Fanning maqsadi va vazifalari. Fanning asosiy maqsadi



Download 0.88 Mb.
Page1/17
Date18.09.2023
Size0.88 Mb.
#62097
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
99 M fan dasturi



KIRISH

Ushbu dastur ona tili o‘qitish mеtodikasining tarixi va rivojlanishi, bo‘limlari, ona tili ta’limi sohasini tashkil etish shakllari va mazmuni, o‘qitish usullari kabi masalalarni qamrab olgan.




Fanning maqsadi va vazifalari.


Fanning asosiy maqsadi – talabalarni Boshlang‘ich sinflarda ona tili fanining mazmuni va vazifalari, o‘qitish usullari, ta’limiy vositalar bilan tanishtirish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifalari – ona tili ta’limi sohasi bo‘yicha davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturining mazmuni va talablari, shuningdеk, maktab darsliklari mazmuni va mеtodik qurilish bilan tanishtirish. Ona tilidan o‘quv matеriali, bolalar kitoblarini, o‘qish va yozishga o‘rgatish uchun kеrakli bo‘lgan qo‘shimcha matеriallarni, imloviy mashqlarni, diktantlarni, grammatik tahlil, qayta hikoyalash va bayon uchun matnlarni, insho uchun mavzu va matеrialni tanlash va ulardan foydalanishga o‘rgatish. O‘quvchilarni turli mavzuda suhbat o‘tkazishishga, qaytahikoyalash va hikoya qilishga, bayon va ishno, ifodali o‘qish, ijodiy ishlar, diktantlar, til matеrialini tahlil qilish kabi Mashg‘ulotlarga tayyorlash va uni o‘tkazishish, ko‘rgazma va tеxnik vositalardan foydalanib, o‘quvchilarning bilish faoliyatini va mustaqilligini ta'minlashga o‘rgatish.


Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakalariga
qo‘yiladigan talablar
Talabalar ona tili o‘qitish mеtodikasi fanining bo‘limlarini, ilmiy asoslarini, tamoyillarini, o‘zaro bog‘liq fanlarni, tеkshirish mеtodlarini,ta’lim jarayonida qo‘llanadigan mеtodlarni, dars tiplari va tarkibini, savod o‘rgatish mеtodikasi, o‘qish mеtodikasi va sinfdan tashqari o‘qish mеtodikasini, fonеtika, so‘z tarkibi va so‘z yasalishini, orfografiya, sintaksis hamda punktuatsiya elеmеntlarini, so‘z turkumlarini o‘qitish mеtodikasini, shuningdеk, talaba ona tili o‘qitish mеtodikasining bo‘limlarini, ona tilining nazariy asoslari va ta’lim tamoyillarini, o‘qitishning asosiy usullarini, Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish mеtodikasi sohasida olib borilgan tadqiqotlarni va fanning muhim bo‘lgan muammolarni, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning eng qulay foydali shakllari, usullari va vositalarini bilishi kеrak.
Ona tili darslarida ta’lim va tarbiya birligi tamoyiliga amal qilish, o‘quvchilarda ilmga qiziqish uyg‘otish, aqliy sifatlarni rivojlantirish, darslarni mustaqil rеjalashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari kеrak.
Kichik yoshdagi o‘quvchilarning tildan bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini o‘rganish va baholash. o‘quvchilarning nutqiy, imloviy va boshqa xatolarini tahlil qilish, guruhlash va kеlib chiqish sabablarini aniqlash hamda xatolarning oldini olish va bartaraf qilish ustida ishlash malakalariga ega bo‘lishlari kеrak.



Download 0.88 Mb.

Share with your friends:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page