Atrof-olam-majmua


Tarqatma materiallardan foydalanib kuzatish



Download 1.38 Mb.
Page6/62
Date21.11.2023
Size1.38 Mb.
#62660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
MAJMUA-(T.F)MAKTABGACHA YOSHDAGI-2023-24
Tarqatma materiallardan foydalanib kuzatish. Bu kuzatishlar o‘rta yosh guruhlardan boshlab o‘tkaziladi. Bunday kuzatishni tashkil etish birgina ob‘ektni kuzatishdan ko‘ra ancha murakkabroqdir. Bu o‘rinda tarbiyachi o‘z diqqat e‘tiborini taqsimlay bilishi, bolalardagi harakatni uyushtira olishi talab qilinadi, bolalar esa tarbiyachining barcha ko‘rsatmalariga aniq rioya qilishlari, bir-birlarini tinglashlari, boshqalarning kuzatishlarini o‘zlarining kuzatishlari bilan taqqoslashlari kerak bo‘ladi. Kuzatishning bu usuli katta rivojlantiruvchi ahamiyatga egadir. Bolalar turli xil tadqiqotchilik harakatlaridan foydalanib, o‘quv ko‘nikmalarini takomillashtirish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu esa o‘z navbatida ularda aniqroq tasavvurlarning shakllanishiga yordam beradi. Tarqatma material sifatida o‘simliklar hamda ularning bargi, mevasi, urug‘i, shoxchalari, shuningdek, sabzavot va mevalardan keng foydalaniladi. Kuzatishda qatnashgan har bir bolaning va tarbiyachining qo‘lida tarqatma material bo‘lib, kuzatish davomida tarbiyachi bolalarga savollar berib, narsalarni tekshirishni tashkil etadi. So‘ngra olingan tasavvurlarni qiyoslab, bolalarni xulosa chiqarishga o‘rgatadi. Kuzatish jarayonida tarbiyachi barcha bolalarning yuqori faolligini ta‘minlaydi.
Nazorat uchun savollar
1. Atrofimizdagi olam bilan tarishtirish metodlari necha guruhga bo‘linadi va ular qanday guruhlar?
2. Kuzatish uslubining mohiyati nimada?
3. Atrofimizdagi olam bilan tanishtirishda tabiiy jismlarning ahamiyati qanday?
4. Kuzatish necha turli bo‘ladi? Ular haqida gapirib bering.
5. Kuzatishda tarqatma materiallardan foydalanishning ahamiyati qanday?
6. Amaliy uslub va uning turlari haqida gapirib bering.
7. Atrofimizdagi olam bilan tanishtirishning og‘zaki uslubi haqida gapirib bering.



2-Ma’ruza: Zamonaviy maktabgacha va maktab ta’limining mazmuni.

Reja:
1. Amaliy o‘qitish usullari.
2. Og‘zaki o‘qitish usullari.

Download 1.38 Mb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page