48) “S” grafa.
Grafada quyidagilar ko‘rsatiladi (ma’lumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va ulardan har birining oldiga tartib raqami qo‘yiladi):
1 — tashqi savdo kontraktining (shartnomasining, kelishuvining) Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimidagi identifikatsiya raqami;
Oldingi tahrirga qarang.
2 — tovarlar O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan sana. Olib kirilgan sana O‘zbekiston Respublikasi chegarasidan o‘tish punktidagi chegara bojxona postida tovarning kuzatuv hujjatlariga qo‘yiladigan shtamp sanasi bo‘yicha aniqlanadi.
(25-bandning 48-kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son)
6-bob. Tovarlarni reeksport bojxona rejimiga joylashtirishda BYuDni to‘ldirish
Oldingi tahrirga qarang.
26. Tovarlarni reeksport bojxona rejimiga joylashtirishda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BYuDning quyidagi grafalari to‘ldiriladi: 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 9, 11, 12, 13, 14, 17, 17a, 18, 19, 20, 22, 23, 24, 25, 26, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 37, 38, 40, 41, 42, 44, 45, 46, 47, 49, 50, 54, “S”.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. BYuDning 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 9, 11, 12, 13, 14, 17, 17a, 18, 19, 20, 22, 23, 24, 25, 26, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 35, 37, 38, 41, 42, 44, 45, 46, 47, 49, 50, 54 grafalari mazkur Yo‘riqnomaning 22-bandiga muvofiq to‘ldiriladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 13-iyundagi 12/02-22-0016-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-8, 13.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/2773-8/0625-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. BYuDning 40 va “S” grafalarini to‘ldirilishi quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
1) 40-grafa. “Umumiy deklaratsiya/avvalgi hujjat”.
Grafada mazkur Yo‘riqnomaning 22-bandida belgilangan tartibda tovarlarni avvalgi bojxona rejimiga joylashtirish uchun asos bo‘lgan BYuD to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Agar tovarlarni avvalgi bojxona rejimiga joylashtirish uchun tranzit deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan bo‘lsa, tranzit deklaratsiyasi haqida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
avvalgi hujjatning kodi — ushbu holatda “TD”;
tranzit deklaratsiyasining ro‘yxat raqami;
ushbu tovarning tranzit deklaratsiyasining 32-grafasidagi tartib raqami;
tranzit deklaratsiyasining 32-grafasida ko‘rsatilgan tovarning, rasmiylashtirilayotgan brutto vazni (kilogrammda);
tranzit deklaratsiyasining 32-grafasida ko‘rsatilgan tovarning, rasmiylashtirilayotgan netto vazni (kilogrammda);
qo‘shimcha o‘lchov birligidagi miqdori (agar mavjud bo‘lsa);
qo‘shimcha o‘lchov birligining TIF TNga muvofiq shartli belgilanishi (agar mavjud bo‘lsa).
Masalan:
TD 06010/01.03.2022/0003761 — 3 — 7980 kg — 7900 kg — 350,2 m3;
Agar tovarlarni ichki bojxona organiga yetkazib berish uchun yukni yetkazib berishni nazorat qilish kitobchasi yoki MDP kitobchasi rasmiylashtirilgan bo‘lsa, quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
yetkazib berishni nazorat qilish hujjatining kodi: yukni yetkazib berishni nazorat qilish kitobchasi uchun — KKDG, MDP kitobchasi uchun — MDP;
tovarni bojxona nazorati ostida yetkazib berish ustidan nazorat hujjat raqami (99999/99.99.9999/IM999999 — post kodi/sana/yukni yetkazib berishni nazorat qilish kitobchasi raqami, 99999/99.99.9999/ZX99999999 — post kodi/sana/MDP kitobchasi raqami). Bunda, yukni yetkazib berishni nazorat qilish kitobchasi raqamidagi harflar kirill alifbosi harflarida, MDP kitobchasi raqamidagi harflar esa lotin alifbosida yozilishi shart;
yetkazib berishni nazorat qilish to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan tovarning, rasmiylashtirilayotgan brutto vazni (kilogrammda).
Masalan:
KKDG 06006/31.03.2012/IM003761 — 15000 kg;
MDP 27002/01.01.2014/XY00156239 — 19456 kg.
Agar tovar bir nechta yetkazib berishni nazorat qilish to‘g‘risidagi hujjatlardan rasmiylashtirilayotgan bo‘lsa, har bir ma’lumot alohida yangi qatordan yuqorida qayd etilgan tartibda ko‘rsatiladi.
Tovarlarda ichki bojxona organiga yetkazib berish uchun asos bo‘ladigan tovarni bojxona nazorati ostida yetkazib berish ustidan nazorat hujjatlari mavjud bo‘lmagan hollarda grafada qo‘shimcha ravishda ushbu hujjat haqida ma’lumot ko‘rsatilishi talab etilmaydi;
2) “C” grafa.
Grafada quyidagilar ko‘rsatiladi (ma’lumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va ulardan har birining oldiga tartib raqami qo‘yiladi):
1 — tashqi savdo kontraktining (shartnomasining, kelishuvining) Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimidagi identifikatsiya raqami (bundan olib chiqilayotgan tovarlar tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) ijrosiga bog‘liq bo‘lmagan hollar mustasno);
2 — tovarlarni erkin muomalaga chiqarish (import) yoki bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimlariga rasmiylashtirishda BYuD ro‘yxatga olingan sana. Agar, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda, tovar erkin muomalaga chiqarish (import) yoki bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimlariga joylashtirilmagan bo‘lsa, tovarni boshqa tegishli bojxona rejimiga joylashtirishda rasmiylashtirilgan BYuD ro‘yxatga olingan sana ko‘rsatiladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 13-iyundagi 12/02-22-0016-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-8, 13.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/2773-8/0625-son)
7-bob. Tovarlarni reimport bojxona rejimiga joylashtirishda BYuDni to‘ldirish
Oldingi tahrirga qarang.
29. Tovarlarni reimport bojxona rejimiga joylashtirishda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BYuDning quyidagi grafalari to‘ldiriladi: 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 9, 11, 12, 13, 14, 15, 15a, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 37, 38, 40, 41, 42, 44, 45, 46, 47, 49, 50, 54, “S”.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. BYuDning 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 9, 11, 12, 13, 14, 15, 15a, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 37, 38, 41, 42, 44, 45, 46, 47, 49, 50, 54 grafalari mazkur Yo‘riqnomaning 25-bandiga muvofiq to‘ldiriladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. BYuDning 40 va “C” grafalarining to‘ldirilishi quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
(31-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
Share with your friends: |