Dasturlash asoslari



Download 42 Kb.
Date21.01.2023
Size42 Kb.
#60425
13253654658
“Ochiq kodli operatsion tizim xavfsizligi” fanidan “Axborot xavf, Mustaqil ish O\'rnatilgan tizimlar

DASTURLASH ASOSLARI
fanidan yakuniy nazorat savollari
1.Nazariy savol
1.Algoritm tushunchasi.
2.Algoritmning xossalari.
3.Algoritmning turlari.
4.Algoritmning tasvirlash usullari.
5.C# dasturlash tilining sintaksisi.
6.C# dasturlash tilining alfaviti.
7.C# tilining asosiy operatorlari.
8.C# tilida o‘tish operatorlari.
9.Shartli o‘tish operatorlari.
10.Ichma-ich shart operatorlari.
11.Switch operatori.
12.for sikl operatori.
13.while sikl operatori.
14.do .. while sikl operatori.
15.forech sikl operatori.
16.String sinfining metodlari.
17.Berilgan masalani kоmpyutеrda yechish bоsqichlari.
18.Blоk-sхеma blоklarini ishlatilishi.
19.Algoritmning diskretlilik xossasi.
20.Algoritmning tushunarlilik xossasi.
21.Algoritmning aniqlik xossasi.
22.Algoritmning ommaviylik xossasi.
23.Algoritmning natijaviylik xossasi.
24.Chiziqli algoritmlarni blok sxema ko`rinishida ifodalanishi.
25.Tarmoqlanuvchi algoritmlarni blok sxema ko`rinishida ifodalanishi.
26.Takrorlanuvchi algoritmlarni blok sxema ko`rinishida ifodalanishi.
27.Bir o‘lchovli massivlar.
28.Ikki o‘lchovli massivlar.
2.Berilgan misolni dasturini tuzing
1.Kvadratning tomoni a berilgan .Uning perimetri aniqlansin.
2.To‘g‘ri to‘rtburchakning a va b katetlari berilgan bo‘lsa uning gipatenuzasi va perimetri aniqlansin.
3.A, B va C sonlar berilgan. A ning qiymatini B ga, B ning qiymatini C ga, C ning qiymatini A ga almashtirilsin. A, B va C sonlarning va yangi qiymati ekranga chiqarilsin.
4. x ning qiymati berilganda, 6 3 y  4*(x  3)  7 *(x  3) +2 y ning qiymati aniqlansin.
5. Uzunlik L santimetrda berilgan.Undagi to‘liq metrlar sonini aniqlovchi dastur tuzilsin.
6. A va B (A>B) musbat sonlar berilgan.A kesmada B kesmani nechta marta joylashtirish mumkin. A kesmada B kesmani joylashmagan qismini aniqlovchi dastur tuzilsin.
7. Uch xonali son berilgan. Uning chapdan birinchi raqamini o‘chirib, o‘ng tarafiga yozishdan hosil bo‘lgan sonni aniqlovchi dastur tuzilsin.
8. A butun son berilgan.Jumlani rostlikka tekshiring:” A musbat son”.
9. A, B va C butun sonlar berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring:”A<=B<=C”
10. Uch xonali son berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “Ushbu sonning raqamlari ketma-ket o‘suvchi bo‘lib joylashgan”.
11. x, y sonlar berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “Koordinatalari (x,y) bo‘lgan nuqta koordinata tekisligining ikkinchi yoki uchinchi choragida yotadi”.
12. Shaxmat doskasining ikkita turli (x,y) ,(x1,x2) koordinatalari berilgan(1-8 oraliqda yotuvchi butun sonlar). Jumlani rostlikka tekshiring: “Berilgan maydonlar bir xil rangda”.
13. Uchta butun son berilgan. Shu sonlar orasidan nechta musbat son borligini aniqlovchi dastur tuzilsin.
14. 1-999 oraliqda bo‘lgan sonlar berilgan. Berilgan sonni “ ikki xonali juft son”, “ uch xonali toq son” va h.k. ekranga yozadigan dastur tuzing.
15. 1-7 gacha bo‘lgan butun sonlar berilgan.Kiritilgan songa mos hafta kunlarini so‘zlarda ifodalovchi dastur tuzing.
16. Sharq kalendarida 60 yillik davr qabul qilingan. Yil muchali 5 ta rang (yashil, qizil, sariq, oq va qora ) va 12 ta hayvon (sichqon, sigir, yo‘lbars, quyon, ajdar, ilon, ot, qo‘y, maymun, tovuq, it, to‘ng‘iz) nomlarining kombinatsiyasidan kelib chiqadi.Yilning raqamiga qarab uning muchalini aniqlovchi dastur tuzing. 1984-yil davr boshi “Yashil sichqon yili ”.
17. Ikkita burj vaqtlarini aniqlovchi butun son berilgan: D(kun), M(oy). Berilgan sana qaysi burjga kirishini aniqlovchi dastur tuzing.
18. A ,B haqiqiy va amal butun soni berilgan.A va B son sonlari ustida arifmetik amallar bajaruvchi dastur tuzing.Bunda 1-qo‘shish, 2-ayirish, 3- bo‘lish, 4- ko‘paytirish.
19. k va n (n>0) butun soni berilgan. k sonini n marta chiqaruvchi dastur tuzing.
20. n (n>0) butun soni berilgan. Shu sonni kvadratini quyidagi formula asosida hisoblovchi dastur tuzing. n2=1+3+…+(2n-1)
21. n (n>0) butun soni berilgan. Bir sikldan foydalanib quyidagi yig‘indini hisoblovchi dastur tuzing. 1!2!...  n!
22. A va B musbat sonlar berilgan. Shu ikki sonning EKUBini toping.
23. A va B musbat sonlar berilgan. Shu ikki sonning EKUKini toping.
24. A va B (A>B) musbat sonlar berilgan. A uzunlikdagi kesmada maksimal darajada B kesma joylashtiring. A kesmaning bo‘sh qolgan qismini aniqlovchi dastur tuzing. Bunda ko‘paytirish va bo‘lish amallarini ishlatmang.
25. 2 sonini qandaydir darajasini bildiruvchi n (n>0) butun soni berilgan. n  2k k ni ifodalovchi dastur tuzing.
26. N>0 musbat soni berilgan n sonigacha bo’lgan sonlar ichida 5 soniga karralilarini chop qilmaydigan dastur tuzing.
27. n>0 soni berilgan. Shu sonning tub yoki murakkab son ekanligini aniqlang.
28. n natural soni berilgan. 2 sonini dastlabki n ta darajasidan tashkil topgan massivni hosil qiling va elementlarini chiqaring. (1, 2, 4, 8,...)
29. n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Uning elementlarini teskari tartibda chiqaruvchi dastur tuzing.
30. n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massiv elementlari orasidan toqlarini indekslari o’sish tartibida chiqaruvchi va ularni sonini aniqlovchi dastur tuzing
31. MxN o’lchamdagi matritsa va K butun son berilgan(1 ≤ K ≤ N). K- ustundagi matritsa elementlarini yig’indisini va ko’paytmasini hisoblang.
32. MxN o’lchamdagi matritsa va K butun son berilgan(1 ≤ K ≤ N). K- satrdagi matritsa elementlarini yig’indisini va ko’paytmasini hisoblang.
33. Satr berilgan. Satrni o’z ichiga olgan raqamlar sonini toping.
34. Satr berilgan. Barcha kichik harflarni(lotincha ham ruscha ham) katta harflarga, katta harflarni kichik harflarga almashtiruvchi dastur tuzing.


3. 2-misolni yechish algoritmini blok sxemasini tuzing.
Download 42 Kb.

Share with your friends:




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page