34) 39-grafa. “Kvota”. Miqdoriy cheklovlar belgilangan tovarlarni deklaratsiyalashda to‘ldiriladi.
Grafada olingan litsenziyaga muvofiq o‘lchov birligida ajratilgan kvotaning qoldig‘i ko‘rsatiladi. Kvotaning qoldig‘ini aniqlashda deklaratsiyalanayotgan tovarlar hisobga olinmaydi.
Masalan:
litsenziya bo‘yicha ajratilgan kvota — 10000 kub. m; deklaratsiyalanayotgan tovarning birinchi turkumi — 4000 kub. m. 39-grafada — “10000 kub. m” ko‘rsatiladi.
Mazkur litsenziya bo‘yicha ajratilgan kvota hisobidan keyingi tovarlar turkumini rasmiylashtirishda 39-grafada kvota qoldig‘i — “6000 kub. m” ko‘rsatiladi;
35) 40-grafa. “Umumiy deklaratsiya/avvalgi hujjat”. Oldingi tahrirga qarang.
Tovarlar bayon etilayotgan bojxona rejimidan avval boshqa bojxona rejimiga BYuD taqdim etish orqali joylashtirilgan bo‘lsa, grafada tovarlarni avvalgi bojxona rejimiga joylashtirish uchun asos bo‘lgan BYuD haqida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
(25-band 35-kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 13-iyundagi 12/02-22-0016-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-8, 13.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/2773-8/0625-son)
Oldingi tahrirga qarang.
avvalgi hujjatning kodi — ushbu holatda “GTD”;
(25-band 35-kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 13-iyundagi 12/02-22-0016-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-8, 13.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/2773-8/0625-son)
avvalgi BYuDning ro‘yxat raqami;
ushbu tovarning avvalgi BYuDning 32-grafasidagi tartib raqami;
avvalgi BYuDning 32-grafasida ko‘rsatilgan tovarning, rasmiylashtirilayotgan brutto vazni (kilogrammda);
avvalgi BYuDning 32-grafasida ko‘rsatilgan tovarning, rasmiylashtirilayotgan netto vazni (kilogrammda);
qo‘shimcha o‘lchov birligidagi miqdori (agar mavjud bo‘lsa);
qo‘shimcha o‘lchov birligining TIF TNga muvofiq shartli belgilanishi (agar mavjud bo‘lsa).
Masalan:
GTD 14010/31.03.2012/0353761 — 2 — 5980 kg — 5900 kg — 250,2 m3.
Agar deklaratsiyalanayotgan tovar avval bir nechta tovar turkumlariga bo‘lingan holda bir nechta BYuDlar bilan rasmiylashtirilgan bo‘lsa, avvalgi rasmiylashtirilgan har bir BYuD to‘g‘risidagi ma’lumotlar alohida yangi qatordan yuqorida qayd etilgan tartibda ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar tovarlar bayon etilayotgan bojxona rejimidan avval bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirish uchun tranzit deklaratsiyasi taqdim etilgan bo‘lsa, grafada tovarlarni bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirish uchun asos bo‘lgan tranzit deklaratsiyasi haqida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
avvalgi hujjatning kodi — ushbu holatda “TD”;
tranzit deklaratsiyasining ro‘yxat raqami;
ushbu tovarning tranzit deklaratsiyasining 32-grafasidagi tartib raqami;
tranzit deklaratsiyasining 32-grafasida ko‘rsatilgan tovarning, rasmiylashtirilayotgan brutto vazni (kilogrammda);
tranzit deklaratsiyasining 32-grafasida ko‘rsatilgan tovarning, rasmiylashtirilayotgan netto vazni (kilogrammda);
qo‘shimcha o‘lchov birligidagi miqdori (agar mavjud bo‘lsa);
qo‘shimcha o‘lchov birligining TIF TNga muvofiq shartli belgilanishi (agar mavjud bo‘lsa).
Masalan:
TD 06010/01.03.2022/0003761 — 3 — 7980 kg — 7900 kg — 350,2 m3.
Agar deklaratsiyalanayotgan tovar avval bir nechta tovar turkumlariga bo‘lingan holda bir nechta tranzit deklaratsiyalari bilan rasmiylashtirilgan bo‘lsa, avvalgi rasmiylashtirilgan har bir tranzit deklaratsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar alohida yangi qatordan yuqorida qayd etilgan tartibda ko‘rsatiladi.
(25-bandning 35-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 13-iyundagi 12/02-22-0016-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-8, 13.07.2022-y.) asosan o‘n uchinchi — yigirma uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/2773-8/0625-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar tovarlarga nisbatan avval BYuD yoki tranzit deklaratsiyasi taqdim etilmagan bo‘lsa, grafada tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun ichki bojxona organiga yetkazib berish uchun asos bo‘lgan yetkazib berishni nazorat qilish hujjatlari (yukni yetkazib berishni nazorat qilish kitobchasi, MDP kitobchasi) haqidagi quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
(25-band 35-kichik bandining yigirma to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 13-iyundagi 12/02-22-0016-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-8, 13.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/2773-8/0625-son)
yetkazib berishni nazorat qilish hujjatining kodi: yukni yetkazib berishni nazorat qilish kitobchasi uchun — KKDG, MDP kitobchasi uchun — MDP;
yetkazib berishni nazorat qilish to‘g‘risidagi hujjat raqami (99999/99.99.9999/IM999999 — post kodi/sana/yukni yetkazib berishni nazorat qilish kitobchasi raqami, 99999/99.99.9999/ZX99999999 — post kodi/sana/MDP kitobchasi raqami). Bunda, yukni yetkazib berishni nazorat qilish kitobchasi raqamidagi harflar kirill alifbosi harflarida, MDP kitobchasi raqamidagi harflar esa lotin alifbosida yozilishi shart;
yetkazib berishni nazorat qilish to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan tovarning, rasmiylashtirilayotgan brutto vazni (kilogrammda).
Masalan:
KKDG 06006/31.03.2012/IM003761 — 15000 kg;
MDP 27002/01.01.2014/XY00156239 — 19456 kg.
Agar tovar bir nechta yetkazib berishni nazorat qilish to‘g‘risidagi hujjatlardan rasmiylashtirilayotgan bo‘lsa, har bir ma’lumot alohida yangi qatordan yuqorida qayd etilgan tartibda ko‘rsatiladi;