III. Universitetda ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlant�rish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash
17.
Universitetda ilmiy tadqiqot natijalarini nashr qilish, amaliyotga joriy etish, xalqaro va xorijiy ilmiy-tadqiqot loyihalarida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish.
1. Universitetda ilmiy-tadqiqot, innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.
2023-yil
yanvar
Universitet mablag‘lari
Universitet,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Universitetda ilmiy-tadqiqot, innovatsion va iqtidorli talabalar, tadqiqotchilar bilan ishlash faoliyatini rivojlantirish maqsadida yuqori malakali konsultantlarni jalb qilish.
Universitet ilmiy-tadqiqot faoliyatiga budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish samaradorligini oshirish.
1. Davlat va xorijiy grantlar tanloviga ilmiy loyihalar tayyorlash va ularda ishtirok etish.
2. Xo‘jalik shartnomalari asosida ishlarni tashkil etish va mablag‘larni jalb etish.
3. Ilmiy loyihalarda ishtirok etgan o‘qituvchi va boshqa xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirib borish.
4. Har yilgi ilmiy faoliyatga oid dasturlarni shakllantirishda arxitektura va qurilish sohasi bo‘yicha maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalari amalga oshirilishini nazarda tutish.
Doimiy ravishda
Grant mablag‘lari, xo‘jalik faoliyatidan tushadigan mablag‘lar,
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ajratiladigan maqsadli grantlar
1. Mavjud barcha laboratoriya jihozlarini xatlovdan o‘tkazish va ularning texnik holatini o‘rganish.
2022-yil dekabr
Universitet mablag‘lari
Universitet,
manfaatdor vazir�ik va idoralar
2. Nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarida amalda foydalanilayotgan normativ hujjatlar asosida Universitetning ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari uchun qo‘llanmalar ishlab chiqish va ulardan foydalanish.
2023-yil aprel
3. Qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar bilan integratsiya aloqalarini kuchaytirish.
Doimiy ravishda
20.
Universitet huzurida ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarini tashkil etish.
Ilmiy-tadqiqot jarayonlarini rivojlantirish va ishlab chiqarish bilan integratsiyani ta’minlash maqsadida mutaxassislik kafedralar huzurida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida “Tadqiqot va rivojlanish markazi”, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarini tashkil etish.
Jumladan, Aqlli va barqaror shaharlar markazi, Energetika va Yer fanlari markazi, Hayot davomida ta’lim markazi va boshqalar.
Reja-jadval asosida
Universitet mablag‘lari,
homiylik xayriyalari
Universitet,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
21.
Xalqaro hamkorlikni kengaytirish va diversifikatsiya qilish.
Dunyoning yetakchi universitetlari bilan samarali hamkorlikni kengaytirish. Bunda:
ilmiy darajalarni olish uchun yangi doktorantura ta’lim dasturlarini tashkil etish;
professor-o‘qituvchilar tarkibi va talabalar uchun yangi almashinuv dasturlarini tashkil etish;
turli mintaqaviy muammolarni hal qilish bo‘yicha qo‘shma xalqaro ilmiy-tadqiqot faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
2023-yil sentyabrdan boshlab
Universitet mablag‘lari, homiylik, xayriyalari, grant mablag‘lari
Universitet,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi
22.
Universitetni yangi avlod (3- va 4-avlodlar) universitetiga aylantirish uchun zamin yaratish.
1. O‘rta va uzoq muddatli strategik rivojlantirish dasturi asosida yangi avlod (3 va 4-avlodlar) universitetiga o‘tish talablarini amalga oshirish.
2. Raqobatbardosh doktorlik dasturlarini tashkil etish.
3. Tayanch doktoranturaga talabgorlarni qo‘shimcha qabul qilish.
4. Dunyoning yetakchi universitetlari bilan birgalikda Universitetni pedagogik va ilmiy xodimlar bilan ta’minlash mexanizmini yo‘lga qo‘yish.
Universitet mablag‘lari, homiylik xayriyalari, grant mablag‘lari
Universitet,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
23.
Universitetda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida tadbirlar tashkil etish.
1. Universitet talabalarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni asosida dolzarb mavzularda tadbirlar o‘tkazish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2023-yil yanvar
Universitet mablag‘lari
Universitet,
manfaatdor vazirlik va idoralar
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni asosida dolzarb mavzularda tadbirlar o‘tkazish.
Reja-jadval asosida
24.
Universitet talabalarining bandligini ta’minlash va ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash.
1. Universitetda kadrlar tayyorlanadigan mavjud ta’lim yo‘nalishlarining xususiyatlarini inobatga olgan holda, o‘quv mashg‘ulotlaridan so‘ng bo‘sh bo‘ladigan xona va inshootlarni talabalarga bepul ajratish, kamida 10 ta pullik kurslar, maishiy va boshqa xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish.
2023-yil mart
-
Universitet,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Moliya vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Qurilish vazirligi,
ish beruvchi tashkilotlar
2. Talabalarning kelgusida ishga joylashishini inobatga olgan holda, haq to‘lanadigan stajirovka (amaliyot) o‘tash joylarini aniqlashtirish.
Har yili yanvar-fevral
3. Haq to‘lanadigan stajirovka (amaliyot)larni tashkil etadigan korxona va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish.
Har yili fevral-mart
4. Talabalarning stajirovka (amaliyot) o‘tashlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish choralarini ko‘rish.
Shartnomada ko‘rsatilgan muddatda
25.
Universitet professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va talabalarini tegishli sohalarning ilmiy-texnik muammolariga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish.
1. Sohalarning ilmiy-texnik muammolari bazasini shakllantirish va doimiy yangilab borish.
2. Universitet professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va talabalarini tegishli ilmiy-tadqiqot ishlariga biriktirish.
Har o‘quv yilining sentyabr-oktyabr oylari
Vazirliklar va idoralar mablag‘lari
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi,
Universitet
3. Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini impakt faktori yuqori bo‘lgan xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda chop etish hamda amaliyotga joriy etish choralarini ko‘rish.
Doimiy ravishda
26.
Iqtidorli talabalar, yosh olimlar hamda professor- o‘qituvchilarning innovatsion va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Universitet huzurida texnopark tashkil etish.
1. Texnoparkni tashkil etish bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda zarur yer maydoni, bino yoki inshootni ajratish.
2. Texnoparkni xalqaro tashkilotlarning grantlari va salohiyatli investor mablag‘lari hisobiga, jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil etish.
2023-yil may
Grantlar, investor mablag‘lari,
zarur hollarda,
Toshkent shahri shahar budjeti mablag‘lari
Toshkent shahri hokimligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Universitet
27.
Universitet huzuridagi akademik litsey o‘quv dasturini “International Advanced Levels” xalqaro dasturi asosida qayta ishlab chiqish.
“International Advanced Levels” xalqaro dasturga iqtidorli yoshlarni saralab olish tartibi, o‘quv reja va dasturlar bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2023-yil yanvar
-
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Prezident ta’lim muassasalari agentligi
28.
Universitet huzuridagi Qurilish sohasidagi menejerlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi faoliyatini takomillashtirish.
1. Qurilish sohasidagi menejerlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi faoliyatini o‘rganish.
2022-yil dekabr
-
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Qurilish vazirligi,
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi,
Universitet
2. Qurilish sohasidagi menejerlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi negizida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Kasbiy faoliyatni rivojlantirish markazini tashkil etish bo‘yicha tegishli qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.