Baholash ishi va investitsiyalar


-Mavzu: O'zbekistonda mulk qiymati bahosi va narxi shakllanishining sharoitlari va xususiyatlari dan amaliy mashg’ulot uchun tarqatma materiallar



Download 1.76 Mb.
Page99/116
Date02.04.2024
Size1.76 Mb.
#63972
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   116
Baholash ishi va investitsiyalar
5-mavzu. Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish reja
11-Mavzu: O'zbekistonda mulk qiymati bahosi va narxi shakllanishining sharoitlari va xususiyatlari dan amaliy mashg’ulot uchun tarqatma materiallar


11.1-tarqatma material


MQBHBini amalga oshirish huquqi berilgan malaka sertifikatiga ega shahslar soni (hududlar va yillar kesimida)



Hududlar



Yillar



2012

2013

2014

2015

2016

Qoraqalpog’iston Respublikasi

37

39

35

35

36

Andijon viloyati

49

55

64

65

68

Buxoro viloyati

44

45

43

45

46

Jizzax viloyati

17

19

20

21

23

Qashqadaryo viloyati

29

32

33

35

37

Navoiy viloyati

18

19

23

25

26

Namangan viloyati

29

38

55

59

60

Samarqand viloyati

49

50

50

52

56

Sirdaryo viloyati

7

7

10

10

10

Surxondaryo viloyati

10

12

13

14

16

Farg’ona viloyati

53

57

52

58

63

Xorazm viloyati

28

31

38

40

41

Toshkent viloyati

44

47

49

51

54

Toshkent shahri

224

246

230

233

242

Jami

638

697

715

743

778



11.2-tarqatma material
MQBHBini amalga oshirish huquqi berilgan malaka sertifikatiga ega shahslar soni (hududlar va yillar kesimida)



Hududlar



Birinchi marta baholovchi malaka sertifikatini olgan shahslar soni



Besh yil faoliyat yuritib, malaka sertifikatini uzaytirgan baholovchilar soni



Jami sertifikat

Bekor qilingan

Amal qilish muddati tugagan

Amaldagi sertifikatlar

Jami sertifikat

Bekor qilingan

Amaldagi sertifikatlar

Qoraqalpog’iston Respublikasi

46

1

9

36

22

-

22

Andijon viloyati

88

13

7

68

26

-

26

Buxoro viloyati

57

3

8

46

26

-

26

Jizzax viloyati

25

-

2

23

10

-

10

Qashqadaryo viloyati

44

1

6

37

13

-

13

Navoiy viloyati

28

-

2

26

9

-

9

Namangan viloyati

63

1

2

60

15

-

15

Samarqand viloyati

73

1

16

56

23

-

23

Sirdaryo viloyati

10

-

-

10

4

-

4

Surxondaryo viloyati

18

2

-

16

6

-

6

Farg’ona viloyati

84

6

15

63

24

-

24

Xorazm viloyati

46

2

3

41

15

-

15

Toshkent viloyati

65

3

8

54

17

-

17

Toshkent shahri

315

26

47

242

116

-

116

Jami

962

59

125

778

326

-

326



MUSTAQIL ISH TAYYORLASHNIG MAZMUNI VA SHAKLLARI


Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni

Mustaqil ta’lim ta’lim talabaning bajaradigan ilmiy izlanishi bo’lib, auditni o’rganishda fanning biror bir mavzusini to’laroq o’zlashtiradi va mavzu belgilangan shaklda bajariladi. Mustaqil ishni bajarishdan maqsad, talabaning o’qishi davomida olgan bilimini mustahkamlash, chuqurlashtirish va umumlashtirishdan iboratdir.


Mustaqil ta’limni tashkil etishning mazmuni: talabalar mustaqil ishlari mavzulari kelgusida bajariladigan kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari mavzulari bilan uzviylikda bajariladi. Mustaqil ta’lim uchun o’quv va ishchi o’quv rejada 54 soat ajratilgan. Ushbu soat talabaning amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rishi, oraliq nazoratlarda, yakuniy nazoratda va boshqa mustaqil shug’ullanishini o’z ichiga oladi.



  1. Referatni tayyorlash va uni rasmiylashtirishga umumiy talablar

Zamonoviy sharoitda iqtisodiy hamda pedagogik sohadagi mutaxassislar keng qamrovli bilimlarga ega bo’lishi, nazariy bilimlarni amaliy vazifalar bilan bog’lay olishi lozim. Bu maqsadga erishish talabadan o’z ustida tinmay ishlashni, nazariy va amaliy bilimlarini doimiy ravishda boyitib borishni talab qiladi.


Referatda talabaning oliy o’quv yurtida o’qish davomida to’plagan nazariy va amaliy bilimlari yuzaga chiqadi, talabaning nazariy bilimlar bilan qurollanish darajasi, uning olgan bilimlari va ko’nikmalarini ilmiy-ishlab chiqarish vazifalarini echishga qay darajada qo’llay olishi namoyon bo’ladi. Referatni bajarish talabadan institutda olgan nazariy va amaliy bilimlardan foydalanishni talab etadi, talabaning o’qish davomida olgan bilimlarini umumlashtirishga, chuqurlashtirishga va mustahkamlashga, ularni amaliyotga qo’llashga imkon beradi.
Referatda aniq bir amaliy vazifani yechish vazifasi qo’yilishi muhimdir. Tadqiqot obyekti sifatida muayyan bir mamlakat yoki xalqaro iqtisodiy tashkilotlar chiqishi lozim. Referatda bir yoki bir-biri bilan bog’langan bir nechta masalalarni ham nazariy va amaliy chuqur tahlil etilishi talabaning muammoni mustaqil anglay bilishga qodirligini ko’rsatadi.
Referat sifati uning tanlangan mavzuning dolzarbligi, talabaning mustaqil ishga ijodiy yondoshish ko’nikmalarini namoyon qila olishi bilan baholanadi.
Referatni bajarish jarayonida talabalar quyidagilarga e’tibor berishi lozim:
- ilmiy adabiyotlar va boshqa manbalar orqali o’rganilayotgan masalaning mohiyatini chuqur anglab yetish;
- aniq bir mamlakat yoki obyekt misolida mavzuni ochib berishga xizmat qiladigan ma’lumotlarni yig’ish va qayta ishlash;
- mavzuning dolzarbligiga yetarlicha e’tibor berish;
- o’rganilayotgan masalani aniq ochib berish, ishda ko’chirmachilikka, keraksiz va ortiqcha ma’lumotlardan foydalanishga yo’l qo’ymaslik;
- qo’yilgan savollarning mantiqan bog’lanishiga e’tibor berish, fikrlarni qisqacha bayon etish orqali ishning hajmi ortib ketishiga yo’l qo’ymaslik;
- masalani aniq dalillar va raqamlar yordamida tahlil etish, o’z o’rnida ishning mazmunidan kelib chiqadigan xulosalar bera olish;
- mavzu ustida maqsadga yo’naltirilgan va tizimga solingan ish olib borish, referatni bajarish muddatlariga qat’iy rioya etish.
Referatda keltirilgan mulohazalar, xulosalar va amalga oshirilgan barcha ishlar va ularning sifati uchun talabalar mas’ul hisoblanadilar.



  1. Referatni bajarishning maqsad va vazifalari

Referat talaba tomonidan mustaqil bajariladigan mustaqil ta’lim yo’nalishlaridan bo’lib, unda talaba o’qish davri mobaynida olgan nazariy bilimlari, amaliy darslarni qanday darajada o’zlashtirganligi darajasini namoyon etadi.


Referat “Mulk, qiymat va narxning nazariy asoslari” fani bo’yicha bu mustaqil ta’lim uchun mo’ljallangan vazifalarni bajarishga qo’yilgan talablarga mos kelishi maqsadga muvofiq.
Referatni bajarishdan ko’zda tutilgan maqsad va vazifalar quyidagilardan iborat:
-talabalarning “Mulk, qiymat va narxning nazariy asoslari” fani bo’yicha olgan nazariy va amaliy bilimlarni umumlashtirish, tizimga keltirish, mustahkamlash va kengaytirish, mulk qiymatini baholash sohasidagi vazifalarini hal etishda qo’llash;
- talabalarda mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish, yechim talab etadigan muammo va masalalarni tadqiq etish usullarini egallashga va tadqiqot o’tkazishga imkon yaratish;
- ijodiy ishlash, masalaning (muammoning) qo’yilish jarayonidan boshlab, uni nihoyasiga yetkazish bo’yicha qaror qabul qilishda bo’lgan mas’uliyatni his etishga o’rgatish;
- zamonaviy talablar asosida talabalarni mustaqil ishlashga tayyorgarligini aniqlash.
Referatni bajarishning muhim vazifalaridan biri – talabaning muayyan bir mulk obyekti misolida muammolarni yoritishi va bu masalalariga tanqidiy baho bera olishidir. Ishni bajarish jarayonida faqatgina obyekt to’g’risidagi iqtisodiy natijalarni qayd etish bilan cheklanmay, ularni muayyan shart-sharoitlar bilan bog’lay olish, mavjud kamchiliklar va muammolarning kelib chiqish sabablarini ochib berish muhimdir.



Download 1.76 Mb.

Share with your friends:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   116




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page