Bugun dunyo miqyosida fan-texnikaning jadal rivojlanib borayotganligi hech kimga sir emas. Bunday o‘zgarishlar har qanday jabhada, xususan, oliy ta’lim sohasida ham evrilishlarga olib kelmoqda



Download 124.13 Kb.
Page1/8
Date22.05.2024
Size124.13 Kb.
#64309
  1   2   3   4   5   6   7   8
KITOB (2)

KIRISH
Bugun dunyo miqyosida fan-texnikaning jadal rivojlanib borayotganligi hech kimga sir emas. Bunday o‘zgarishlar har qanday jabhada, xususan, oliy ta’lim sohasida ham evrilishlarga olib kelmoqda. Shuning uchun oliy ta’lim tizimini jahon tajribasiga hamohang isloh qilish ushbu tizim samaradorligini oshirishning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Aytib o‘tish lozimki, oliy ta’lim tizimiga xodimlarni ishga olish mezonlarini takomillashtirish hamda buni amaliyotga tatbiq etishda rivojlangan mamlakatlar tajribasiga murojaat qilish bugungi kundagi dolzarb masalalardan bo‘lib qolmoqda. Zero, bugungi kungacha bu yo‘nalishda tizimli ravishda jahon tajribasini jalb qilolmaslik oliy ta’lim muassasalarida kadrlarni ishga olish tizimining eski sovet modeli hozirgacha saqlanib qolishiga omil bo‘layotganligini taxmin qilish mumkin. Oliy ta’lim muassasalariga professor-o‘qituvchilarni saralab olish uchun vazirlik hamda muassasa kesimidagi portallar hamda bunday portallar faoliyatiga asos sifatida xizmat qiladigan ishga olish mexanizmlarining yetarlicha takomillashmaganligi sohada kadrlar tanqisligi hamda noloyiq kadrlarning ishga olinish holatlariga olib kelishi ehtimoldan xoli emas. Vaholanki, bugungi kunda taraqqiy etgan xorijiy mamlakatlarning deyarli barchasida oliy ta’lim muassasalariga kadrlarni jalb qilishning aniq mezonlari ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu talablar asosida kadrlarni onlayn rejimda saralab olish mexanizmlari amaliyotga keng tatbiq etib kelinmoqda. Bunday tendensiyani, ayniqsa, davlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatida yaqqol kuzatish mumkin. Shuningdek, ayrim taraqqiy etgan mamlakatlar, jumladan, Fransiyada professor-o‘qituvchilarni ishga olish yagona portali faoliyat yuritadi. Bu esa oliy ta’lim muassasalari kadrlar tizimiga raqobatbardosh kadrlarni saralab olishni osonlashtirib, sohaga axborot texnologiyalarini chuqur integratsiya qilishda muhim qadam vazifasini o‘taydi deyish mumkin. Ta’lim tizimiga axborot texnologiyalarini tatbiq etish bu bilan cheklanmaydi. Buni xalqaro tajribada xodimlar ish tajribasi, ta’lim olgan muassasalari haqida taqdim etuvchi ma’lumotnomalarni shakllantirishda axborot texnologiyalariga tobora ko‘proq murojaat qilinayotganidan ham bilishimiz mumkin. Xususan, bugungi kunda jahonning aksar mamlakatlarida xodimlarni saralash jarayonida CV (Curriculum Vitae) hujjatidan ma’lumotnoma 4 sifatida foydalanish amaliyoti keng tarqalgan bo‘lib, bunday hujjatni shakllantirishning dasturiy ta’minoti hamda onlayn shakllantirish imkoniyatlari kundan-kunga oshib bormoqda. Bu esa xodimlarning o‘zlariga taalluqli ma’lumotlarni ish beruvchi talablari asosida shakllantirishini osonlashtiradi. Shu bilan birga, xorijda oliy ta’lim muassasalariga professor-o‘qituvchilarni jalb qilish mezonlari ham ancha takomillashganligini qayd etish lozim. Buni qator mamlakatlarda oliy ta’lim muassasalari uchun kadrlarni tanlab olish mezonlariga dissertatsiya mavzusi, ilmiy kengash hisoboti, ish tajribasi, til bilish hamda axborot texnologiyalariga aloqador ko‘nikmalari, Web of Science, Google Scholar hamda Scopus kabi ilmiy platformalardagi h-indeksi kabi tadqiqotchilik faoliyati mahsuldorligiga aloqador aniq talablarning kiritilganligidan ham bilish qiyin emas. Binobarin, oliy ta’lim muassasalari kadrlar tizimini bu boradagi xalqaro tajriba tendensiyalariga hamohanglashtirish, takomillashtirish, kadrlar raqobatbardoshligini xalqaro mehnat bozori tendensiyalariga muvofiq oshirish bugungi kunda sohadagi eng muhim vazifalardan biri, deb ikkilanmay aytish mumkin.


Download 124.13 Kb.

Share with your friends:
  1   2   3   4   5   6   7   8




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page