1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]


) 53-grafa. “Kelib tushadigan bojxona va mamlakat”



Download 1.61 Mb.
Page73/90
Date20.01.2024
Size1.61 Mb.
#63270
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   90
-2924955
36) 53-grafa. “Kelib tushadigan bojxona va mamlakat”.
Grafada Bojxona postlari tasniflagichiga muvofiq tovarlar O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqib ketiladigan bojxona organi nomi va kodi ko‘rsatiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
37) 54-grafa. “Joy va sana”.
Grafada 14-grafada ko‘rsatilgan shaxs nomidan BYuDni taqdim etayotgan deklaratsiyalovchi shaxs haqida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi (ma’lumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va ulardan har birining oldiga tartib raqami qo‘yiladi):
1 — BYuD to‘ldirilgan joy;
2 — deklaratsiyalovchi shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, shuningdek elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa);
3 — deklaratsiyalovchi shaxsning telefon raqami;
4 — agar tovarlarni deklaratsiyalash bojxona brokeri tomonidan amalga oshirilayotgan bo‘lsa, topshirig‘iga asosan BYuD taqdim etilayotgan shaxs va bojxona brokeri o‘rtasidagi bitim raqami va sanasi ko‘rsatiladi;
5 — deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BYuDga berilgan raqam quyidagi tartibda ko‘rsatiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
99999999999999/99.99.9999/999999, bunda:
(88-band 37-kichik bandining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 21-iyundagi 01-02/15-35-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-6, 19.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2021-y., 10/21/2773-6/0702-son — 2021-yil 20-oktabrdan kuchga kiradi)

1

2

3

Oldingi tahrirga qarang.
1-element — deklaratsiyalovchi shaxsning JShShIRi;
(88-band 37-kichik bandining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 21-iyundagi 01-02/15-35-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-6, 19.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2021-y., 10/21/2773-6/0702-son — 2021-yil 20-oktabrdan kuchga kiradi)
2-element — BYuD to‘ldirilgan sana;
3-element — deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BYuDga berilgan tartib raqami (joriy yilda o‘sish tartibida, yil yakunlangach raqamlash yangidan boshlanadi).
Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BYuDga berilgan raqam qaytarilmasligi lozim.
BYuDda bayon etilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi elektron BYuDda deklaratsiyalovchi shaxsning ERIsi, qog‘oz shakldagi BYuDda deklaratsiyalovchi shaxsning imzosi va bojxona brokeri yoki deklarantning muhri (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) bilan tasdiqlanadi.
Qog‘oz shakldagi BYuDda bunday tasdiqlash har bir qo‘shimcha varaqning “S” grafasida ham amalga oshiriladi.
(88-bandning 37-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son)

Download 1.61 Mb.

Share with your friends:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   90




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page