Tt va kt fakulteti



Download 48.27 Kb.
Page3/5
Date11.12.2023
Size48.27 Kb.
#62900
1   2   3   4   5
4-topshiriq Kiberxafvsizlik siyosati
1G 16 GEOMETRIYA 1-qism, windows tizimi xavfsizligi, ҚХФ дарс 1-MSM жадвали 2024-2025
Tavsiyalar:
- “Microsoft SQL” ma'lumotlar bazasining 1433-raqamli porti ochiq emasligiga ishonch hosil qiling yoki uni nostandart portlardan biriga o‘zgartiring;
- Barcha “Microsoft SQL” hisoblari uchun kuchli parol siyosati va koʻp-faktorli autentifikatsiyani qoʻllash;
- Infektsiyalangan dasturiy ta'minotning asosiy qismi fishing elektron pochta xabarlari, shubhali reklamalar yordamida amalga oshiriladi;
- Dasturiy ta'minotni yangilang va buni faqat rasmiy saytlarda bajaring;
- Barcha oxirgi ish stantsiyalarida ilovalarning oq ro‘yxatini amalga oshirish;
- Bu so‘nggi nuqtalarda tomchilar yoki ruxsatsiz dasturlarning ishlashini oldini oladi. Yo‘qotishlarni minimallashtirish uchun barcha muhim ma'lumotlarning muntazam zaxira nusxasini yarating.


  • Maʼlumotlarga ko‘ra, butun dunyoda internetdan foydalanuvchilar soni 4 milliard atrofida. Raqamli iqtisodiyot esa dunyo yalpi ichki mahsulotining 15 foizdan ortig‘ini tashkil etmoqda. Shu bilan birga, raqamli maʼlumotlar xavfsizligi bilan bog‘liq xatarlarning ortib borishi, davlat xavfsizligiga, jamiyat manfaatlari va fuqarolarning shaxsiy manfaatlariga tahdid solishi global raqamli boshqaruv uchun yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Raqamli maʼlumotlar mamlakat ichidan va tashqarisidan xakerlik hujumlariga duch kelmoqda.

  • Binobarin, O‘zbekiston Respublikasining axborot va kiberxavfsizlik, yaʼni shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ichki va tashqi tahdidlardan himoya qilish bo‘yicha davlat siyosati ushbu taʼsirlarning oldini olishga qaratilgan. Zero, kiberxavfsizlik axborot makonida eng muhim tamoyil bo‘lib qolmoqda.

  • Kibermakondagi muammolar va xatarlarning ko‘payishi, kiberjinoyatchilikning keskin oshishi, onlayn hujumlarning ortishi va dunyoda kibermakon rivojlanishining oldindan aytib bo‘lmaydigan dinamikasi O‘zbekiston Respublikasida kiberxavfsizlikni taʼminlash uchun normativ-huquqiy bazani ishlab chiqish zarurati borligini ko‘rsatdi.

  • Shu maqsadda, eng avvalo, kiberxavfsizlikni taʼminlash sohasida xavf va muammolarni samarali bartaraf etish, qolaversa, mazkur yo‘nalishdagi munosabatlarni tartibga solishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining «Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi qonuni 2022 yil 15 aprelda qabul qilindi va joriy yil iyul oyining ikkinchi yarmidan eʼtiboran kuchga kirdi.

  • Yangi qonunning maqsadi — O‘zbekiston Respublikasi kibermakonida kiberxavfsizlik sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli organning vakolatlari, huquq va majburiyatlarini belgilash hamda milliy kiberxavfsizlik sanoatini rag‘batlantirish, rivojlantirish uchun huquqiy bazani yaratish: davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish, kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash, milliy operatsion tizim va dasturiy taʼminotlar yaratish va boshqalardan iborat.

  • Taʼkidlash lozimki, ushbu qonun loyihasini ishlab chiqishda Rossiya, Xitoy, AQSH, Singapur kabi davlatlarning ilg‘or tajribalari o‘rganildi. Sakkiz bob va 40 moddadan iborat qonun davlat tashkilotlarining kiberxavfsizlikni taʼminlash maqsadida vakolatli davlat organidan kibertahdidlar, dasturiy taʼminotdagi, uskunalar va texnologiyalardagi zaifliklar to‘g‘risidagi axborotni olish huquqini kafolatlaydi.

  • Qonunda muhim axborot infratuzilmasi obyektlari belgilangan. Ushbu toifadagi manbalar va tizimlar kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi uchun majburiy ekspertizadan o‘tkaziladi. Davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va resurslarining kiberxavfsizligini taʼminlashda foydalaniladigan texnik va dasturiy taʼminotlar majburiy sertifikatlashdan o‘tkaziladi.


Kiberxavfsizlik obyekti — axborotning kiberhimoya qilinishini hamda milliy axborot tizimlari va resurslarining kiberxavfsizligini ta’minlashga doir faoliyatda foydalaniladigan axborot tizimlari majmui, shu jumladan muhim axborot infratuzilmasi obyektlari ... kiberhujum — kibermakonda apparat, apparat-dasturiy va dasturiy vositalardan foydalangan holda qasddan amalga oshiriladigan, kiberxavfsizlikka tahdid soladigan harakat; muhim axborot infratuzilmasi — muhim strategik va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining, axborot tizimlari hamda tarmoqlar va texnologik jarayonlar resurslarining majmui.

Download 48.27 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page