1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]



Download 476.21 Kb.
Page6/13
Date21.12.2022
Size476.21 Kb.
#60191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
PQ-416 08.11.2022
T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ullar

I. Universitetni transformatsiya qilish chora-tadbirlari

1.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining (keyingi o‘rinlarda — Universitet) tashkiliy tuzilmasi va shtatlar jadvalini tasdiqlash.

1. Universitet ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
2. Universitet oldiga qo‘yilgan yangi maqsadlar va vazifalar yuzasidan nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribalarini tahlil qilish hamda fakultetlar, umumkasbiy va mutaxassislik kafedralari, funksional bo‘limlar tarkibini qaytadan ko‘rib chiqish orqali Universitetning takomillashtirilgan tashkiliy tuzilmasi hamda shtatlar jadvalini ishlab chiqish.

2022-yil dekabr

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Universitet

2.

Universitetni uzoq va o‘rta muddatli strategik rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.

1. Strategik rivojlantirish dasturi loyihasini ishlab chiqish hamda ekspertlar muhokamasidan o‘tkazish.

2022-yil dekabr

Universitet mablag‘lari

Universitet,
Universitet Kuzatuv kengashi

2. Ishlab chiqilgan dastur loyihasini Universitetning Kuzatuv kengashi qarori bilan tasdiqlash.

2022-yil dekabr

3.

Universitetga xorijiy talabalarni jalb etishni kengaytirish.

1. Xorijiy mamlakatlar mehnat bozoridagi talabni doimiy o‘rganish va xalqaro ta’lim ko‘rgazmalarida ishtirok etish rejasini ishlab chiqish.

2023-yil mart

Universitet mablag‘lari

Universitet,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2. Aniqlangan talabga muvofiq, xorijiy fuqarolarni belgilangan tartibda o‘qishga qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab

4.

Universitet o‘quv dasturlarini xalqaro standartlarga moslashtirish hamda darslarning bosqichma-bosqich xorijiy tillarda (shu jumladan, ingliz tili) o‘tkazilishini tashkil etish.

1. Xorijiy tillarda (ingliz tili) dars o‘tadigan professor-o‘qituvchilarni maqsadli tayyorlash hamda ularning xorijda tegishli malaka oshirish va stajirovkalarini tashkil etish.

Doimiy ravishda

Universitet mablag‘lari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, grantlar

Universitet,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2. Mutaxassislik fanlaridan o‘quv mashg‘ulotlarini chet tilida olib borishga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.
3. Xorijiy tillarda (ingliz tili) o‘qitiladigan alohida guruhlarni tashkil etish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

5.

Universitet soha yo‘nalishlari bo‘yicha nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Universitetning o‘quv, ilmiy hamda boshqaruv jarayonlariga yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish.

1. Soha yo‘nalishlari bo‘yicha nufuzli mahalliy va xorijiy tashkilotlar hamda ularda faoliyat olib borayotgan yuqori malakali mu�axassislar ro‘yxatini shakllantirish.
2. Nufuzli mahalliy va xorijiy tashkilotlardagi ilg‘or texnologiyalar bilan tanishish hamda ularni o‘quv va amaliyot jarayonlariga tatbiq etish bo‘yicha kelishuvga erishish.
3. Yuqori malakali xorijiy mutaxassislar va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni Universitetning boshqaruv, o‘quv, ilmiy va talabalarning amaliyot jarayonlariga jalb etish.

Doimiy ravishda

Universitet mablag‘lari

Universitet,
manfaatdor vazirlik va idoralar,
ish beruvchi tashkilotlar

4. Dunyoning yetakchi universitetlari ta’lim dasturlarini xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda Universitetda tatbiq etish choralarini ko‘rish va moliyalashtirish.

2023-2024-yillar

Davlat budjeti mablag‘lari

Universitet
Kuzatuv kengashi, Universitet,
Moliya vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

6.

Universitetda yoshlar o‘rtasida ilmiy va madaniy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

1. Yozgi maktablarni tashkil etish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil mart

Universitet mablag‘lari

Universitet,
Yoshlar ishlari agentligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2. Yozgi maktablar tashkil etilishiga qaratilgan xalqaro loyihalar bazasini shakllantirish va ularda talaba-yoshlar ishtirokini tashkillashtirish.

Doimiy ravishda

3. Respublika bo‘ylab yozgi maktablarni targ‘ib qilish bo‘yicha tadbirlar tashkil etish.

Doimiy ravishda

7.

Universitetning moliyaviy holatini yaxshilash imkoniyatlarini kengaytirish.

1. Ta’lim, ilm-fan, uning natijalarini tijoratlashtirish bo‘yicha tijorat va notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Doimiy ravishda

Universitet mablag‘lari

Universitet,
Universitet Kuzatuv kengashi

2. Universitetning 2023-yilda kutilayotgan daromadlari va xarajatlari to‘g‘risida prognoz ko‘rsatkichlarini aniqlash.

2022-yil dekabr

3. Milliy, xalqaro grant hamda homiylik va xayriya mablag‘larini jalb qilish.

Doimiy ravishda

8.

Universitetni malakali ma’muriy-boshqaruv, ilmiy-pedagogik va o‘quv-yordamchi xodimlar bilan ta’minlash.

Ma’muriy-boshqaruv, ilmiy-pedagogik va o‘quv-yordamchi xodimlar tarkibini zamon talablariga javob beradigan, yuqori malakali, kasbiy tayyorgarlikka ega kadrlar bilan to‘ldirish.
Bunda, birinchi navbatda, salohiyatli professor-o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilarni o‘quv va ilmiy jarayonlarga keng jalb etishga alohida e’tibor qaratish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

-

Universitet,
Universitet Kuzatuv kengashi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 476.21 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page