Portfolioning maqsadi
Psixologik-pedagogik adabiyotlarda ko‘plab kompetentlikga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiya haqidagi materiallar mavjud. Ana shunday kasbiy ta’lim tizimida faol foydalaniladigan texnologiyalardan biri «Portfolio» hisoblanib, uning mazmun-mohiyatini turli mualliflar turlicha izohlashadi, jumladan: talabaning turli sohalardagi mehnatining majmuasi bo‘lib, u nafaqat o‘quv natijalarini, balki unga erishish uchun sarflangan kuch va mehnatni ham ko‘rsatadi; o‘qishning ma’lum oralig‘i davrida talaba erishgan yutuqlar ko‘rgazmasi; talabaning o‘quv natijalarini maqsadga yo‘naltirilgan, tizimli va uzluksiz baholash hamda o‘z-o‘zini baholash shakli. Talabaning topshiriqlarni tanlashda bevosita ishtirokini ta’minlovchi hamda o‘z ishlarini o‘zi tahlil qilish va baholash imkonini beruvchi talaba ishlarining antologiyasi, ya’ni talabada refleksiya qobiliyatini shakllantiruvchi pedagogik texnologiya.
I. Mustaqil ish tayyorlashnig mazmuni va shakllari
Mustaqil ish tayyorlashning mazmuni: talabalar mustaqil ishlari mavzulari kelgusida bajariladigan kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari mavzulari bilan uzviylikda bajariladi. Mustaqil ta’limni tashkil etish jarayonida talabalar mavzuga oid darsliklardan foydalanish tavsiya etiladi. Mavzuni yoritish jarayonida baholash ishi faoliyatiga taaluqli va ularni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni o’rganishga alohida ahamiyat qaratish lozim. Bunda O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlarining asosiy mazmuni talabalarga etkazilishi, ularning mavzuga oid qismlaridan ko’chirmalar tarqatma material sifatida o’rganilishi tavsiya etiladi. Qonun hujjatlarini o’rganishda axborot tizimlaridan foydalanish mumkin. Internet saytlari ma’lumotlaridan samarali foydalanish, O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlar, O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat Statistika qo’mitasi va ularning rasmiy saytlaridan yangi ma’lumotlarni olib foydalanish lozim.
Mustaqil ish tayyorlashni shakli bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
- taqdimot tayyorlash, ilmiy loyiha yozish, tarqatma materiallar (jadval, grafik, chizma, sxemalar) tayyorlash.
Bundan tashqari, fan mazmunini boyitish va uning ma’lumotlarini yangilab borishda axborot resurslaridan foydalanishni yo’lga qo’yish; fanning mazmunini yanada takomillashtirish maqsadida tavsiya etilgan chet el adabiyotlari ma’lumotlarini tarjima qilish va fanni chuqurroq o’rganish; talabalar fanni mukammal o’zlashtirish maqsadida mazkur fanga oid muammolarni hal qilish yo’llarini izlashga doir qisqacha ma’ruza.
Ilmiy loyiha odatda, ilmiy axborot vazifasini o’taydi. Unda muayyan mavzu bilan birgalikda, tegishli ilmiy nazariyalar, xulosalar yoritilishi va tanqid qilinishi mumkin. Ilmiy tadqiqot muassasalari, oliy o’quv yurtlarida ilmiy dokladlar sifatidagi «Ilmiy loyiha»lar keng tarqalgan. Odatda talabalarning seminar mashg’ulotlariga tayyorlab keladigan maxsus axborotlari ham «Ilmiy loyiha» deyiladi. Ilmiy loyiha yozish bilan talaba ilmiy adabiyotlar bilan ishlashni, statistik ma’lumotlar va boshqa materiallarni to’plash, ularni qayta ishlash, ya’ni hisob kitob qilish, tahlil qilish, o’rganilayotgan hodisalarga tanqidiy ko’z bilan qarashni, baholashni, nazariyani amaliyot bilan bog’lashni o’rganadi. Ilmiy loyiha mustaqil yozilib, uni yozish qoidalariga amal qilinsa, darslik bo’yicha savolga tayyorlanib kelib, seminar darslarda so’zga chiqishga qaraganda katta foyda beradi. Talaba «Ilmiy loyiha»da bildirgan o’z fikrini auditoriya oldida himoya qila olishi kerak.
Mustaqil ta’lim “Ilmiy loyiha” tarzida (kompyuterda) tayyorlanadigan bo’lsa, unda titul varag’i, reja, asosiy matn va adabiyotlar ro’yxati ko’rsatiladi. Mustaqil ish bajarishda talaba o’rganiyotgan mavzuning mohiyati va mazmunini faqatgina asosiy matnda nazariy jihatdan yoritmasdan, balki mavzu bo’yicha amaliy ma’lumotlardan sxema, grafik, diagramma, jadvallar ko’rinishida tarqatma materiallar tayyorlashlari va ularni tahlil qilish talablari qo’yilgan. Chunki, har qanday mavzuning nazariy qismi amaliy topshiriqlar bilan to’ldirilganda dars samarasi yanada yuqori bo’ladi.
Shunday qilib, taqdimot tayyorlash, ilmiy loyiha va amaliy materiallar foydalanish bir tomondan, ilmiy ishlarning yakuni sifatida, o’z ustida ishlashlari, izlanishlariga yakun yasasa, ikkinchi tomondan, ularni yanada yangi ishlarga rag’batlantiradi, dunyoqarashini rivojlanishi, o’z faoliyatini aniq maqsadga yo’naltirishga, yanada chuqurroq bilim olish, o’z ustida ishlashga, iqtisodiy fikrlash, ilmiy izlanishga, fikrini mantiqiy izchillikda ham og’zaki, ham yozma ravishda bayon qilishga o’rgatadi.
Mustaqil ishni bajarilishida talaba bu ishga ijodiy yondoshmog’i kerak.
Talabalarni fanini mustaqil o’zlashtirishlari uchun quyidagi talablar qo’yilgan:
- bir mavzuni yoritishda talaba faqatgina ilmiy adabiyotlardan emas, balki ham ilmiy maqolalar, ham axborot vositalari, ham internet tarmoqlaridan birgalikda foydalanishi lozim;
- o’rganilayotgan mavzu bo’yicha rivojlangan davlatlar tajribalari qay darajada ekanligiga e’tibor berilishi lozim;
- Ilmiy loyiha reja asosida va talab darajasida tayyorlangan bo’lib, har bir reja bo’yicha talaba o’z fikr mulohazalarini bayon etishi shart;
- mavzuni yoritishda keltirilgan statistik ma’lumotlar aniq va to’g’riligiga ishonch hosil qilish uchun manbasi ko’rsatilishi shart;
- Ilmiy loyiha tarzda (kompyuterda) yoziladigan bo’lsa (A4 format qog’oz, chap-3 sm, yuqori-2sm, past-2,5 sm, o’ng-1 sm va 14 shriftda, 1 interntervalda yozilishi kerak) 14-15 betdan va taqdimot ko’rinishida 10-15 slayddan iborat bo’lishi kerak, tarqatma materiallar esa 8-10tadan kam bo’lmasligi lozim.
Share with your friends: |