Tarmoqlararo tuzilma xalq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari o‘rtasida va ularni ichida investitsiyalarning taqsimlanishini foizlarda aks ettiradi. Masalan, investitsiyalarning umumiy hajmidan sanoatni qishloq xo‘jaligi, transport va aloqa, qurilish industriyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ulushlari - bu tarmoqlararo taqsimlanish va kapital qo‘yilmalar tuzilmasi; sanoatga kiritilayotgan kapital qo‘yilmalarning umumiy xajmidan mashinasozlik, kimyo, yoqilg‘i sanoati, qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga sarflanadigan ulushlari – bu investitsiyalarning tarmoqlar ichidagi tuzilmasi.
Xududiy tuzilma.Investitsiyani xududiy tuzilmasi kapital qo‘yilmalarni viloyatlar, shaharlar va respublikaning rayonlari bo‘yicha taqsimlanishini ko‘rsatadi. U oddatda byudjet imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish kuchlarini va rayonlarini istiqboldagi rivojlanishini hisobga olgan holda, davlatning investitsion siyosati bilan aniqlanadi. Xududlarning ixtisoslashuvi xarakteri, uning mehnat bilan bandlilik darajasi va boshqa iqtisodiy omillar bu erda katta o‘rin egallaydi.
Xalq xo‘jaligining hamma tarmoqlarini proporsional rivojlanishini ta’minlash va etakchi tarmoqlarni ko‘proq rivojlantirish hamda xududlar iqtisodiyotini yaxshilash va aholini yashash darajasini oshirish maqsadida investitsiyaviy ustunlik ba’zasida va to‘liq rivojlanishini iqtisodiy investitsiyani optimal tuzilmasi va taqsimlanishini maksimal darajada maqsadga muvofiqligiga erishish zarur.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, investitsiya tuzilmasini optimallash hisobiga pul mablag‘larini teng baholilik iqtisodiyotiga erishish mumkin. Kapital qo‘yilmalar chegaralangan sharoitda iqtisodiy yuksalish va ishlab chiqarish kuchlarini kelgusida rivojlanishi uchun katta ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun ivestitsion qarorlarni va ayniqsa investitsiyalarni samaradorligini baholashda masalaning bu tomoni hisobdan tushurib qoldirmasligi va investitsion jaryonlarni boshqarishning barcha darajalarida ishlab chiqilishi zarur.