O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


MK-23 rusumli kanal qazish mashinasi



Download 0.99 Mb.
Page14/16
Date14.09.2022
Size0.99 Mb.
#59511
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Jasur hisobot
mundarija, GLOBAL SCIENCE AND INNOVATIONS VIII 2020 eng
MK-23 rusumli kanal qazish mashinasi
MK-23, MK-17 kanal qazish mashinasi kanallarini bir tomonlama shakllanishi bilan oldindan rejalashtirilgan sirtda sug'orish kanallarini hosil qilish uchun mo'ljallangan. Ushbu kanal qazgich DT-75NB, MTZ-1221 traktorlariga agregatlanadi. Ish unumdorligi 95-220 m³ / soat bo’lib, 0.5 metr chuqurlikkacha, tubining eni 0,4 ± 0,05 metrgacha bo’lgan kanallarni qazish xususiyatiga egadir. Umumiy og’irligi 950 kg bo’lgan ushbu kanal qazgich 0.33-0.94 km / soat ish yurish tezligiga ega. Umumiy uzunligi 2000 mm, kengligi 1500 mm, balandligi 1500 mm ni tashkil etgan kanal qazgichning rotor diametri 1550 mm ni tashkil ertadi.
Ikki rotorli kanal qazish mashinasi
Qozog'iston Respublikasida ishlab chiqarilgan Dondining ikkita rotorli ishchi jihozlari eng yuqori texnologik darajaga va ko'rsatkichlarga ega bo'lib, vaqtinchalik sug’orish tarmoqlarini yaratish va saqlash uchun mo’ljallangan. Ulardan 0,4 dan 0,6 km / s gacha tezlikda harakatlanadigan har qanday g'ildirakli traktor bilan yangi kanal hosil qilish uchun foydalanish mumkin va mavjud sug’orish tarmoqlariga ishlov berish uchun ishchi tezligini 1,2 km/s ga yetkazish mumkin. Ushbu qurilma orqali yangi vaqtinchalik sug’orish tarmog’ini tuproq turiga, traktor kuchiga va oldinga siljish tezligiga qarab bir yoki bir nechta o'tishda hosil qilish mumkin. Qazilayotgan tuproqni ikki tomonga teng taqsimlash va mavjud ekinlarni himoya qilish yoki ikkita yon tomon hosil qilish uchun qo'shimcha rezina qopqoqlar mavjudligi qurulmaning yana bir avzalliklaridan biridir. Ishlash chuqurligi traktorning gidravlik ko'taruvchisi yordamida o'rnatiladi.
Hiren Bund korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan kanal qazgich
Hindistonning Gujarat shahridagi Bund Maker korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu qurilma o’zining mustahkamligi va sifatli ekanligi bilan ajralib turadi. Korxona bugungi kunda, asosan tuproq va hosilga mos keladigan o'lcham, turli shakldagi sug'orish qurulmalarini tayyorlab yetkazib bermoqda. Ushbu kanal qazgichlar sug'orish ehtiyojlari uchun keng qo’llanilishi, tayyorlangan materialining mustahkamligi va zangga chidamliligi bilan alohida ajralib turadi. Ushbu qurilma madeli uchta oyoqdan tashkil topgan bo’lib, umumiy uzunligi 995 mm ni, kengligi 1365 mm ni, balandligi 1030 mm ni tashkil etadi. Qurilmaning umumiy massasi 130 kg ga teng.

Download 0.99 Mb.

Share with your friends:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




The database is protected by copyright ©ininet.org 2022
send message

    Main page