1-Mavzu. Menejment fanining predmeti, obyekti va metodi Menejment


Menejment fanining ijtimoiy- iqtisodiy, huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan o’zaro aloqalari



Download 109.23 Kb.
Page9/18
Date26.06.2024
Size109.23 Kb.
#64434
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
1-Mavzu. Menejment fanining predmeti, obyekti va metodi Menejmen
4. Menejment fanining ijtimoiy- iqtisodiy, huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan o’zaro aloqalari.
Menejment fani boshqarish to’g’risidagi bilimlar majmuidir. U ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadorlikda o’rganiladi.
Menejment, dastavval iqtisodiy nazariya bilan yaqindan bog’liqdir. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga va ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy usullarni qo’llab, har bir xodimga va jamoaga ta’sir ko’rsatishga asoslanadi. Menejment makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, istiqbolni belgilash, mehnat iqtisodiyoti kabilar bilan chambarchas bog’liqdir.
Menejment bilan yuridik fanlar quyidagi hollarda namoyon bo’ladi. Yuridik fan boshqaruv faoliyati qanday doirada amalga oshirilishi lozimligini, huquqiy normalarni qanday qo’llash hamda xo’jalik yuritish jarayonida boshqaruv organlari, rahbarlar va ayrim kishilarning me’yoriy hujjatlardan, qonunlardan foydalanishini belgilab beradi.
Sotsiologiya, psixologiya va mehnat fiziologiyasi boshqaruv muammolarini ishlab chiqishda juda katta rol o’ynaydi.
Menejment fani boshqarishning umumiy qonuniyatlarini, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo’lgan axborotlarni idrok qilish va qayta ishlash jarayonlarini o’rganuvchi kibernetika fani bilan uzviy bog’langandir. Kibernetika yutuqlari:
- boshqaruvdagi axborot tizimini takomillashtirishga;
- boshqarish jarayonini kompyuterlashtirishga;
- avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini yaratiishga keng yo’l ochib beradi.
Qayd qilingan aloqador fanlarni mukammal o’rganish boshqarishning sir-asrorlarini chuqur anglash va ularni samarali qo’llashga imkon beradi.
Menejment qonun-qoidalari va tamoyillari
Dastlab qonun-qoida va tamoyil so’zlarining lug’aviy ma’nolari to’g’risida ikki og’iz so’z.
Qonun – bu ob’ektiv borliqda turli hodisalar kishi ongidan va ixtiyoridan tashqari va mavjud bo’lgan zaruriy bog’lanish, munosabat. Masalan, ijtimoiy taraqqiyot qonunlari, muvozanat qonunlari va h.k.
Qonun bu davlat hokimiyati tomonidan qabul qilingan, hamma uchun majburiy bo’lgan ijtimoiy huquqiy norma va munosabatlarni belgilovchi rasmiy qoida. Masalan, Konstitutsiya O’zbekistonning asosiy qonunidir. To’qqiz yillik majburiy ta’lim haqida qonun va h.k.
Qonun bu bajarilishi shart, majburiy bo’lgan norma, qoida tusiga kirgan talab, topshiriq va shu kabilar, ya’ni jamiyatda, ijtimioy guruh va shu kabilarda qabul qilingan odat tusiga kirgan qoida, rasm, odat.

Download 109.23 Kb.

Share with your friends:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page