11. Moliyaviy siyosat konsepsiyalari


Notijorat faoliyatini moliyaviy jihatdan qo’llab quvvatlash shakllari



Download 18.05 Kb.
Page3/4
Date16.11.2023
Size18.05 Kb.
#62616
1   2   3   4
moliya 11-20 javobla
15. Notijorat faoliyatini moliyaviy jihatdan qo’llab quvvatlash shakllari. Notijorat tashkilotlari faoliyatining moliyaviy man-balari quyidagi besh asosiy guruhdan tashkil topadi:
 byudjet mablag’lari;
 tijorat faoliyati: - tovar, ish va xizmatlarni sotishdan olingan tushum; - aktsiyalar, obligatsiyalar, boshqa qimmatli qog’ozlar va omonatlar bo’yicha olinadigan daromadlar; - notijorat tashkilotning mulkidan, notijorat tashki-lotlarining yordami asosida tuzilgan xo’jalik jamiyat-larining faoliyatidan olinadigan daromadlar;
 tijorat tuzilmalari va xususiy shaxslarning homiylik yordamlari;
 ta’sischilardan doimiy ravishda va bir vaqtning o’zida tushib turishi mumkin bo’lgan tushilmalar;
 qonun bilan ta’qiqlanmagan boshqa tushilmalar (masa-lan, ko’ngillilarning mehnat sarflari, resurslarni jalb qilish bo’yicha o’tkazilgan tadbirlar (lotereyalar, auktsion-lar, ko’ngilxo’shlik, madaniy, sport va boshqa ommaviy tadbirlardan)dan kelgan tushilmalar.
Notijorat sektorni davlat tomonidan bevosita qo’l-labquvvatlashning uch asosiy shakli mavjud:
 to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) byudjet investitsiyalari;
hamkorlikda moliyalashtirish;
 davlat ijtimoiy buyurtmasi.
Notijorat sektorni bilvosita moliyalashtirish shakli-dan ham, ya’ni notijorat tashkilotlarini davlat va mahalliy hokimiyat organlari oldidagi to’lovlari va boshqa shunga o’xshash majburiyatlaridan ozod qilish shaklidan ham amaliyotda tez-tez foydalaniladi. Bilvosita moliyalash-tirishning asosiy ko’rinishlari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
 soliq xarakteriga ega bo’lmagan imtiyozlar;
 soliqlardan imtiyozlar;
 boshqa imtiyozlar. Soliq to’lashda imtiyoz berish quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin:
 xayriya qiluvchilar uchun imtiyozlar;
 homiylik qiluvchi yuridik shaxslar uchun imtiyozlar. Boshqa imtiyozlar quyidagi ko’rinishlarda namoyon bo’-ladi:
 notijorat tashkilotlarining faoliyati uchun binolarni ijaraga olish, er maydonlarini ajratish;
 litsenziyalashtirishning soddalashtirilgan tizimini joriy etish;
 aloqa xizmatlari va kommunal xizmatlarni to’lashda imtiyozli tariflardan foydalanish;
 va boshqalar. Davlat organlari notijorat tashkilotlarining fao-liyatiga aralashish, agar ularning sarflanishi tashkilotning maqsadlariga mos kelayotgan bo’lsa, xarajatlarning yo’na-lishiga o’zgartirishlar kiritish huquqiga ega emas.


Download 18.05 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page