Qurilish ishlab chiqarishi kooperatsiyasi



Download 16.59 Kb.
Date15.02.2024
Size16.59 Kb.
#63552
Документ Microsoft Word
Loyiha tavakkalchiligi boshqaruvi, Tarix 7-mavzu

Qurilish ishlab chiqarishi kooperatsiyasi


Ixtisoslashtirishni rivojlantirish va chuqurlashtirish bilan kooperatsiyalashtirish yanada yuqori darajada kengayadi va chuqurlasha boradi.
Kooperatsiyalashtirish – bu ma’lum bir mahsulotlarni birgalikda tayyorlardigan korxonalar va tashkilotlar o‘rtasidagi ishlab chiqarish aloqalari shakllaridan biridir.
Huquqiy davlat sharoitlarida kooperatsiyalashtirish o‘zaroaloqador tashkilotlar va korxonalar hamda tegishli ishlab chiqarish kollektivlari asl mohiyatini to‘liq aks ettiradi. Konsentratsiya, ixtisoslashtirish va kombinatsiyalashtirishning o‘sishi bilan bir qatorda kooperatsiyalashtirishning rivojlanishi ishlab chiqarishni umumlashtirish jarayonini kuchaytirish haqida guvohlik beradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalar o‘rtasidagi aloqalar raqobatli xarakterga ega bo‘ladi. Bir tomondan ular manfaatlar umumiyligining chuqurlashuvini aks ettiradi, shu bilan bir qatorda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi foydani yanada oshirish maqsadida raqobatning o‘sishiga olib keladi.
Ixtisoslashtirishning o‘sishi tashkilotlar va korxonalarning ishlab chiqarish aloqalari nafaqat kooperatsiyalashtirish shaklida kengaytirishni, balki moddiy – texnik ta’minot shaklida ham kengaytirishni oldinga suradi. Kooperatsiyalashtirish ma’lum maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar bo‘yicha korxonalar va tashkilotlar orasidagi ishlab chiqarish aloqalarini qamrab oladi. Ta’minot bo‘yicha aloqadorlik (ta’minlash bo‘yicha aloqalar) kooperatsiyalashtirish aloqalaridan farqli o‘laroq hamma ishlab chiqarish aloqalarini ya’ni barcha materiallar, konstruksiyalar, jihozlar, yoqilg‘i, energiya va umuman iste’molchi foydalanadigan barcha narsalarni etkazib berishni qamrab oladi. Kooperatsiyalash – bu ishlab chiqarish bo‘yicha korxonalar aloqalarining ancha murakkab bo‘lgan shakli bo‘lib, uni shakllantirish uchun birinchi navbatda ta’minot aloqalaridan ham muhimroq bo‘lgan yuqori darajadagi rejalashtirish va tashkil etish ancha zarur bo‘ladi.
Qurilishda kooperatsiyalash deganda xo‘jalik jihatdan mustaqil bo‘lgan, investitsion jarayonlarda ishtirok etadigan tashkilotlar va korxonalar o‘rtasidagi tashkiliy jihatdan mustahkam bo‘lgan ishlab chiqarish aloqalari tushuniladi. Amaliyotda bunday aloqadorlik yoki bog‘liklik tashkilotlar va korxonalar tomonidan qurilish ob’ektlarini bevosita qurish bo‘yicha bajariladigan ishlarni birgalikda bajarish, shuningdek, jihozlar, materiallarni birgalikda etkazib berish va birgalikda xizmatlar ko‘rsatishni amalga oshirish bilan o‘zining ifodasini topadi.
Qurilishda kooperatsiyaning zarur bo‘lishi korxonalar yoki ob’ektlarni tiklash uchun turli ishlab chiqarish jarayonlarining ko‘p sonliligi, qurilishda ishlab chiqarishning texnologik va tashkiliy jihatdan murakkabligi va umuman butun investitsion jarayon bilan izohlanadi. SHuning uchun ob’ektlarni qurishda ko‘p sonli tashkilotlar va korxonalar ishtirok etadi. Ko‘p tashkilotlar – ob’ektlarni tiklashda ishtirok etuvchilarning bir vaqtning o‘zida qurilish maydonida ish bajarishi hamda ularning texnologik va tashkiliy jihatdan puxta kelishuv asosida ish yuritishnini talab etadi. SHu sababli qurilishda ishlab chiqarishni kooperatsiyalash buyurtmachi, bosh pudratchi va subpudratchi hamda boshqa tashkilotlar o‘rtasida ishlab chiqarish – xo‘jalik hamkorligini yaratish asosida olib boriladi.
Qurilishda tashkil etuvchanlik roli bosh pudratchiga tegishli bo‘lib, qurilish ishlab chiqarishida ishtirok etadigan barcha ishtirokchilarning ishlarini koordinatsiyalash bosh pudratchi tomonidan amalga oshiriladi. Bosh pudratchi subpudratchi tashkilotlarning xo‘jalik faoliyatiga aralashmasdan turib, yillik va operativ rejalar, ishlarni ishlab chiqish grafigi, boshqarishning avtomatik sistemasi asosida tegishli qurilish va montaj ishlarining bajarilish muddatini va kerma-ketligini tartiblashtiradi.
Ishlarning kelishuvga muvofiq va o‘z muddatida bajarilishiga shuningdek, qurilish ishtirokchilari va jihozlar hamda materiallarni etkazib beruvchi tashkilotlar o‘rtasida shartlashilgan tartib – intizomni kuchaytirish, hamda o‘z vaqtida va sifatli bajarilgan ishlarni iqtisodiy jihatdan rag‘batlantirish yuli bilan ham erishiladi.
Qurilishda kooperatsiyaning darajasi qurilish jarayonining uzluksizligi va ritmikligi hamda qurilish - montaj ishlarini bajaruvchi tashkilotlarning mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish quvvatidan to‘liq foydalanishi, ularning moddiy – texnika bazasi va mehnat resurslari bilan baholanadi.
Kooperatsiyaning eng yuqori darajasiga kombinatsiyalash jarayonini jadallashtirish va birlashmalarni yaratish hisobiga erishiladi.
Download 16.59 Kb.

Share with your friends:




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page