Konversiya(lotin.”Conversio”— aylanish, o‘zgarish demakdir) - datlabki gaz aralashmasining tarkibini o‘zgartirish maqsadida gazlarni qayta ishlash jarayoni bo‘lib, odatda, vodorod yoki uning CO bilan aralashmasini olish maqsadida gazsimon uglevodorodlar (metan va uning gomologlari) va CO konversiya qilinadi.
Kulrang yoki yashil-kulrangdagi silindirsimon g‘ovakli granulalar.”MAXAM-CHIRCHIQ” AJ da ishlab chiqariladi.Asosan 2 xil markada ishlab chiqariladi:”Ц-15”, ”Ц-20”.
”Ц-15”. Donalar o‘lchami. Tashqi diametri 14,0÷16,0 mm,balandligi 12÷16mm. Tashqi diametri 12÷ Hajmiy zichligi 1,0÷1,2 kg/dm3. Mexanikaviy mustahkamligi - tabletkalarning yon tomonini ezganda, yemirilish kuchi, o‘rtach 20 MPa, minimal 12 MPa. Xrom oksidining Cr2O3 tarkibi 5÷8% orasida. Oltingugurtning massa ulushi esa 0,005% dan oshmaydi(SO3 ga qayta hisoblanganda).
”Ц-20”. Donalar o‘lchami. Tashqi diametri 18,0÷20,0 mm,balandligi 16÷20mm.. Hajmiy zichligi 0,9÷1,1 kg/dm3. Mexanikaviy mustahkamligi - tabletkalarning yon tomonini ezganda, yemirilish kuchi, o‘rtach 15 MPa, minimal 18 MPa. Xrom oksidining Cr2O3 tarkibi 5÷8% orasida. Oltingugurtning massa ulushi esa 0,005% dan oshmaydi(SO3 ga qayta hisoblanganda).
“GIAP-8” Nikel katalizatori gazsimon uglevodorodlarni konversiyalash uchun ishlatiladi. Texnik vodorod va turli texnologik gazlarni ishlab chiqarish uchun normal bosim va 4 MPa bosimda gazsimon uglevodorodlarni bug‘, bug‘-karbonat angidrid va havoga aylantirish uchun mo‘ljallangan.
Uglevodorod xom ashyosining suv bugʻi bilan konversiyasida gazdagi metanning miqdori 90% (hajm) ni tashkil etib, u oltingugurtli birikmalirdan tozalangan boʻlishi shart. Jarayon quyidagi sharoitda boradi: bugʻning gazga boʻlgan nisbati 9,0÷2,2:1; aralashmaning hajmiy tezligi 4000 soat1 atrofida; quruq konvertirlangan gazda metanning miqdori 500°C da 40%, 700°C da esa 4% ni tashkil etadi.
Kulrang yoki och kulrangdagi silindirsimon va dumaloq,g‘ovakli granulalar.”MAXAM-CHIRCHIQ” AJ da ishlab chiqariladi.Asosan 4 xil markada ishlab chiqariladi:”Ц-15”, ”Ц-20”, ”K-15”, ”K-20”.
”Ц-15”.Hajmiy zichligi 1,0÷1,3 kg/dm3. Deformatsiyalangan donalarining massa ulushi 6% dan ko‘p emas. Donalar o‘lchami 15,0÷1,0 mm dan kam emas. Diametrlar 18 mm dan kam emas.Granulalarning 1200°C da havoda yemirilmasdan qorayguncha 20 marta issiqlik almashinadi.Katalizatordagi Nikelning massa ulushi 6,0÷10,0%. Oltingugurtning massa ulushi esa 0,005% dan oshmaydi(SO3 ga qayta hisoblanganda).
”Ц-20”.Hajmiy zichligi 0,9÷1,2 kg/dm3. Deformatsiyalangan donalarining massa ulushi 8% dan ko‘p emas. Donalar o‘lchami 20,0÷1,0 mm dan kam emas. Diametrlar 18 mm dan kam emas.Granulalarning 1200°C da havoda yemirilmasdan qorayguncha 20 marta issiqlik almashinadi.Katalizatordagi Nikelning massa ulushi 6,7÷10,0%. Oltingugurtning massa ulushi esa 0,005% dan oshmaydi(SO3 ga qayta hisoblanganda).
”K-15”.Hajmiy zichligi 1,0÷1,3 kg/dm3. Deformatsiyalangan donalarining massa ulushi 9% dan ko‘p emas. Donalar o‘lchami 15,0÷1,0;3,0 mm dan kam emas. Diametrlar 16 mm dan kam emas.Granulalarning 1200°C da havoda yemirilmasdan qorayguncha 20 marta issiqlik almashinadi.Katalizatordagi Nikelning massa ulushi 6,0÷10,0%. Oltingugurtning massa ulushi esa 0,005% dan oshmaydi(SO3 ga qayta hisoblanganda).
”K-20”.Hajmiy zichligi 0,8÷1,1 kg/dm3. Deformatsiyalangan donalarining massa ulushi 10% dan ko‘p emas. Donalar o‘lchami 20,0÷1,0;1,0 mm dan kam emas. Diametrlar 15 mm dan kam emas.Granulalarning 1200°C da havoda yemirilmasdan qorayguncha 15 marta issiqlik almashinadi.Katalizatordagi Nikelning massa ulushi 6,0÷10,0%. Oltingugurtning massa ulushi esa 0,005% dan oshmaydi(SO3 ga qayta hisoblanganda).
Toza, quruq, germetik berkitiladigan 50-100 dm3 sig‘imli po‘lat bochkalar, yoki 40 dm3 sig‘imli metall flyagalarga joylanadi.Transportning barcha turlarida tashish mumkin.