11. Moliyaviy siyosat konsepsiyalari


Unitar davlatning budjet tizimi



Download 18.05 Kb.
Page4/4
Date16.11.2023
Size18.05 Kb.
#62616
1   2   3   4
moliya 11-20 javobla
16. Unitar davlatning budjet tizimi. Unitar (yagona) davlatlarda byudjet tizimi quyidagi ikki bo’g’indan iborat:
davlat byudjeti;
 ko’p sonli mahalliy byudjetlar (shaharlar, okruglar, qishloq okruglari byudjeti). Unitar shakldagi xorijiy davlatlarda mahalliy byudjetlar o’zlarining daromadlari va xarajatlari bilan davlat byudjetining tarkibiga kirmaydi.

17. Moliyaviy boshqaruvning asosiy metodologik prinsiplari. asosiy metodologik printsiplari quyidagilardan iborat:
 pirovard maqsadga bog’liqlik;
 xo’jalik barcha tarmoqlarining makroiqtisodiy muvo-zanatliligi;
 jamiyat barcha a’zolarining manfaatlariga mos kelish;
 iqtisodiy qonunlardan foydalanish;
 real imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish. Moliyaviy boshqaruvning konkret metodlari va shakl-lari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
 moliyaviy rejalashtirish;
 bashoratlash (prognozlashtirish);
 dasturlashtirish;
 moliyaviy tartibga solish;
moliyaviy nazorat;
 moliyaviy qonunlarni (qonunchilikni) qabul qilish;
 moliyaviy resurslarni jalb qilish metodlari tizimi.
18. Moliyaviy boshqaruvda ta’sir instrumentlari. Umumdavlat miqyosida moliyaviy boshqaruv tizimi quyidagi boshqaruv organlaridan tashkil topishi mumkin:
 Prezident;
 Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi hamda moliya, byudjet, soliq va bank masalalari bo’yicha Oliy Majlis har ikki palatasining tegishli qo’mitalari;
Vazirlar Mahkamasi;
 Hisob palatasi;
 Moliya vazirligi va uning quyi , jumladan, G’aznachilik tizimi organlari;
 Markaziy bank;
 Davlat soliq qo’mitasi;
 Davlat bojxona qo’mitasi;
 Qimmatli qog’ozlar bo’yicha komissiya;
 Byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlarining ijroiya direktsiyalari
 va boshqalar.


19. Moliyaviy oqimning sifat tavsifnomasi. Moliyaviy oqimlarning sifat jihatdan tavsifnomasi ular shakllantiruvchi moliyaviy resurslar fondining nimaga mo’ljallanganligi bilan bevosita bog’liq. Masalan, soliqli moliyaviy oqim bilan korxonaning tushumini shakllantiruvchi moliyaviy oqim sifat jihatidan bir-biridan farqlanadi. Shuning uchun ham ularni boshqarish metodlari ham turli-chadir. O‘zining sifat mazmuniga ko’ra quyidagilarni farqlash maqsadga muvofiq:
 byudjetli-soliqli moliyaviy oqimlar - barcha dara-jalardagi byudjetlarning mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida vujudga keladi;
 tijorat (tijoriy) moliyaviy oqimlari – tadbirkorlik xo’jalik sub’yektlari tomonidan amalga oshiriladi;
 nobyudjet moliyaviy oqimlar – notijorat tashkilot-larining fondlarini shakllantiradi. Moliyaviy oqimlarni boshqarishning funksiyalari quyi-dagilardan iborat:
 qonunchilik – Oliy Majlisning vakolatida;
 nazoratchilik (tartibga soluvchanlik) – Hisob palatasi va mamlakatning boshqa nazorat organlari (Moliya vazirligi, soliq va bojxona qo’mitalari va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi;
 boshqaruvchanlik – korxona va korporatsiyalar, banklar, soliq organlari, G’aznachilik apparati va Moliya vazir-ligining hisob-kitobkassa va boshqa xizmatlarining vakolatida;
 nazorat-kuzatuv – korxonalarning moliyaviy jihatdan kasodga uchraganligigi to’g’risidagi ishlarni ko’radigan va bu holda moliyaviy oqimlar ustidan nazoratni amalga oshiruvchi arbitrajlik sudlari tomonidan bajariladi.


20. Moliyaviy oqimlarning boshqarish funksiyalari. Moliyaviy oqimlarni boshqarish bo’yicha yuqoridagi organlarning funksiyalari bir-biri bilan qo’shilib ketgan va ularni har doim ham ajratib (alohida qilib) bo’lmaydi. Agar moliyaviy oqimlar moliyaviy resurslar aylani-shining qonuniyatlariga muvofiq ravishda, ko’zda tutilgan tartibda (rejimda) va rejada aks ettirilgan hajmda, ishlab chiqarish va sotsial vazifalarni samarali yechish uchun kerak bo’lgan tarzda va takror ishlab chiqarish tsiklini pul mablag’lari bilan to’liq ta’minlash tarzida amal qilsa, bularning barchasi, moliyaviy oqimlarning samarali ekanligidan dalolat beradi.
Download 18.05 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page