Referat mavzu: Buyuk ipak yo’lining Insoniyat jamiyati taraqqiyotidagi ahamiyati Tayyorladi



Download 1.63 Mb.
Page2/5
Date03.08.2024
Size1.63 Mb.
#64501
TypeReferat
1   2   3   4   5
buyuk ipak yo\'li
2-Мавзу, 1-мавзу. ИТТ предмети
Buyuk Ipak yoʻli – qadimda sharq bilan gʻarbni boʻgʻlab turgan savdo yoʻli, insoniyat rivojlanishi tarixining, uning birlashuvga hamda madaniy qadriyatlari bilan almashishga, hayotiy fazo-yu mahsulotlarni sotish uchun bozorlarga erishishga intilishining oʻziga xos boʻlgan hodisasi. Dengiz, okean yoʻllari ochilmasdan oldin bu yoʻllar muhim ahamiyat kasb etgan. Sharqda aytiladigan naqlga qaraganda: „Oʻtirgan – boʻyra, yurgan – daryo“. Harakatlanish – bu hayotdir, sayohat qilish, jahongashtalik doimo taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi boʻlgan edi. Insoniyat tarixida eng ulkan boʻlgan ushbu qitʼalararo savdo yoʻli Yevropa va Osiyoni bir-biriga bogʻlab, oʻtmishda antik Rim davlatidan to Yaponiyaning qadimgi poytaxti Nara shahrigacha choʻzilgan edi. Albatta, sharq va Gʻarb oʻrtasidagi savdo oʻtmish qaʼriga choʻkkan qadim-qadim zamonlardan beri olib borilar edi, lekin bu kelgusida bunyod etilgan Buyuk yoʻlning aloxidagi qismlari edi. Savdo aloqalari hosil boʻlishiga Markaziy Osiyo togʻlarida yarim qimmatbaho toshlar – Sharqda nihoyatda qadrlangan lazurit, nefrit, aqiq, feruzalar qazib chiqariladigan konlarni topib, qazib olish koʻp jihatdan koʻmaklashgan. Masalan, Markaziy Osiyodan Eronga, Mesopotamiyaga va hatto Misrga lazurit toshi yetkazib beriladigan „lazurit yoʻli“ mavjud edi. U bilan bir paytda „nefrit yoʻli“ ham tarkib topgan, bu yoʻl Xotan va Yorkend tumanlarini Shimoliy Xitoy mintaqalari bilan bogʻlar edi. Bundan tashqari, Old Osiyo mamlakatlariga Soʻgʻdiyona va Baqtriya davlatlaridan aqiq toshlari olib ketilar edi, Xorazmdan esa feruza keltirilgan. Bu yoʻnalishlarning barchasi oxir-oqibat Buyuk Ipak yoʻliga kirib mujassamlashgan. Markaziy Osiyodan Gʻarbga va Janubga oʻtkazilgan karvon yoʻllarini hamda Xitoydan Sharqiy Turkistonga olib boradigan yoʻllarni oʻzaro bogʻlab bergan buyuk yoʻlning haqiqiy boshlanishini tarixchilar eramizdan avvalgi ikkinchi asrning oʻrtalarida, deb hisoblaydilar.


1.2. Buyuk Ipak yo’li atamasining paydo bo’lishi.
Xitoy sivilizatsiyasi rivojlangan Xuanxe va Yantszi yirik daryolari havzasi geografik jihatdan Yevrosiyo qitʼasining boshqa mintaqalaridan dunyodagi eng baland togʻ tizmalari va keng choʻllar bilan ajralib qolgan edi. Xitoyga shimoldan va shimoliy-gʻarbiy tarafdan koʻp asrlar davomida unga dushman boʻlib kelgan qabilalar qoʻshnichilik qilar edi. Aynan shu sababli ular Xitoy karvonlarining xavfsiz harakatlanishiga toʻsqinlik qilardi. Shin sulolasi davrida (miloddan avvalgi 1600–1046-yillar) xitoyliklar gʻarb davlatlariga tanish boʻlmagan noyob mahsulotlarni ishlab chiqarishni oʻrganib olishdi. Bunday mahsulotlar qatoriga ipak, chinni va qogʻoz kirardi. Oʻsha paytlar ipakka boʻlgan talab oʻta yuqori edi, chunki undan tikilgan kiyimlarga hasharotlar yopishmasdi. Kemasozlik sohasi ham hali yetarli darajada rivojlanmagan edi, shu sababli dengiz savdo yoʻllari ishonchli hisonlanmasdi. Quruqlik orqali Xitoydan gʻarb mamlakatlariga ikkita asosiy yoʻnalish boʻylab borish mumkin edi. Birinchisi — Shinjonning gʻarbidagi Gansu yoʻlagi orqali oʻtgan yoʻl. Ikkinchisi esa Tibet togʻlari orqali Xitoyning Yunnan va Sichuan provinsiyalarini Hindiston bilan bogʻlovchi yoʻl, uni “Choy ot yoʻli” deb ham atashardi. Oʻsha paytlar gʻarbda, yaqin sharq va Oʻrta Osiyo mamlakatlarida Xitoy mahsulotlari evaziga oltin, kumush, jun buyumlar, gilamlar va shisha idishlar berishardi.
Ipak yoʻli bir xil joylardan oʻtgan barqaror yoʻl boʻlmagan. Karvon yoʻllari turli tarixiy davrlarda turli xil boʻlgan. Bundan tashqari, bu ulugʻvor yoʻlda juda koʻp turli shoxlar bor edi — maʼlum bir paytlardagi harbiy-siyosiy vaziyatga qarab, savdogarlar xavfsizroq va ishonchliroqlarini tanlashar edi. Ipak yoʻli tushunchasining oʻzi esa IXX asrgacha mavjud emas edi. Bu atamani, yuqorida taʼkidlanganidek, ilk marta nemis geografi Ferdinand fon Rixtgofen 1877-yilda oʻylab topgan.

Download 1.63 Mb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page