1) 40-grafa. “Umumiy deklaratsiya/avvalgi hujjat”. Grafada mazkur Yo‘riqnomaning 25-bandida belgilangan tartibda tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqishga asos bo‘lgan BYuD to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Grafada qo‘shimcha ravishda tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun ichki bojxona organiga yetkazib berish uchun asos bo‘lgan yetkazib berishni nazorat qilish hujjatlari (yukni yetkazib berishni nazorat qilish kitobchasi, MDP kitobchasi, tranzit deklaratsiyasi) haqidagi quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
(31-band 1-kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 13-iyundagi 12/02-22-0016-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-8, 13.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/2773-8/0625-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tovarlarni ichki bojxona organiga yetkazib berish uchun yukni yetkazib berishni nazorat qilish kitobchasi yoki MDP kitobchasi rasmiylashtirilgan bo‘lsa, quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
(31-bandning 1-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 13-iyundagi 12/02-22-0016-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-8, 13.07.2022-y.) asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/2773-8/0625-son)
yetkazib berishni nazorat qilish hujjatining kodi: yukni yetkazib berishni nazorat qilish kitobchasi uchun — KKDG, MDP kitobchasi uchun — MDP;
yetkazib berishni nazorat qilish to‘g‘risidagi hujjat raqami (99999/99.99.9999/IM999999 — post kodi/sana/yukni yetkazib berishni nazorat qilish kitobchasi raqami, 99999/99.99.9999/ZX99999999 — post kodi/sana/MDP kitobchasi raqami). Bunda, yukni yetkazib berishni nazorat qilish kitobchasi raqamidagi harflar kirill alifbosi harflarida, MDP kitobchasi raqamidagi harflar esa lotin alifbosida yozilishi shart;
yetkazib berishni nazorat qilish to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan tovarning, rasmiylashtirilayotgan brutto vazni (kilogrammda).
Masalan:
KKDG 06006/31.03.2012/IM003761 — 15000 kg;
MDP 27002/01.01.2014/XY00156239 — 19456 kg.
Oldingi tahrirga qarang.
tovarlarni ichki bojxona organiga yetkazib berish uchun tranzit deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan bo‘lsa, tranzit deklaratsiyasi haqidagi quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
avvalgi hujjatning kodi — ushbu holatda “TD”;
tranzit deklaratsiyasining ro‘yxat raqami;
ushbu tovarning tranzit deklaratsiyasining 32-grafasidagi tartib raqami;
tranzit deklaratsiyasining 32-grafasida ko‘rsatilgan tovarning, rasmiylashtirilayotgan brutto vazni (kilogrammda);
tranzit deklaratsiyasining 32-grafasida ko‘rsatilgan tovarning, rasmiylashtirilayotgan netto vazni (kilogrammda);
qo‘shimcha o‘lchov birligidagi miqdori (agar mavjud bo‘lsa);
qo‘shimcha o‘lchov birligining TIF TNga muvofiq shartli belgilanishi (agar mavjud bo‘lsa).
Masalan:
TD 06010/01.03.2022/0003761 — 3 — 7980 kg — 7900 kg — 350,2 m3.
(31-bandning 1-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 13-iyundagi 12/02-22-0016-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-8, 13.07.2022-y.) asosan o‘n birinchi — yigirmanchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/2773-8/0625-son)
Agar tovar bir nechta yetkazib berishni nazorat qilish to‘g‘risidagi hujjatlardan rasmiylashtirilayotgan bo‘lsa, har bir ma’lumot alohida yangi qatordan yuqorida qayd etilgan tartibda ko‘rsatiladi.
Tovarlarda ichki bojxona organiga yetkazib berish uchun asos bo‘ladigan yetkazib berishni nazorat qilish hujjatlari mavjud bo‘lmagan hollarda grafada qo‘shimcha ravishda ushbu hujjat haqida ma’lumot ko‘rsatilishi talab etilmaydi;
(31-bandning 1-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 21-iyundagi 01-02/15-35-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-6, 19.07.2021-y.) asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2021-y., 10/21/2773-6/0702-son — 2021-yil 20-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-bandning 2-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)