hozirgi paytda – fan va texnika rivojlangan, texnologik jarayonlar takomillashgan bir vaqtda elektrotexnika ham yangi bosqichlarga ko`tarilib turli xildagi materiallar ishlab chiqarilmokda. Elektrotexnika uskunalarini loyihalash, ishlab chiqarish va tekshirishda mutaxasislar turli-tuman xossalarga ega bo`lgan elektrotexnika materiallari bilan tuqnashadi. Elektrotexnik materiallardan ma'lum darajada elektr, mexanik va magnit xossalar talab etiladi.
Elektrotexnika materiallari fanida quyidagilar o`rganiladi: elektrotexnika materiallarini o`rganish va tekshirish asoslari ; ularning xossalari va tuzilishi; muayyan xossalari orqali materiallarni elektrotexnikada ishlatilishini aniqlash va amaliy jihatdan qo`llash.
Elektrotexnika materiallari asosan 4 turga bulinadi: o`tkazgichlar, dielektriklar, yarim o`tkazgichlar va magnit materiallar. Elektr energiyani uzatish uchun havo va kabellarda o`tkazgich materiallari ishlatiladi. Bu materiallar katta elektr o`tkazuvchanlikka ega sof metallardan tayyorlanadi.
Dielektriklar apparat va uskunalarda elektr tokini cheklash uchun ishlatiladi. Shuning uchun ular katta qarshilikka ega bo`lishi shart.
Yarim o`tkazgichlar o`zining elektr o`tkazuvchanligi jixatidan o`tkazgich va dielektriklar orasida joylashgan bo`lib, zamonaviy keng qullaniladi.
Magnitli elektrotexnika asbob-uskunalarida magnit oqimini hosil qilish yoki o`tkazish maqsadida magnit materiallari qullaniladi. Bu materiallardan ma'lum darajada magnit xossalari talab etiladi. Bu xususiyat temir yoki uning turli qotishmalarida ( nikel, kobalt) mavjuddir.