45) 50-grafa. “Ishonch bildirgan shaxs”. Grafada quyidagi mazmundagi yozuv yoziladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar uchun javobgar ......” deb yozilgandan so‘ng BYuDni to‘ldirishga asos bo‘lib xizmat qiluvchi taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarga javobgar hisoblangan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, telefon raqami (mavjud bo‘lsa) va JShShIRi (elektron BYuDda alohida maydonda) ko‘rsatiladi (qog‘oz shakldagi BYuDda uning shaxsiy imzosi qo‘yiladi).
(25-band 45-kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 21-iyundagi 01-02/15-35-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-6, 19.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2021-y., 10/21/2773-6/0702-son — 2021-yil 20-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar uchun javobgar shaxs JShShIRi mavjud bo‘lmagan norezident bo‘lsa, u holda shaxsning JShShIRi qayd etiladigan joyda “99999999999999” kodi ko‘rsatiladi.
(25-bandning 45-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 21-iyundagi 01-02/15-35-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-6, 19.07.2021-y.) asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2021-y., 10/21/2773-6/0702-son — 2021-yil 20-oktabrdan kuchga kiradi)
Taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar uchun javobgar etib deklarant yoki u ishonch bildirgan shaxs belgilanadi.
Agar taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar uchun javobgar deklarant ishonch bildirgan shaxs bo‘lsa, uning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatning (shartnomaning, ishonchnomaning) raqami, sanasi va amal qilish muddati ko‘rsatiladi.
(25-band 45-kichik bandining uchinchi — beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 30-sentabrdagi 01-02/15-48-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-5, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2773-5/1472-son — 2021-yil 3-fevraldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
46) 54-grafa. “Joy va sana”.
Grafada 14-grafada ko‘rsatilgan shaxs nomidan BYuDni taqdim etayotgan deklaratsiyalovchi shaxs haqida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi ma’lumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va ulardan har birining oldiga tartib raqami qo‘yiladi:
1 — BYuD to‘ldirilgan joy;
2 — deklaratsiyalovchi shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, shuningdek elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa);
3 — deklaratsiyalovchi shaxsning telefon raqami;
4 — agar tovarlarni deklaratsiyalash bojxona brokeri tomonidan amalga oshirilayotgan bo‘lsa, bojxona brokeri va topshirig‘iga asosan BYuD taqdim etilayotgan shaxs o‘rtasidagi bitim raqami va sanasi ko‘rsatiladi;
5 — deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BYuDga berilgan raqam quyidagi tartibda ko‘rsatiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
99999999999999/99.99.9999/999999, bunda:
(25-band 46-kichik bandining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 21-iyundagi 01-02/15-35-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-6, 19.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2021-y., 10/21/2773-6/0702-son — 2021-yil 20-oktabrdan kuchga kiradi)
1
2
3
Oldingi tahrirga qarang.
1-element — deklaratsiyalovchi shaxsning JShShIRi;
(25-band 46-kichik bandining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 21-iyundagi 01-02/15-35-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-6, 19.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2021-y., 10/21/2773-6/0702-son — 2021-yil 20-oktabrdan kuchga kiradi)
2-element — BYuD to‘ldirilgan sana;
3-element — deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BYuDga berilgan tartib raqami (joriy yilda o‘sish tartibida, yil yakunlangach raqamlash yangidan boshlanadi).
Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BYuDga berilgan raqam qaytarilmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
BYuDda bayon etilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi elektron BYuDda deklaratsiyalovchi shaxsning ERIsi, qog‘oz shakldagi BYuDda deklaratsiyalovchi shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.
(25-bandning 46-kichik bandi o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
Qog‘oz shakldagi BYuDda bunday tasdiqlash har bir qo‘shimcha varaqning “S” grafasida ham amalga oshiriladi.
(25-bandning 46-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-bandning 47-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)