Haridorlarga mahsulotlar etkazib berish bo’yicha shartnomalarning bajarilishi
14250
14010
-240
98,3
Jadvaldan ko’rinishicha, sotilgan mahsulotlarning hajmi rejaga nisbatan 71 ming so’mga yoki 0,5% ga oshgan. Bunga tovar mahsulotlarini ishlab chiqarish rejasini 228 ming so’mga yoki 1,6% ga oshirib bajarilganligi sabab bo’lgan. Ammo tovar mahsulotlarining rejadan ortiq ishlab chiqarilishi to’liq. darajada sotilmagan. Sotilgan mahsulotlarning o’tuvchi qoldiqlari rejalashtirilganga ko’ra 157 ming so’mga o’sgan, bu sotish hajmini shu summaga pasaytirgan. Sotilmagan mahsulotlar qoldiqlarining o’sishi mahsulotlarni sotish hajmini ko’payishining foydalanilmagan rezervlaridan iborat bo’ladi. Mahsulotlarni sotish rejasining 0,5% oshirib bajarilishiga qaramasdan, korxona mahsulotlarni etkazib berish bo’yicha shartnoma majburiyatlarini 240 ming so’mga yoki 1,7% ga kamroq bajargan, bu korxona ishining salbiy ko’rsatkichlaridan biridir.
Bozor sharoitlarida mahsulot sifatining yaxshilanishi tobora katta ahamiyat kasb etadi. Mahsulotning sifati deganda uning foydalanish uchun yaroqlilik darajasini belgilovchi xususiyatlar majmui tushuniladi. Mahsulotning belgilangan turlari attestatsiyadan o’tkaziladi va ularning sifati ikki nav – oliy va birinchi navga bo’linadi. Sifatning oliy naviga, sifat parametrlariga asoslangan, oliy ilmiy-texnik yutuqlar darajasiga mos keluvchi mahsulotlar kiradi. Bunday mahsulotlarning sifat parametrlari amaldagi standartlarga mos kelishi kerak. Mahsulot sifatini harakterlovchi ko’rsatkichlardan biri oliy navli mahsulotlar hajmining umumiy ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmiga nisbatan salmog’idir (9-jadval).