Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti “Menejment” ta’lim yo’nalishi MN-319 guruh talabasi Davirova Diyora Xasanovnaning “Ishlab chiqarish menejmenti” fanidan
Mustaqil ishi
Samarqand 2023 Ishlab chiqarishni tashkil etish bosqichlari Reja: 1.Ishlab chiqarishni tashkil etish asoslari va uning bosqichlari.
2.Korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasi vа uning elementlari.
3. Korxonada ishlab chiqarishni tashkil etish prinsiplari, turlari,shakllari va usullari.
Ishlab chiqarishni tashkil etish asoslari va uning bosqichlari Ishlab chiqarish korxonalarining samaradorlik faoliyati texnika bazasining o’sishi va ishlab chiqarish jarayonining borishini tashkil etish darajasi hamda mahsulot yaratilishi bilan aniqlanadi.
Korxonalarning asosiy faoliyatini ishlab chiqarish jarayonining borishi tashkil etadi. Uning asosiy vazifasi iste’mol qiymatini yaratishdir. Masalan, qazib olish soha sida – mineral xom ashyolarni va yoqilg’ini qazib olish, qayta ishlash sohasida – xom ashyoni qayta ishlash natijasida mahsulotni iste’mol qilish uchun tayyorlash. Ishlab chiqarish jarayoni kompleks jarayon bo’lib, bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lgan texnologik va mehnat jarayonlarini o’z ichiga oladi. Texnologik jarayon – bu, mehnat buyumlari o’zgarishi (shakli, tashqi ko’rinishi, katta-kichikligi, agregatlik holati, tuzilishi va h.k.)ning natijasi bo’lib, tabiiy jarayonlarni ham o’z ichiga oladi. Bunday holda jonli mehnat ishtirok etmaydi (masalan, quritish - quyma, pokovkaning qurishi, materiallar yoki detallar moylangandan so’ng atmosfera sharoitida qurishi), lekin bu jarayon ma’lum darajada kishilar nazorati ostida olib boriladi.
Mehnat jarayoni – bu, jismoniy va aqliy energiyaning sarflanishi bo’lib, iste’mol qiymati yaratishga qaratilgandir. Ishlab chiqarish jarayonining natijasi texnologik rejimga amal qilinishiga va sharoitlarning yig’indisiga bog’liq (jarayonni olib borish uchun texnologik rejim talablari yig’indisi: xomashyo va materiallarning tarkibi, me’yordagi bosim va boshqa ishlab chiqarish omillari bo’lishi shart).
Hozirgi zamon korxonalarida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun, ishlab chiqarish va mehnat vositalaridan tashqari, moddiy sharoit (ishlab chiqarish binosi, yoritish qurilmalari, omborlar va h.k.) amal qiladi. Bu sharoitlar bo’lmasa jarayonning yuz berishi yo mutlaqo mumkin emas yoki faqat takomillashmagan bir tusdagina yuz beradi. Ishlab chiqarish jarayoni ikki tomonlama, ya’ni:
-ijtimoiy-iqtisodiy (kishilar munosabati)
-moddiy-texnika sharoitlari bilan xarakterlanadi.
Bu omillarning ta’siri natijasida har qaysi korxonada ishlab chiqarish jarayoni tashkil topadi. Hozirgi zamon ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarish jarayoni ichki tuzilishi jihatdan bir xil emas: u mustaqil jarayonlardan tashkil topgan bo’lib, turli shakllarga va o’ziga xos xususiyatga ega. Bu ayrim mustaqil jarayonlar, odatda, asosiy va yordamchi jarayonlarga bo’linadi. Shuningdek, har qanday asosiy jarayonni ham tarkibiy qismlarga bo’lish mumkin (mahsulotlarning ayrim qismlarini tayyorlash jarayoni parallel va ketma-ket olib boriladi). Bunday qismlar asosiy mahsulotni tayyorlash bosqichi deyiladi (har qaysi bosqich texnologik jihatdan alohida ishlab chiqarish jarayonining bir qismini tashkil etadi).
Ishlab chiqarish jarayonining bosqichsi bir-biridan qo’llaniladigan texnologik usullar, uskunalarning xarakteri va kadrlarning ixtisoslanishi bilan farq qilinadi. Masalan, mashinasozlik korxonalarining asosiy jarayoni uchta bosqichdan iborat: tayyorlash qayta ishlash va yig’uv. Bosqichlar ayrim operatsiyalardan tashkil topadi. Operatsiya o’zgarmas ishlab chiqarish qurollari, mehnat predmetlari va ish joyida amalga oshiriladi. Buyumlarning shakli yoki mehnat buyumlarining kimyoviy tarkibi bir necha o’rinlarda ishchilar nazorati ostida o’zgarishiga operatsiya deyiladi. Operatsiya ishlab chiqarish jarayonining bir qismidir. Materiallarni qayta ishlashda va operatsiyalarni vaqt bo’yicha bajarishda, tayyorlashda oldingi hamda keyingi operatsiyalar soni va sifati bilan bog’lanadi.Operatsiyalar ish harakatlari (priyomlar)ga bo’linadi. Priyom – bu ish harakatining berk jarayoni bo’lib, bir ishlovchi tamom qilgan ish elementidan iboratdir. Har qaysi ish priyomini bajarish uchun, bajaruvchi ma’lum darajada mehnat harakatini amalga oshiradi (ma’lum detalni olish, burash, tortish va h.k.lar mehnat harakati priyominin bir qismi bo’lib, ishchining biror buyumga ta’siri yoki ishchining buyum bilan yoxud buyumsiz bir joyga siljishi tushuniladi). Ishlab chiqarish jarayonini bo’lishdan maqsad ish kuchini ratsional joylashtirish, malakali ishchilarga bo’lgan talabni aniqlash, ula ishining aniq hisobini olib borish, ya’ni mehnat unumdorligining o’sishini, rezervlarini aniqlashdan iborat.
Ishlab chiqarish jarayonlarining yuqorida qayd qilingan elementlarga bo’linishi ishlab chiqarish jarayonining strukturasini tashkil qiladi.
Ishlab chiqarish jarayonini ratsional tashkil qilish ishlab chiqarishni takomillashtirishning rejali va mutanosib bo’lishini ta’minlaydi.