40) 45-grafa. “Bojxona qiymati”. Grafaning o‘ng bo‘lmasida 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasidagi bojxona qiymati ko‘rsatiladi.
Tovarlarni beg‘araz (to‘lovsiz) yetkazib berish asosida import qilishda yoki tovarlarni tashqi savdo kontraktini (shartnomasini, kelishuvini) tuzmagan holda yetkazib berishda tovarning bojxona qiymati tovarning kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilgan valyutada keltiriladi.
Bojxona qiymati O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksida belgilangan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash usullariga muvofiq hisoblanadi.
Bojxona qiymati matematik qoidalarga ko‘ra verguldan so‘ng ikki belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi;
41) 46-grafa. “Statistik qiymat”. Grafada tovarning ming AQSh dollaridagi statistik qiymati ko‘rsatiladi. Statistik qiymat tovarning 42-grafada ko‘rsatilgan faktura qiymati asosida hisoblanadi va “CIP (CIF) — O‘zbekiston chegarasi” yetkazib berish shartidagi narxga keltiriladi.
Statistik qiymat matematik qoidalarga ko‘ra verguldan so‘ng uch belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi.
Statistik qiymatini hisoblashda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, BYuD bojxona rasmiylashtiruvi uchun qabul qilingan kunda amalda bo‘lgan kursdan foydalaniladi;
42) 47-grafa. “Bojxona to‘lovlarining hisobi”. Bojxona to‘lovlari summalarini hisoblash BYuDning 31-grafalarida bayon etilgan har bir tovar uchun bojxona to‘lovlari turlari bo‘yicha alohida amalga oshiriladi. Bundan bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yig‘imlari mustasno bo‘lib, ular doim BYuD asosiy varag‘ining 47-grafasida (elektron BYuDda 32-grafada 1 tartib raqami ostidagi tovarning 47-grafasida) ko‘rsatiladi.
“To‘lov turi” ustunida Bojxona to‘lovlari tasniflagichiga muvofiq bojxona to‘lovi turining kodi ko‘rsatiladi.
“Hisoblash asosi” ustunida bojxona to‘lovini hisoblashning asosi ko‘rsatiladi.
Hisoblash asosi O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida ko‘rsatiladi. Quyidagi holatlar bundan mustasno:
Oldingi tahrirga qarang.
agar qonunchilik hujjatlari bilan hisoblash uchun asos xorijiy valyutada belgilangan bo‘lsa, yoxud bojxona yig‘imlari xorijiy valyutada undirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa (masalan, erkin bojxona zonalari va erkin omborlar hududlarida bojxona yig‘imlarini undirishda) hisoblash uchun asos Valyutalar tasniflagichiga muvofiq valyutaning harfli kodini qo‘ygan holda xorijiy valyutada keltiriladi;
(25-band 42-kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
agar qonunchilik hujjatlarida hisoblash uchun asos pul birliklarida emas, balki boshqa o‘lchov birliklarida (masalan, ma’lum vaqt oralig‘i (soat), ma’lum bir hujjatlarni berganlik uchun, BYuDning asosiy va qo‘shimcha varaqlari uchun va h.k.) belgilangan bo‘lsa, u holda tegishlicha miqdor (1, 2 va h.k.) va o‘lchov birligi (soat, dona, asosiy varaq, qo‘shimcha varaq va h.k.) ko‘rsatiladi.
(25-band 42-kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hisoblash uchun asos O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida aniqlanganda, tovarning 12 va 45-grafalardagi qiymatlarini O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida qayta hisoblash BYuD bojxona rasmiylashtiruvi uchun qabul qilingan kundagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.
“Stavka” ustunida bojxona to‘lovi summasini hisoblashda qo‘llaniladigan bojxona to‘lovlarining belgilangan stavkasi miqdori ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
“Summa” ustunida bojxona to‘lovining O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida hisoblangan summasi ko‘rsatiladi. Agar qonunchilik hujjatlariga muvofiq bojxona to‘lovining xorijiy valyutada undirilishi belgilangan bo‘lsa, bojxona to‘lovining hisoblangan summasi Valyutalar tasniflagichiga muvofiq valyutaning harfli kodi qo‘yilgan holda tegishli xorijiy valyutada ko‘rsatiladi.
(25-band 42-kichik bandining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
“TU” ustunida to‘lov usulining ikki belgili harfli kodi ko‘rsatiladi:
“BN” — bank orqali naqd pulsiz hisob-kitob;
“KT” — bojxona to‘lovlari summasini naqd pul bilan to‘lash;
“UN” — bojxona to‘lovlarini shartli hisoblash;
“OP” — bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lash imkoniyati taqdim etilgan;
“RP” — bojxona to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati taqdim etilgan;
“OO” — to‘lov amalga oshirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq deklaratsiyalanayotgan tovarlar uchun stavka belgilanmagan yoki nol stavka belgilangan, yoxud bayon etilayotgan bojxona rejimi shartlariga ko‘ra ushbu turdagi bojxona to‘lovini to‘lash majburiyati vujudga kelmaydigan bojxona to‘lovi to‘g‘risidagi ma’lumotlar grafaga kiritilmaydi;
(25-band 42-kichik bandining o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)