1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]


II. Universitetda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish



Download 476.21 Kb.
Page7/13
Date21.12.2022
Size476.21 Kb.
#60191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
PQ-416 08.11.2022
II. Universitetda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish

9.

Universitet o‘quv-metodik hujjatlarini hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasasi takliflari va xalqaro reyting tashkilotlarining birinchi 1 000 talik ro‘yxatiga kirgan universitetlarning ta’lim dasturlari asosida ishlab chiqish.

1. Ta’lim dasturlarini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning amaldagi reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 talikka kirgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarining dasturlari asosida shakllantirish.
2. Universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari asosida Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga hamda zarur hollarda, Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga tegishli o‘zgartirish kiritish.
3. O‘quv rejasidagi tanlov fanlarini kadr buyurtmachilari takliflari asosida shakllantirish.
4. Ta’lim yo‘nalishlarining xususiyatlaridan kelib chiqib, xorijiy tillarda o‘qitiladigan mutaxassislik fanlari sonini oshirish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

-

Universitet,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

10.

Talabalarning amaliyot o‘tash imkoniyatlarini kengaytirish

1. Talabalar uchun yangi amaliyot o‘tash imkoniyatlarini ishlab chiqish uchun rektor, prorektorlar va dekanlardan iborat ishchi guruh tuzish.

2023-yil may

-

Universitet,
ish beruvchi tashkilotlar

2. Talabalar uchun yetakchi tarmoq korxonalari va tashkilotlari hamda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy arxitektura va qurilish kompaniyalarida amaliyot o‘tash imkoniyatlarini yaratish va kengaytirish.

2023-yil iyun

11.

Talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ilmiy-ijodiy ishlarni rivojlantirish maqsadida talaba to‘garaklari (klublari) faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

1. Talabalar va professor-o‘qituvchilar takliflari asosida talaba to‘garaklarini tashkil etish.

2022-yil dekabr

Universitet mablag‘lari

Universitet,
hamkor tashkilotlar

2. Talaba to‘garaklari boshqaruvini tashkil etish.
3. Talaba to‘garaklariga asoslangan loyihalar uchun maqsadli sarflash sharti bilan mablag‘lar ajratish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

12.

O‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarishga axborot texnologiyalarini keng joriy etish.

1. O‘quv auditoriyalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari bilan to‘liq jihozlash.
2. Elektron jurnal, elektron davomat va elektron dars jadvali tizimidan foydalanishni yanada kengaytirish.
3. Universitet veb-saytini zamon talablariga mos ravishda qayta takomillashtirish.
4. Universitetning tarmoq infratuzilmasini to‘liq modernizatsiya qilish.
5. Universitetda domen serverini o‘rnatish.
6. O‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish maqsadida zarur asbob-uskunalar bilan ta’minlash.
7. O‘quv auditoriyalarini onlayn rejimda ishlaydigan veb-kameralar bilan to‘liq jihozlash va har bir fakultetda ma’ruza mashg‘ulotlariga mo‘ljallangan “Smart” auditoriyalar yaratish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, doimiy ravishda

Universitet mablag‘lari

Universitet,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

13.

Universitetda ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar ulushini oshirish.

1. Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan talabgorlarni doktoranturaga qabul qilish tartibini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kelishish.

2023-yil may

Universitet mablag‘lari

Universitet,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Talabgorlarni tayanch doktorantura va doktoranturaga Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha qabul qilish.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab

14.

Ilg‘or xorijiy tajriba va mehnat bozori talablari asosida bakalavriatning yangi ta’lim yo‘nalishlari va magistraturaning yangi mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlashni bosqichma-bosqich tashkil etish.

1. Iqtisodiyot tarmoqlarida mavjud real ehtiyojlarni hisobga olgan holda, ilg‘or xorijiy tajribalarni chuqur o‘rganish va tahlil qilish asosida yangi ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ro‘yxatini shakllantirish.

Har yili noyabr

-

Universitet,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Shakllantirilgan ro‘yxat asosida yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha qabul kvotalarini shakllantirish hamda tegishli vazirlik va idoralarga kiritish.

Har yili dekabr

3. Tasdiqlangan kvotalar asosida qabul va o‘quv jarayonlarini tashkil etish.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab

15.

Universitetda xorijiy nufuzli oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va mutaxassislari ulushini oshirish.

1. Universitetga jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash miqdorlarini belgilash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil yanvar

Davlat budjeti mablag‘lari,
Universitet mablag‘lari, grant mablag‘lari

Universitet,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Moliya vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Universitetni xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingiga kiritish maqsadida Universitetning o‘quv va ilmiy jarayonlariga xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan yetakchi professor-o‘qituvchilar hamda mutaxassislarni jalb qilish.
Universitetni �alqaro e’tirof etilgan agentliklar reytingining kuchli OTMlar ro‘yxatiga kiritish maqsadida Universitetdagi o‘quv va ilmiy jarayonlarga xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan yetakchi professor-o‘qituvchilar hamda mutaxassislarni taklif etish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

3. Universitet buyurtmanomalariga binoan belgilangan tartibda Universitet xorijiy professor-o‘qituvchilari va ma’muriy xodimlariga hamda ularning oila a’zolariga ko‘p martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtincha yashash joyida ro‘yxatdan o‘tkazilishi hamda ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlash.

Zaruratga qarab

16.

Xorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan talabalarning akademik almashinuvini rivojlantirish.

1. Xalqaro tashkilotlar tomonidan tan olingan oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish va talabalar o‘rtasida akademik almashinuvni rivojlantirish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

Universitet mablag‘lari,
homiylik va xayriya mablag‘lari

Universitet,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv jarayonini xorijiy tillarda tashkil etish.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab

17.

Universitetda ta’lim sifatini baholashda xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari xizmatlaridan foydalanish.

1. Universitet ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini bosqichma-bosqich akkreditatsiyadan o‘tkazishga tayyorlash.

2023-yil sentyabrdan boshlab

Universitet mablag‘lari

Universitet,
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Mazkur yo‘nalishlarda mavjud tizimli kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2023-yil noyabr

3. Universitetdagi ta’lim sifatini ichki baholashga xalqaro akkreditatsiya tashkilotlarini taklif etish.

2027-yil may

18.

Talabalarda amaliy va ishlab chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirishda ish beruvchi tashkilotlarning ishtirokini oshirish va mas’uliyatini belgilash.

1. Universitet talabalarining amaliyotini tashkil etish bo‘yicha amaliyot o‘tash obyektlari — ish beruvchi tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini yangilash.

Har o‘quv yili yanvar oyida

-

Universitet,
ish beruvchi tashkilotlar

2. Zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etgan yetakchi tashkilotlar bilan talabalarning amaliyot o‘tashi bo‘yicha o‘zaro hamkorlik shartnomalarini tuzish.

Har yili yanvar-fevral oylarida

3. Talabalar amaliyoti tashkil etilgan tashkilotlar tomonidan iqtidorli talabalarga istiqbolda o‘z ish o‘rinlarini topishda ko‘maklashish maqsadida amaliyot davrida ularni mavsumiy ishlarga jalb qilgan holda, keyinchalik ishga qabul qilish imkoniyatini ko‘rib chiqish va yo‘lga qo‘yish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, muntazam ravishda

4. Ish beruvchi tashkilotlar ishtirokida Universitetda “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkalarini o‘tkazish.

Yiliga 2-marta

19.

Universitet talabalarining tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlari hamda malaka amaliyotlari davlat organlari, davlat ulushiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida o‘tkazilishini tashkil etish.

1. Kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarining xususiyatlaridan kelib chiqib, korxonalar va tashkilotlarda barcha talabalar amaliyotini tashkil etish bo‘yicha respublika hududlari kesimida talabalar taqsimot jadvalini ishlab chiqish.
2. Talabalarni tegishli tashkilotlarga biriktirish va shartnomalar tuzish.
3. Taqsimot jadvalini tasdiqlash va talabalarni amaliyot o‘tash uchun yuborish.
4. Amaliyotni yakunlagan talabalarni amaliyot jarayonlarida o‘zlashtirgan bilim va tajribalarini baholash tizimini ishlab chiqish.
5. Amaliyot o‘tagan talabalar bilimini baholash.

Universitet o‘quv reja-jadvali asosida

-

Universitet,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Qurilish vazirligi

20.

O‘quv va ilmiy-tadqiqot jarayonini zamonaviy darslik, o‘quv qo‘llanma va adabiyotlar, shuningdek, ilmiy nashrlar, o‘quv-uslubiy, ilmiy-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash, talabalar uchun ilg‘or elektron ma’lumotlar bazalaridan foydalanishga sharoit yaratish.

1. Universitetning axborot-resurs markazini raqamlashtirish.
2. O‘quv va ilmiy-tadqiqot jarayonini tegishli o‘quv va ilmiy-metodik qo‘llanmalar hamda ilmiy nashrlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.
3. Universitet axborot-resurs markazini O‘zbekiston Milliy kutubxonasining elektron axborot tizimiga integratsiya qilish hamda qurilish sohasiga oid materiallar bilan tanishish imkoniyatini yaratish.
4. Universitet axborot-resurs markazini xorijiy ilg‘or elektron ma’lumotlar bazalariga ulash hamda talaba va pedagoglar uchun tekin foydalanish imkoniyatini yaratish.

2023-yil sentyabr

Universitet mablag‘lari, grantlar, homiylik mablag‘lari

Universitet,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi


Download 476.21 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page