1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]


) 47-grafa. “Bojxona to‘lovlarining hisobi”



Download 1.61 Mb.
Page72/90
Date20.01.2024
Size1.61 Mb.
#63270
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   90
-2924955
34) 47-grafa. “Bojxona to‘lovlarining hisobi”.
Grafada bojxona to‘lovlarining hisobi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
“To‘lov turi” ustunida Bojxona to‘lovlari tasniflagichiga muvofiq bojxona to‘lovi turining kodi ko‘rsatiladi.
“Hisoblash asosi” ustunida bojxona to‘lovini hisoblashning asosi ko‘rsatiladi.
Hisoblash asosi O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida ko‘rsatiladi. Bundan quyidagi holatlar mustasno:
Oldingi tahrirga qarang.
agar qonunchilik hujjatlari bilan hisoblash uchun asos xorijiy valyutada belgilangan bo‘lsa, yoxud bojxona yig‘imlari xorijiy valyutada undirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa hisoblash uchun asos Valyutalar tasniflagichiga muvofiq valyutaning harfli kodini qo‘ygan holda xorijiy valyutada keltiriladi;
(88-band 34-kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
agar qonunchilik hujjatlarida hisoblash uchun asos pul birliklarida emas, balki boshqa o‘lchov birliklarida (masalan, ma’lum vaqt oralig‘i (soat), ma’lum bir hujjatlarni berganlik uchun, BYuDning asosiy va qo‘shimcha varaqlari uchun va h.k.) belgilangan bo‘lsa, u holda tegishlicha miqdor (1, 2 va h.k.) va o‘lchov birligi (soat, dona, asosiy varaq, qo‘shimcha varaq va h.k.) ko‘rsatiladi.
(88-band 34-kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hisoblash uchun asos O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida aniqlangan taqdirda, tovarning 12 va 45-grafalaridagi qiymatlarini O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida qayta hisoblash BYuD bojxona rasmiylashtiruvi uchun qabul qilingan kunda amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.
“Stavka” ustunida bojxona to‘lovi summasini hisoblashda qo‘llaniladigan bojxona to‘lovlarining belgilangan stavkasi miqdori ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
“Summa” ustunida bojxona to‘lovining O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida hisoblangan summasi ko‘rsatiladi. Agar qonunchilik hujjatlariga muvofiq bojxona to‘lovining xorijiy valyutada undirilishi belgilangan bo‘lsa, bojxona to‘lovining hisoblangan summasi Valyutalar tasniflagichiga muvofiq valyutaning harfli kodi qo‘yilgan holda tegishli xorijiy valyutada ko‘rsatiladi.
(88-band 34-kichik bandining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
“TU” ustunida to‘lov usulining ikki belgili harfli kodi ko‘rsatiladi:
“BN” — bank orqali naqd pulsiz hisob-kitob;
“KT” — bojxona to‘lovlari summasini naqd pul bilan to‘lash;
“UN” — bojxona to‘lovlarini shartli hisoblash;
“OP” — bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lash imkoniyati taqdim etilgan;
“RP” — bojxona to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati taqdim etilgan;
“OO” — to‘lov amalga oshirilmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
35) 50-grafa. “Ishonch bildirgan shaxs”.
Grafada quyidagi mazmundagi yozuv yoziladi:
“Taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar uchun javobgar ......” deb yozilgandan so‘ng BYuDni to‘ldirishga asos bo‘lib xizmat qiluvchi taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarga javobgar hisoblangan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, telefon raqami (mavjud bo‘lsa) va JShShIRi (elektron BYuDda alohida maydonda) ko‘rsatiladi (qog‘oz shakldagi BYuDda uning shaxsiy imzosi qo‘yiladi).
Taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar uchun javobgar shaxs JShShIRi mavjud bo‘lmagan norezident bo‘lsa, u holda shaxsning JShShIRi qayd etiladigan joyda “99999999999999” kodi ko‘rsatiladi.
Taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar uchun javobgar etib deklarant yoki u ishonch bildirgan shaxs belgilanadi.
Agar taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar uchun javobgar deklarant ishonch bildirgan shaxs bo‘lsa, uning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatning (shartnomaning, ishonchnomaning) raqami, sanasi va amal qilish muddati ko‘rsatiladi;
(88-bandning 35-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 21-iyundagi 01-02/15-35-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-6, 19.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2021-y., 10/21/2773-6/0702-son — 2021-yil 20-oktabrdan kuchga kiradi)

Download 1.61 Mb.

Share with your friends:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   90




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page