21-Masala Talab chizig’I Qd=3600-400p, taklif chizig’I Qs=1975+2580p ko’rinishda berilgan bo’lsa,
Talab va taklif grafigini quring. Muvozanat miqdor va narxini aniqlang.
Agar berilgan Tovarga 2 ga teng qat’iy narx belgilangan bo’lsa. Undan so’ng hosil bo’lgan holatni aniqlang.
22-Masala Tovarga bo’lgan talab funksiyasi Qd=700-p ko’rinishda bo’lib, taklif funksiyasi Qs=2p-200bu yerda p tovar narxi so’mlarda, Q miqdor ming dona.
23-Masala “Samo” tijorat firmasi bir yilda savdo- sotiq ishini yuritish uchun.
Bino-inshoat uchun-6,5 mln
Asbob uskuna uchun-3,3 mln
Hom ashyo uchun-,25 mln
Oylik maosh uchun-2,5 mln
Soliqlar uchu-1,1 mln
Joriy sarf qilingan, shuning evaziga 1,5 mln. Foyda ko’rgan . “Samo” tijorat firmasining jami foyda me’yori miqdori necha foizni tashkil etadi.
24-Masala “Qorizoda” firmasining sof daromadi 5 million somni tashkil qilib, savdo hajmi 7,5 million so’mni tashkil qiladi. “Qorizoda” firmasining shaxsiy kapitali 8,4 million so’m bo’lib , ishlab chiqarish harajatlari 9 million so’mni tashkil qilsa.
Rentabellik koefitsentini
25-Masala Mayonezga bo’lgan talab p=-8q+560 funksiya ko’rinishida beilgan (q-talab miqdori (dona), p-narx (so’mda)).
Agar mayanez narxi 1200 so’m bo’lsa, unga bo’lgan talab miqdori necha bankani tashkil etadi.
Agar bayram munosabati bilan mayanezning narxi 1200 so’mdan 1000 so’mga tushsa, unga bo’lgan talab miqdori oshadimi yoki kamayadimi? Necha so’mga
Talab chizig’ini chizing
26-Masala Kalbasa narxini 2500 so’mdan 3000 so’mgacha ko’tariladi deb faraz qilaylik. Salimovlar oilasinig daromadi 75000 so’mdan 82000 so’mga oshib, ularning kalbasaga bo’lgan talab miqdori ko’tarilsa bu holatda talab chizig’ni va muvozanat nuqtani o’zgarishini grafikda ifodalang va chizgan grafigingizni izohlab bering.
27-Masala O’tgan yili “Nemo” korxonasida o’zgaruvchan harajatlar umumiy harajatlarning 2% ni tashkil qilgan. Bu yil esa o’rtacha doimiy harajatlar 3% , o’rtacha umumiy harajatlar esa 6,5% ga ortdi. “Nemo korxonasining” o’rtacha o’zgaruvchan harajatlar nisbatini toping.
28-Masala “Ipoteka” banki 2007 yil mijozlarga yillik foiz stavkasi 30% bilan qaytarish uchun omonatni saqlashni taklif qildi. Siz 6 oyda 200000 pullingizni oddiy foizlarda qancha qilib qaytarib olasiz.
29-Masala Yil boshida Vahobov 300000 so’m pulini 20% yillik foiz stavkasi bilan, banka qoydi Qalandarov 400000 som 20% yillik foiz st.bilan,“Mashxura ” firmasi 1500000 so’m pulni 35% yillik foiz stafkasi bilan bankdan oldi. Bu holdan bank qancha foyda ko’radi? Vahobov? Qalandarov va “Mashxura” firmasi-chi?
30-Masala “Paxta Bank” 2007 yil mijozlarga yillik foiz stavkasi 38% bilan qaytarish uchun omonatni saqlashni taklif qildit. Fuqoro Nargiza 8 oyda 300000 so’m pulini murakkab foizlarda qancha qaytarib oladi.
31-Masala Bir mamlakatning YAMM miqdori 8669 million dollarni chet ellik fuqorolarga 195 million dollarni , boshqa davlatlarga qoyilgan sarmoyadan tushgan daromadlar 310 million dollarni tashkil qildi. Bu mamlakatning YAIM miqdorini toping.