14. Moliyaviy vositachilar moliyasi qaysi moliya bo’giniga mansub va qanday. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasi moliyaviy tizim-ning mustaqil sohasi hisoblanadi. Uni boshqacha nomda mulkchilikning turli shaklidagi korxona va tashkilotlar moliyasi deb ham atash mumkin. Moliyaviy tizimning ana shu sohasida daromadlarning asosiy qismi shakllanadi va ular, oxir oqibatda davlat tomonidan o’rnatilgan qoidalarga muvofiq ravishda qayta taqsimlanib, barcha darajadagi byudjetlar va nobyudjet fondlarining daromadlarini shakllantiradi. Bir vaqtning o’zida byudjet mablag’larining katta qismi to’g’ridan-to’g’ri byudjetdan moliyalashtirish, byudjet ssudalari va davlat kafolatlari shaklida korxonalarning joriy va investitsion faoliyatlarini moliyalashtirishga yo’naltirilishi mumkin. Yuqorida qayd etilganidek, moliyaviy tizimning bu sohasi tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi, moliyaviy vositachilar moliyasi va notijorat tashkilotlar moliyasi kabi bo’g’inlardan tashkil topadi. Bu guruhga kiruvchi xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy munosabatlari tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, daromadlar va xarajatlarni shaklantirish, mulkka egalik qilish, o’z zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarish shakllariga bog’liq ravishda o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarga egadir. Bir vaqtning o’zida, tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi muhim ahamiyat kasb etib, aynan shu yerda moliyaviy resurslarning asosiy qismi shakllantiriladi. Mamlakat-ning umumiy moliyaviy ahvoli ana shu korxonalar moliya-sining ahvoli bilan belgilanadi. Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar o’zlarining faoliyatlarini tijoriy hisob asosida amalga oshiradilar. Unga muvofiq ravishda ularning xarajatlari o’z daro-madlari hisobidan qoplanishi kerak. Mehnat jamoalari ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishining asosiy manbai foyda hisoblanadi. Bu soha korxonalari real ravishda moliyaviy musta-qillikka ega, mahsulotni sotishdan olingan tushumni ularning o’zi mustaqil ravishda taqsimlaydi, o’zlarining ixtiyoriga ko’ra foydadan foydalanadilar, ishlab chiqarish va ijtimoiy fondlarni shakllantiradilar, moliyaviy bozorning resurslaridan, ya’ni bank kreditlari, obligatsiyalar emissiyasi, depozit sertifikatlari va boshqa vositalardan foydalangan holda investitsiyalar uchun zarur bo’lgan mablag’larni qidirib topadilar. Korxonalar davlatning mayda-chuyda aralashuvidan ozod bo’lib, shu bilan birgalikda, ishning iqtisodiy va moliyaviy natijalari uchun ularning mas’uliyati ham keskin oshi-rilgan.