Sarsonboy ota javob bermadi. Uning bugun go‘yo niyatiga yetadigandek
kayfi chog‘ edi, lekin o‘rtog‘ining gapi bilan ko‘ngli buzildi.
Bir: “Sening nima ishing bor? Choyingni sotsang-chi!” – demoqchi ham bo‘ldi, tili bormadi. Madumar akaning gapida jon bor edi. O‘g‘lidan qoraxat kelganidan keyin bechora o‘n yil kutdi. Xatsiz, xabarsiz xotini farzand dog‘ida ado bo‘lay dedi. O‘zi esa, cho‘p bo‘lib qoldi. Oxiri chidolmay aza ochdi. Ermagi – choyxona. Madumar akaning bugungi gapida chindan ham jon bor edi. “Azbaroyi achinganimdan gapiraman...” Nahotki, uning ahvoli achinarli bo‘lsa?! Sarsonboy ota shunday o‘yladi-yu, yuragini nimadir timdalab ketganday bo‘ldi. Lablari titrab, tuproqdek sarg‘aygan soqoli tortildi. Nimadir tomog‘iga kelib tiqildi….
….Madumar aka yangi damlangan choynakdan choy quyib, o‘rtog‘iga uzatdi, odam kam bo‘lgani uchun o‘zi ham yoniga o‘tirdi. (114 so‘z)
TOPSHIRIQLAR:
Berilgan matn qaysi asardan olingan? Asar nomi, janri va g‘oyasini aniqlang.
(Bilish)
2.Matndan tagiga chizilgan qo‘shma gaplar turini aniqlab yozing hamda sodda gaplarning bog‘lanishini izohlang. (Bilish)
3.Matnda keltirilgan ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarni o‘zlashtirma gaplarga aylantiring. (Qo‘llash)
4.”… o‘g‘lidan qoraxat kelganidan keyin bechora o‘n yil kutdi. Xatsiz, xabarsiz xotini farzand dog‘ida ado bo‘lay dedi. O‘zi esa, cho‘p bo‘lib qoldi..” Ushbu qahramonning asarda tutgan o‘rnini izohlang. (Qo‘llash)
5.Nega hamma Sarsonboy otaga achinadi? … Nahotki, uning ahvoli achinarli bo‘lsa?! Mulohaza qiling! (Mulohaza)
JAVOBLAR :
1.Berilgan matn yozuvchi O‘lmas Umarbekovning “Qiyomat qarz” hikoyasidan olingan. Yozuvchi asarda insoniylik, e’tiqod, diyonat, va’daga vafo, sadoqat, halollik, omonatga xiyonat qilmaslik g’oyalarini Sarsonboy ota obrazi orqali ilgari surgan.
2. a). Sarsonboy ota shunday o‘yladi-yu, yuragini nimadir timdalab ketganday bo‘ldi. – Bog’langan qo‘shma gap. –yu yuklamasi bog’langan qo‘shma gap qismlarini bog’lagan.
b)….Madumar aka yangi damlangan choynakdan choy quyib, o‘rtog‘iga uzatdi, odam kam bo‘lgani uchun o‘zi ham yoniga o‘tirdi. – Bog’lovchisiz qo‘shma gap.Voqea- hodisa qo‘shma gap qismlarini ketma-ket sodir bo‘layotganligi sababli yozuvda vergul qo‘yilgan.
3. Bir: “Sening nima ishing bor? Choyingni sotsang-chi!” – demoqchi ham bo‘ldi, tili bormadi. – Uning nima ishi borligini, choyini sotishini aytishga tili bormadi.
4. “Qiyomat qarz” hikoyasining bosh qahramoni oddiygina odam- Sarsonboy ota. Bu ism o’zi haqida ma’lumot beruvchi ism desak, xato bo’lmaydi. Chunki Sarsonboy ota obrazi orqali biz nafaqat bosh qahramon hayoti, balki, o’sha davrda insonlar tinchligini buzgan urush, fashizm tinch- totuv yashayotgan odamlarni sarson qilib qo‘ygan edi. Asar qahramoni Sarsonboy ota o‘g‘li G‘ofurni urushga jo‘natadi, ammo o‘g ‘lidan xat-xabar kelarmikan deb yurgan paytda qoraxat keladi. Bunga ham chidaydi. Asar bir inson hayoti orqali butun yurt, jamiyat haqida sodda til bilan yozilgan.
5. Asarda Haydarali Sarsonboy otaga ikkita qo‘yni omonat qilib, o‘zi urushga ketadi. Oradan yigirma yildan ko‘p vaqt o‘tsa ham Sarsonboy ota omonatga xiyonat qilmaydi. “Qiyomar qarz bu. Qarz bilan go‘rga kirmoqchi emasman”, -deydi Sarsonboy ota qarib qolgan bo‘lsa ham va’dasiga vafo qilib qo’y boqib, tog‘ma-tog ‘, darama-dara yuradi. Horib-charchab, hafta oxirida uyiga qaytadi. ...Odamlar Sarsonboy otaning yoshini o‘ylab, dalalarda qo‘y boqib yurishini o‘ylab unga achnadi. Axir, 20 yildan ortiq vaqt ichida o‘zga odamning omonatini saqlash qiyin.
Sarsonboy, Madumar, Zebi obrazlari orqali yozuvchi o‘zbek xalqining sof vijdonli, e‘tiqodli, bag’rikengligini ko‘rsatgan.
Share with your friends: |