Mainframe - har soniyada millionlab tranzaktsiyalarni bajarish uchun eng yaxshi platforma. Asosan yirik tashkilotlarda qo‘llaniladi, chunki ular har soniyada katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlaydi. Tashkilotlar tomonidan muhim amaliy dasturlarda, katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlashda (masalan, aholini ro‘yxatga olish va sanoat va iste'mol statistikasi, korxona resurslarini rejalashtirish va keng miqyosda) ishlatiladigan kompyuter.
Kompyuter tizimlari.
Superkompyuterlar. Superkompyuterlarga tezligi sekundiga yuzlab million- o‘nlab milliard suriluvchi vergulli amallami bajaruvchi (Mflops) quvvatli ko‘p protsessorli hisoblash mashinalari kiradi. Superkompyuterlar quyidagi murakkab masalalami yеchish uchun qo‘llanadi, davlat xavfsizligini ta’minlash masalalari, kosmosni tadqiqot qilish masalalari, ob-havoni bashorat qilish (shu jumladan to‘fonlaming quwatini va harakat yo‘nalishini bashorati), inson va hayvonlarni biokimyo tadqiqot masalalari, yadro qurolini ishga layoqatligini nazorat qilish va AES ishonchli ishlashini nazorati va hokazo masalalami.