Baholash ishi va investitsiyalar


III. TALABA PORTFOLIOSINI BAHOLASH MEZONLARI



Download 1.76 Mb.
Page110/116
Date02.04.2024
Size1.76 Mb.
#63972
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   116
Baholash ishi va investitsiyalar
5-mavzu. Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish reja
III. TALABA PORTFOLIOSINI BAHOLASH MEZONLARI
Talaba o’z-o’zini baholashda o’z faoliyatiga tanqid nuqtai nazaridan qarashi, nima uchun aynan ushbu bo’lim yoki mavzularni tanlaganligini o’zi mantiqan bilishi, bu uning ushbu fan bo’yicha umumiy bilimida qanday rol o’ynashi mumkinligini ifoda etishi kerak. «Portfolio» yaratishdagi eng murakkab masala taqdimotga loyiq materiallarni tanlash, ushbu materiallarga tushunarli tilda, ravon, mantikan mazmunga boy va qisqa izoh yozish hisoblanadi. Materiallarni to’g’ri tanlash, ularga izoh yozish xamda uni ob’ekiv baholashda quyidagi savollardan foydalanish mumkin:
Talaba faoliyati bo’yicha savollar:

  • Portfolioga material tanlashda siz qanday ishlarni amalga oshirdingiz?

  • Nimaga erishdingiz, nimalarda qiynaldingiz?

  • Portfolioda siz qiynalgan biror material bormi?

  • Sizda portfolio yaratish bo’yicha mos namuna bormi?

  • Axborotlarni qanday tashkil qildingiz?

  • Muammolarni qaytadan yorita olasizmi (topshiriqni yanada oddiyrok so’zlar bilan)?

  • Qaysi so’zlar, iboralar bu erda ahamiyatliroq bo’ldi, nima uchun?

  • Muammoni kayta yoritish qanchalik ratsional bo’ldi?

  • Bu masala, muammo qanday savollarni keltirib chiqarishi mumkin?

  • Siz ushbu savollarga yaqinroq savollar tuza olasizmi?

  • Ushbu masalani yoki muammoni hal etishda siz uchun nimalar eng qiyin kechdi?

  • Ushbu masalani, muammoni echish bilan siz qanday yangi bilimlarga erishdingiz?

  • Hayotda ushbu masala, muammogo o’xshash holatlar bulishi mumkinmi?

  • Siz tavsiya etgan javob ushbu muammo echimining yagona yo’limi?

  • Guruhiy ishlashga qanday munosabat bildirasiz?

  • Mashg’ulotda sizga nimalar yoqadi, nimalar yoqmaydi?

  • Ushbu masala sizning fan bo’yicha bilimlaringizni yanada

orttirishda foydali bo’ladimi?

  • Ota-onalar yoki taqrizchilarga savollar bera olasizmi?

  • «Portfolio»dan sizning birinchi taasurotingiz qanday?

  • O’qituvchi faoliyati bo’yicha savollar:

  • Talabaning «portfolio» materiallarini taqdimot qilishida sizni nimalar hayron qoldirdi, siz kutmagan holatlar bormi?

  • O’z ishingizdan faxrlanish xissi bormi?

  • O’z talabangizga kelajakda yordam berish uchun nimalar qilmoqchisiz?

  • «Portfolio» materiali qanchalik aniq va mantiqan to’g’ri tashkil etilgan?

  • «Talaba» o’z portfoliosini qanchalik mustaqil yaratdi?

  • «Portfolio»ni tuzishda sizdan tez-tez maslahat oldimi?

  • «Portfolio»ni tuzishda o’zi mustaqil qanday materiallar va texnologiyalardan foydalangan?

Talaba portfoliosini ota-onalar va taqrizchi tomonidan baholashda yuqorida keltirilgan savollardan asos sifatida foydalanish mumkin.
Yuqorida ta’kidlanganidek, talaba portfoliosini yaratishning turli xil yo’llari va usullari mavjud. U albatta ta’lim yo’nalishi yoki fanning xususiyatiga xamda portfolioning davomiyligiga (boshlanish va tugash vaqtiga) bog’liq bo’ladi.
Eng muhim va asosiy maqsad, talabani o’zining shaxsiy ishlarini, yutuq va kamchiliklarini o’zi ob’ektiv tahlil qila olishga, imkoniyat va qobiliyatlarini ko’ra olishga, kiyinchiliklarni engish va yanada yuqoriroq yutuqlarga erishish yo’llarini mustaqil aniqlay olishga o’rgatishdan iborat. Bunday xolda talabaning o’quv jarayondagi o’z faoliyatiga mas’uliyati yanada ongli ravishda kechadi. Bu yerda ota-onalar va xolis takrizchilarning faol ishtirok etishlari juda muhim hisoblanadi. Natijada talabaning ma’lum soha bo’yicha ta’lim olishdagi ob’ektiv rivojlanishi o’qituvchiga ham, talabaning o’ziga ham yaqqol namoyon bo’ladi. Talabaning fan bo’yicha bilimini, qobiliyatini, intilishlarini va kelajakdagi rejalarini xolisona va to’g’ri baholash sharoiti yaratiladi. Talabada o’ziga ishonch yuzaga keladi.
IV. «TALABA PORTFOLIOSI» TURLARI
«Talaba portfoliosini» yaratishda uning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin:

  1. Hujjatlar portfoliosi - ta’lim sohasidagi shaxsiy yutuqlar uchun berilgan sertifikatlangan hujjatlar to’plami (sinov daftarchasi, diplomlar, sertifikatlar, guvoxnomalar va b.) Bu ma’lumotlar portfolioni sifat va miqdor jixatdan ob’ektiv baholash imkonini beradi. Materiallar jadval ko’rinishida bosqichlarga bo’linib, ball hisobida baholangan holda beriladi. Hujjatlar yoki ularning nusxalari ilova sifatida keltirilishi mumkin.


Download 1.76 Mb.

Share with your friends:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   116




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page