1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]


) 31-grafa. “Yuk joylari va tovar tavsifi”. “Markirovka va miqdor — konteynerlar raqami — tovar tavsifi”



Download 1.61 Mb.
Page32/90
Date20.01.2024
Size1.61 Mb.
#63270
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   90
-2924955
26) 31-grafa. “Yuk joylari va tovar tavsifi”. “Markirovka va miqdor — konteynerlar raqami — tovar tavsifi”.
Grafada deklaratsiyalanayotgan tovar haqida ma’lumot ko‘rsatiladi. Tovar haqidagi ma’lumotlar TIF TN asosida tasniflash qoidalariga muvofiq deklaratsiyalanayotgan tovarlarni muayyan o‘n raqamli podsubpozitsiyada aniq tasniflash imkonini berishi lozim. Ma’lumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va ulardan har birining oldiga tartib raqami qo‘yiladi:
1 raqami ostida quyidagilar ko‘rsatiladi:
tovarning nomi (savdo, tijorat yoki boshqa an’anaviy nomi), tovar belgilari, markalari, modellari, artikullari, navlari, standartlari va boshqa texnik va tijorat tavsiflari (davlat standartlari, texnik reglamentlar hamda standartlar va h.k.) to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek deklaratsiyalanayotgan tovarning miqdoriy va sifat tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-apreldagi 86-son “Respublikada sotiladigan maishiy elektr priborlarini, yangidan quriladigan binolar va inshootlarni energetika jihatidan majburiy markirovkalash va sertifikatlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ilovasida ko‘rsatilgan tovarlar uchun energiya samaradorligi klassi to‘g‘risidagi ma’lumot ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
elektron BYuDda tovarning markasi va brendining nomi, energiya samaradorligi klassi to‘g‘risidagi ma’lumot alohida ajratilgan maydonchada ham ko‘rsatiladi (tovar markasi yoki brendining nomi mavjud bo‘lmagan hollarda “markasiz”, “brendsiz” deb ko‘rsatiladi);
(25-band 26-kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 30-sentabrdagi 01-02/15-48-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-5, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2773-5/1472-son — 2021-yil 3-fevraldan kuchga kiradi)
agar bojxona to‘lovlarini hisoblash hamda undirish va (yoki) iqtisodiy siyosat choralarini (taqiqlar, cheklovlar va h.k.) qo‘llash uchun zarur bo‘lsa, tovarning asosiy va qo‘shimcha o‘lchov birliklaridan farq qiluvchi o‘lchov birliklaridagi tavsifi va ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (miqdori va shartli belgisi), shuningdek tovar ishlab chiqarilgan (tayyorlangan) sana ko‘rsatiladi.
Deklaratsiyalanayotgan tovarlarni tovar pozitsiyasining TIF TNda keltirilgan umumiy nomlanishi bilan ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
2 raqami ostida quyidagilar ko‘rsatiladi:
o‘ramga ega bo‘lgan tovar uchun — tovar egallagan yuk joylarining umumiy soni, tovar o‘rami turi va o‘ramlar miqdori. Agar ushbu grafada deklaratsiyalanayotgan tovar yuk joylarining hammasini egallamasa grafada “qutining bir qismi” va shunga o‘xshash yozuvlar yoziladi. Bunda o‘ram deganda tovarlarni o‘rash, himoyalash, joylashtirish va mustahkamlash yoki ajratish uchun mo‘ljallangan har qanday buyum va materiallar tushuniladi, uyum holda olib o‘tiladigan o‘rash materiallari (somon, qog‘oz, shisha tola, qipiq va shu kabilar) bundan mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
sochilgan, uyumlangan, quyilgan holatda o‘ramsiz olib o‘tiladigan tovarlar uchun quyidagi kodlardan biri qayd etiladi:
(25-band 26-kichik bandining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 30-sentabrdagi 01-02/15-48-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-5, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2773-5/1472-son — 2021-yil 3-fevraldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
“01” — sochilgan holda;
“02” — uyumlangan holda;
“03” — quyilgan holda.
(25-bandning 26-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 30-sentabrdagi 01-02/15-48-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-5, 02.11.2020-y.) asosan o‘n birinchi — o‘n uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2773-5/1472-son — 2021-yil 3-fevraldan kuchga kiradi)
Elektr uzatish liniyalari yoki quvur transporti orqali tashiladigan tovarlarni deklaratsiyalashda 2 raqami ostida ma’lumotlar to‘ldirilmaydi.
3 raqami ostida konteynerlarda tashiladigan tovar uchun yoki tovar sifatida konteyner rasmiylashtirilayotgan holatlarda — orasiga vergul qo‘yilib konteyner raqamlari ko‘rsatiladi. Agar deklaratsiyalanayotgan tovarlar konteynerni to‘liq egallamagan bo‘lsa konteyner raqamidan so‘ng: “bir qismi” so‘zlari yoziladi. Elektron BYuDda konteynerlar raqamlari alohida maydonchada har biri alohida ko‘rsatiladi.
Agar konteyner yuk egasi mulki sifatida qoladigan bo‘lsa konteyner raqamidan so‘ng qavs ichida (elektron BYuDda alohida maydonda) “Yuk egasi mulki” so‘zlari yoziladi.
4 raqami ostida aksiz markalari bilan markalangan tovarlar uchun — har bir seriya bo‘yicha aksiz markalar seriyalari, raqamlari va miqdori ko‘rsatiladi.
Ketma-ketlikda kelayotgan aksiz markalarining raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli oraliqdagi birinchi va oxirgi raqam o‘rtasida chiziqcha “-” ajratuvchisini qo‘yish orqali yoziladi.
5 raqami ostida quvur transporti, elektr uzatish liniyalari orqali olib o‘tilayotgan tovarlarni deklaratsiyalashda quyidagi yozuvlar yoziladi: “XX.XX.XXXX dan XX.XX.XXXX gacha bo‘lgan oraliqda yetkazib berish”. Bu erda raqamli belgilar bilan tovarlarni yetkazib berish boshlangan “kun, oy, yil” va tugallangan “kun, oy, yil” ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6 raqami ostida (elektron BYuDda alohida aniqlashtirilgan jadvalda) tovarlarning agregatsiyalangan import kodi ko‘rsatiladi.
(25-band 26-kichik bandining yigirmanchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 13-iyundagi 12/02-22-0016-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-8, 13.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/2773-8/0625-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7 raqam ostida oziq ovqat mahsulotlari va dori vositalarining yaroqlilik (foydalanish) muddati ko‘rsatiladi. Elektron BYuDda ushbu ma’lumotlar alohida ajratilgan maydonchada ko‘rsatiladi;
(25-bandning 26-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) asosan o‘n sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8 raqami ostida quyidagi kodlar ko‘rsatiladi:
“101” — agar tovarlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya dasturiga kiritilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida olib kirilayotgan bo‘lsa;
“102” — agar tovarlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya dasturiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolati ostida jalb qilingan xalqaro moliya tashkilotlari kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida olib kirilayotgan bo‘lsa;
“103” — agar tovarlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya dasturiga kiritilgan mazkur kichik bandning yigirmanchi va yigirma birinchi xatboshilarida nazarda tutilmagan investitsiya loyihalari doirasida olib kirilayotgan bo‘lsa;
“201” — agar Hukumat va viloyat hokimlari qarorlari bilan tasdiqlangan hududlarni rivojlantirish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida olib kirilayotgan bo‘lsa;
“202” — agar Hukumat va viloyat hokimlari qarorlari bilan tasdiqlangan hududlarni rivojlantirish bo‘yicha mahalliy banklarning kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida olib kirilayotgan bo‘lsa;
“203” — agar Hukumat va viloyat hokimlari qarorlari bilan tasdiqlangan hududlarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan mazkur kichik bandning yigirma uchinchi va yigirma to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilmagan investitsiya loyihalari doirasida olib kirilayotgan bo‘lsa;
“301” — agar tovarlar mazkur kichik bandning yigirmanchi — yigirma beshinchi xatboshilarida nazarda tutilmagan investitsiya dasturi loyihasi doirasida olib kirilayotgan bo‘lsa;
“000” — agar tovarlar investitsiya dasturi loyihasiga aloqador bo‘lmasa.
9 raqami ostida TIF TNning 8401 — 8414 (8414 20 200 0, 8414 20 800 0, 8414 51 000 0 dan tashqari), 8415 (8415 10 100 0, 8415 10 900 0 dan tashqari), 8416 — 8418 (8418 10 — 8418 50 dan tashqari), 8419 — 8422 (8422 11 000 0 dan tashqari), 8423 (8423 10 100 0 dan tashqari), 8424 — 8450 (8450 11 — 8450 19 dan tashqari), 8451, 8452 (8452 10 dan tashqari), 8453 — 8466, 8474 — 8480, 8486, 8501 — 8504, 8514, 8515, 8526, 8530, 8531, 8537, 8538, 8543, 9006 — 9008, 9010 — 9016, 9018 (9018 31 100 1, 9018 31 100 9, 9018 31 900 1, 9018 31 900 9, 9018 32 100 0, 9018 32 900 0, 9018 39 000 0, 9018 49 100 0, 9018 49 900 0, 9018 90 500 1 dan tashqari), 9019, 9020, 9022 — 9024, 9027, 9030 — 9033 tovar pozitsiyalari bilan tasniflanuvchi texnologik asbob-uskunalarning qaysi soha uchun olib kirilayotganligi mazkur Yo‘riqnomaning 16-ilovasida keltirilgan Asosiy sohalar tasniflagichiga muvofiq uchta raqamdan iborat kodi ko‘rsatiladi. Agar tovar olib kirilayotgan soha Asosiy sohalar tasniflagichida belgilanmagan bo‘lsa “000” ko‘rsatiladi.
10 raqami ostida mazkur kichik bandning yigirma yettinchi xatboshisida nazarda tutilgan texnologik asbob-uskunalarning ishlab chiqarilgan yili, so‘ngra “/” belgisidan keyin texnik tasnifi ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
11 raqami ostida quyidagi kodlar ko‘rsatiladi:
“01” — import qilinayotgan tovar davlat xaridlari doirasida bo‘lsa;
“02” — import qilinayotgan tovar davlat xaridlari doirasida bo‘lmasa.
Tovarlarning bir qismi davlat xaridlariga aloqador bo‘lmagan hollarda ular alohida tovar sifatida deklaratsiyalanadi.
(25-bandning 26-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 30-sentabrdagi 01-02/15-48-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-5, 02.11.2020-y.) asosan o‘ttiz uchinchi — o‘ttiz oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2773-5/1472-son — 2021-yil 3-fevraldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Elektron BYuDda tovarga oid ma’lumotlar BYuDning formati va tuzilishidan kelib chiqib, alohida ajratilgan maydonchada ham ko‘rsatiladi.
(25-bandning 26-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 30-sentabrdagi 01-02/15-48-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-5, 02.11.2020-y.) asosan o‘ttiz yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2773-5/1472-son — 2021-yil 3-fevraldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Grafaning pastki chap burchagida alohida ajratilgan maydonchada deklaratsiyalanayotgan tovarni iste’mol qiluvchi shaxsning STIRi (jismoniy shaxs bo‘lsa, JShShIRi), so‘ngra “/” belgisidan keyin yuridik manzili (jismoniy shaxsning doimiy yashash manzili) bo‘yicha tuman (shahar) kodi mazkur Yo‘riqnomaning 15-ilovasida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasining tuman va shaharlari tasniflagichiga muvofiq ko‘rsatiladi.
Agar mazkur tovarning iste’molchisi noma’lum yoki iste’molchilar bir nechta bo‘lsa, ushbu tovarni qabul qilayotgan shaxsning STIRi (jismoniy shaxs bo‘lsa, JShShIRi) va tuman (shahar) kodi ko‘rsatiladi.
(25-band 26-kichik bandining o‘ttiz sakkizinchi va o‘ttiz to‘qqizinchi xatboshilar O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 21-iyundagi 01-02/15-35-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-6, 19.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2021-y., 10/21/2773-6/0702-son — 2021-yil 20-oktabrdan kuchga kiradi)
Grafaning pastki o‘ng burchagida alohida ajratilgan joyda tovarlarning qo‘shimcha o‘lchov birligidagi miqdori va o‘lchov birligining TIF TNga muvofiq shartli belgilanishi ko‘rsatiladi (qo‘shimcha o‘lchov birligining kodi 41-grafada aks ettiriladi). Elektron BYuDda o‘lchov birligining shartli belgilanishi ko‘rsatilmasdan, faqatgina tovarlarning qo‘shimcha o‘lchov birligidagi miqdori yoziladi.
Tovarlarning qo‘shimcha o‘lchov birligidagi miqdori verguldan keyingi ikkinchi belgigacha aniqlikda ko‘rsatiladi.
Agar qo‘shimcha o‘lchov birligidagi tovar miqdori “0,01” dan kam bo‘lsa grafada tovarning qo‘shimcha o‘lchov birligidagi miqdori verguldan keyingi oltinchi belgigacha aniqlikda ko‘rsatiladi.
Faqatgina asosiy o‘lchov birligi “kg” qo‘llanilgan holatlarda — grafaning pastki o‘ng burchagi to‘ldirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(25-bandning 26-kichik bandi yigirma uchinchi va yigirma to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)

Download 1.61 Mb.

Share with your friends:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   90




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page