Tizimli dasturiy ta’minot guruhi dasturlariga: Operatsion tizimlar; Operatsion qobiq (obolochka); Utilitalar; Drayverlar; Arxivatorlar; Antivirus va yana turli dasturlar kiradi.
- Operatsion tizimlar kompyuterning (hisoblash tizimining) hamma apparat vositalarining ishini samarali va uning barcha resurslarini boshqarish imkoniyatni ta’minlaydi.
- Operatsion qobiqlar (obolochki), operatsion tizimlar ishini boshqarish qulayligini oshirishga mo‘ljallangan qo‘shimcha dasturlardan iboratdir. Masalan, Total Commander.
- Utilitalar. (utility foydalilik) hajmi kichik ammo juda foydali dasturlar bo‘lib, apparat vositalar ishini boshqarish bo‘yicha turli xildagi yordamchi funksiyalarni bajaradi va ularning ishlovchanlik qobiliyatini, xizmat qilish va sozlashni tekshiradi.
Sistemaviy (tizimli) dasturiy ta’minot
-Dasturlar va turli tashqi qurilmalar o‘rtasida ma’lumot almashish amallarini bajarish uchun OT tarkibiga qator moslashtirilgan maxsus dasturlar kiritilgan, ularni – drayverlar (drive-boshqarish) deb atalgan dasturlar kiritilgan. Agar, mos drayver bo‘lmasa yoki qurilmaga drayver to‘g‘ri kelmasa, bu qurilma kompyuter yoki hisob-tizimi uchun befoydadir.
- Arxivatordasturlar, muhim dasturlar va ma’lumotlar majmuasini arxiv nusxalarini yaratish uchun xizmat qiladi. Arxivator, shu bilan birga hajmni minimallashtiradi va arxivni tashqi jamlamaga joylashtirish oson bo‘ladi.
- Antivirus dasturlar - foydalanuvchini kompyuter viruslari bilan kurashishda zaruriy vositalar bilan ta’minlaydi.
Dasturiy ta’minot
Dasturiy ta'minot tarqatilishi va targ'ib qilinishi bo'yicha quyidagi asosiy turlarga ajratiladi:
• Software - qiymati 100% to'langanidan keyin o'rnatilib, foydalaniladigan dasturiy ta'minot. Masalan, Windows operatsion sistemalari, MS Office dasturlari, Adobe Photoshop.
• Shareware (ing. Share - qisman) - aprobatsiya, ya'ni sinovdan o'tkazish muddatiga ega bo'lgan dasturlar. Sinov muddati, odatda, bir necha kun yoki bir oygacha, yoki bir necha bor kirib ishlashga mo'ljallangan bo'ladi. Ba'zan bunday dasturlarning imkoniyatlari cheklangan naqli beriladi. Agar foydalanuvchiga shunday dastur zarur bo'lsa, u dasturning to'liq naqlini xarid qilib olishi mumkin.