III. Universitetda ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash
21.
Universitetda ilmiy-tadqiqot natijalarini nashr qilish, amaliyotga joriy etish, xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihalarida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish.
1. Universitetda ilmiy-tadqiqot, innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.
3. Yuqori malakali konsultantlar tomonidan professor-o‘qituvchilarga maslahat xizmati ko‘rsatish va ochiq ma’ruzalar tashkil etish.
Reja-jadval asosida
22.
Universitetda ilmiy-tadqiqot faoliyatiga budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish samaradorligini oshirish.
1. Davlat va xorijiy grantlar tanloviga ilmiy loyihalar tayyorlash va ularda ishtirok etish.
2. Xo‘jalik shartnomalari asosida ishlarni tashkil etish va mablag‘larni jalb etishni jadallashtirish.
3. Ilmiy loyihalarda faol ishtirok etgan xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirib borish.
4. Har yilgi ilmiy faoliyatga oid dasturlariga arxitektura va qurilish sohasi bo‘yicha maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarini kiritish.
Doimiy ravishda
Grant mablag‘lari, xo‘jalik faoliyatidan tushgan mablag‘lar, xorijiy tashkilotlar grantlari,
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ajratiladigan maqsadli grantlar
Universitet,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
23.
Universitetda Oliy ilm-fan maktabi (magistratura, doktorantura bo‘limlari, ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar)ni tashkil etish orqali ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash.
1. Professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlardan iborat tadqiqot guruhlarini tashkil etish.
2023-yil yanvar
Universitet mablag‘lari
Universitet,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Oliy attestatsiya komissiyasi
2. Professor-o‘qituvchilarni yangi ilmiy-tadqiqotlarga yo‘naltirish, soha korxonalari bilan qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab doimiy
24.
Universitet huzurida yangi ta’lim va ilmiy-tadqiqot markazlarini tashkil etish.
1. Mutaxassislik kafedralari huzurida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tadqiqot va rivojlanish markazlarini tashkil etish.
Reja-jadval asosida
Universitet mablag‘lari,
grantlar, xo‘jalik shartnomalari mablag‘lari, vazirlik va idoralarning mablag‘lari
Universitet,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Turizm va madaniy meros vazirligi,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
Samarqand viloyati hokimligi,
manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar
2. Turizm va madaniy meros vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar bilan hamkorlikda Madaniy merosni tadqiq qilish markazini tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
2023-yil fevral
3. Shaharsozlik sohasidagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida Universitetda Shaharsozlik tadqiqotlari ilmiy markazini tashkil etish.
2023-yil mart
4. Qurilish materiallari ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish.
2023-yil iyun
5. O‘zbek tili va san’atshunoslik markazini tashkil etish.
2023-yil sentyabr
6. Masofaviy ta’lim markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va takomillashtirish.
2023-yil dekabr
7. Tabiiy ofatlarga tayyorlash markazini tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
2024-yil mart
8. Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun arxitektura-qurilish loyihalarini ishlab chiqish ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish.
2024-yil sentyabr
25.
Yangi va innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqish uchun “Dizayn fabrikasi”ni tashkil etish.
1. “Dizayn fabrikasi” o‘quvdan tashqari dastur doirasida innovatsion mahsulotlarning prototipini ishlab chiqish uchun dizayn, muhandislik va biznes fanlararo yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar jamoalarini shakllantirish.
2. Muammolarni aniqlash va dizayn fikrlash usullaridan foydalangan holda yechim topish maqsadida “Dizayn fabrikasi” doirasida Universitet, sanoat va jamoat tashkilotlari hamkorligini ta’minlash.
2023-yil oktyabr
Universitet mablag‘lari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar
Universitet,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
26.
Texnologiyalar transferi ofisini tashkil etish.
1. Texnologiyalar transferi ofisi nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2023-yil fevral
Universitet mablag‘lari,
Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi maqsadli grantlari
Universitet,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Texnologiyalar transferi ofisiga malakali mutaxassislarni jalb qilish va uning moddiy-texnika bazasini shakllantirish.
3. Loyihalarni tayyorlash, tahlil qilish, loyiha takliflarini dastlabki baholash, tadqiqot loyihalarini tayyorlashga xizmat qiluvchi dasturlarga e’lonlar berish.
4. Tadqiqotlar samaradorligi va natijadorligini oshirish bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etish, loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, soha tashkilotlari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
2023-yildan boshlab, doimiy
27.
Universitetda yuqori impakt faktorli ilmiy jurnal chop etishni yo‘lga qo‘yish.
1. Universitetning “Arxitektura va qurilish muammolari” jurnalini nufuzli xorijiy ilmiy-texnik �urnallar darajasiga olib chiqish.
2023-2024-yillar
Universitet mablag‘lari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar
Universitet,
Oliy attestatsiya komissiyasi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Iqtisodiyot va biznes sohasiga doir yuqori impakt faktorli ilmiy jurnalni ta’sis etish.
2023 — 2025-yillar
3. Jurnallarni xalqaro talablarga moslashtirish va ularning elektron platformalarini yaratish.
2023 — 2025-yillar
4. Jurnallar tahrir hay’ati a’zoligiga yetakchi xalqaro va milliy ekspertlarni jalb qilish.
2023 — 2025-yillar
28.
Universitetda arxitektura-qurilish sohasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish.
1. Universitet huzurida yosh arxitektor va muhandislar markazlarini tashkil etish hamda ularning tarkibida loyihalash guruhlarini shakllantirish (aholi punktlarini rejalashtirish, landshaft-dizayn, bino-inshootlar, muhandislik, konstruksiyalar va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha loyiha guruhlari).
2023-yil iyun
Universitet mablag‘lari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar
Universitet,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Oliy va o‘rta max�us ta’lim vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Yosh arxitektor va muhandislar markazlariga investitsiya dasturlari va boshqa maqsadli davlat dasturlariga kiritilgan obyektlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun buyurtma berish tizimini joriy qilish.
2023-yil sentyabr
3. Markazlar faoliyatini “Ustoz-shogird” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yish va ularga talabalarni jalb qilish.
2023-yil sentyabr
4. Markazlar faoliyatidan olinadigan daromadlarni Universitetning moddiy-texnika bazasini barqaror zamonaviy texnologiyalar bilan yangilab borish uchun yo‘naltirish.
2023-yil sentyabr
29.
Universitetning 2026-yilga qadar xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning sohaviy yoxud mintaqaviy, 2030-yilga qadar global reytingiga kirishiga erishish bo‘yicha tizimli va samarali ishlarni olib borish.
1. Universitetda xalqaro reytinglar bilan shug‘ullanuvchi alohida tarkibiy tuzilma (kamida 2 ta shtat birligidan iborat) tashkil etib, uni yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish hamda faoliyatini to‘laqonli yo‘lga qo‘yish.
2023-yil mart
Universitet mablag‘lari
Universitet,
Universitet Kuzatuv kengashi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
2. Universitetni xalqaro reytingga kiritish maqsadida uning faoliyatini tahlil qilish.
Doimiy ravishda
3. Tahlil natijasida Quacquarelli Symonds (QS) va Times Nigher Education (TNE) xalqaro reytinglarida ishtirok etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ish�ab chiqish.
Doimiy ravishda
4. Chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosi ustidan monitoring yuritish.
Reja-jadval asosida
30.
Universitetda “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi” loyihasi doirasida o‘quv, ilmiy, ma’muriy va moliyaviy jarayonlarni boshqarish modullarini to‘liq joriy etish.
1. Axborot tizimini joriy etish va mas’ullarni belgilash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab
Universitet mablag‘lari
Universitet,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Universitet xodimlarining axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha malakasini oshirishga qaratilgan seminarlarni tashkil etish.
Reja asosida
31.
Universitetda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida tadbirlar tashkil etish.
1. Universitet talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni asosida dolzarb mavzularda tadbirlar o‘tkazish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2023-yil yanvar
Universitet mablag‘lari
Universitet,
manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Tizimli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni asosida dolzarb mavzularda tadbirlar o‘tkazish.
Reja-jadvalga asosan
32.
Universitet talabalarining bandligini ta’minlash va ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash.
1. Universitetda kadrlar tayyorlanadigan mavjud ta’lim yo‘nalishlarining xususiyatlarini inobatga olgan holda, o‘quv mashg‘ulotlaridan so‘ng bo‘sh bo‘ladigan xona va inshootlarni talabalarga bepul ajratish, kamida 10 ta pullik kurslar, maishiy va boshqa xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish.
2023-yil mart
-
Universitet,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Moliya vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Qurilish vazirligi,
ish beruvchi tashkilotlar
2. Talabalarning kelgusida ishga joylashishini inobatga olgan holda, haq to‘lanadigan stajirovka (amaliyot) o‘tash joylarini aniqlashtirish.
Har yili yanvar-fevral
3. Haq to‘lanadigan stajirovka (amaliyot)larni tashkil etadigan korxona va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish.
Har yili fevral-mart
4. Talabalarni stajirovka (amaliyot) o‘tashlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish choralarini ko‘rish.
Shartnomada ko‘rsatilgan muddatda
33.
Iqtidorli talabalar, yosh olimlar hamda professor-o‘qituvchilarning innovatsion va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Universitet huzurida Inkubatsiya markazini tashkil etish.
1. Inkubatsiya markazini tashkil etish bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda zarur yer maydoni, bino yoki inshootni ajratish.
2. Inkubatsiya markazini xalqaro tashkilotlarning grantlari va salohiyatli investor mablag‘lari hisobiga, jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil etish.
2023-yil may
Grantlar, investor mablag‘lari, zarur hollarda, Samarqand viloyati viloyat budjeti mablag‘lari
Samarqand viloyati hokimligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Universitet
34.
Universitet huzuridagi akademik litsey o‘quv dasturini “International Advanced Levels” xalqaro dasturi asosida qayta ishlab chiqish.
“International Advanced Levels” xalqaro dasturga iqtidorli yoshlarni saralab olish tartibi, o‘quv reja va dastur, ta’lim jarayoniga jalb etiladigan o‘qituvchilar bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2023-yil yanvar
-
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Prezident ta’lim muassasalari agentligi
35.
Universitet huzuridagi Arxitektura-qurilish yo‘nalishidagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda Jizzax politexnika instituti qoshidagi Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi faoliyatini takomillashtirish.
1. Universitet huzuridagi Arxitektura-qurilish yo‘nalishidagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda Jizzax politexnika instituti qoshidagi Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish mintaqaviy markazi faoliyatini o‘rganish.
2022-yil dekabr
-
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Qurilish vazirligi,
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi,
Universitet
2. Universitet huzuridagi Arxitektura-qurilish yo‘nalishidagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda Jizzax politexnika instituti qoshidagi Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi negizida Universitet huzurida Kasbiy faoliyatni rivojlantirish markazini tashkil etish bo‘yicha tegishli qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.