Baholash ishi va investitsiyalar


Referat mavzusini tanlash



Download 1.76 Mb.
Page100/116
Date02.04.2024
Size1.76 Mb.
#63972
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   116
Baholash ishi va investitsiyalar
5-mavzu. Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish reja
3. Referat mavzusini tanlash

Referat muvaffaqiyatini aniqlaydigan muhim va mas’uliyatli vazifalardan biri – o’rganiladigan mavzuni tanlashdir. Mavzularga qo’yiladigan umumiy talab – ularning dolzarbligi va muammolar bilan bog’liqligidir. Ular hozirgi zamon talablari Mulk qiymatini bahoash xizmatlari bozoridagi munosabatlarni rivojlanish tendentsiyalari istiqbollaridan kelib chiqishi zarur.


Referat mavzusi nazariy va amaliy xususiyatga ega bo’lishi va obyekt to’g’risida eng muhim vazifalarini qamrab olishi lozim. Referat mavzusi muammoning zamonaviy holatini va rivojlanishini aks ettirishi kerak.
Mavzuning dolzarbligini asoslashda ushbu masala nima uchun zarurligini, uning hozirgi kundagi ahamiyati hamda mulk qiymatini baholash jarayonlari bilan bog’liq qanday muammolar bunga sabab bo’lganini aniq bayon etib berish lozim.
Referat mavzulari “Mulk, qiymat va narxning nazariy asoslari” fanini o’qituvchi kafedra tomonidan belgilanadi va har o’quv yilida yangilab turilishi tavsiya etiladi.
Talabaga referat mavzusini tanlash huquqi beriladi. Mavzuni tanlash jarayonida dars olib boruvchilar tavsiya etilayotgan mavzular ro’yxatini berish bilan cheklanib qolmay, balki tanlanadigan mavzuni mohiyati va ochib berish imkoniyatlari bilan hamda ma’lumotlar manbalari bilan talabani tanishtirishi maqsadga muvofiq.
Referat mavzusini tanlashda talaba quyidagilarga e’tibor berishi lozim:

  1. Referatni yozish jarayonida mavzuni chuqur o’rganish va iqtisodiy tahlil olib borish imkoniyati mavjudligi.

  2. Talabaning nazariy-amaliy izlanishga qobiliyatliligi.

  3. Referatni bajarish uchun ma’lumotlar, yo’riqnomalar bilan ta’minlanganlik darajasi.



Tavsiya etiladigan referat mavzulari
1 - MUSTAQIL ISH UCHUN (MAKSIMAL 6 BALL)

  1. Mulk va mulkiy huquq tushunchalari, ular bo'yicha nazariy qarash va bilimlar

  2. Fuqarolik huquqlari ob'yektlarining xossalari va ta'minot turlari

  3. Mulkchilik tizimi tushunchasi, uning tarkibi va modellari

  4. Ijtimoiy-iqtisodiy sistemologiyaga asoslangan mulk to'g’risidagi multifan asoslari

  5. Mulkning adolatli qiymati va uni baholash kontseptsiyasi

  6. Mulk bozorining umumiy bozor sifatidagi tushunchasi, nazariy asoslari

  7. Mulk bozorining iqtisodiyotdagi o'rni va unda davlatning faoliyati

  8. Mulk bozori va real iqtisodiyotning regulyativ bog’liqlikdagi faoliyatini ifodalovchi tuzilmaviy model

  9. Mulk bozorida narxlar o'zgarishi tendentsiyalarini tahlil qilish va prognozlashtirishning zarurati, indikatorlari va masalalari

  10. Tahlil qilishda qo'llaniladigan yondashuv va usullar tizimi

  11. Tizimli-metrik tahlil usullarini qo'llanish prinstiplari

  12. Mulkning qiymati, narxi va qimmatliligi kategoriyalari to'g’risida qadimgi dunyo va o'tgan asrlar Yevropasi iqtisodiyot fani namoyondalarining qarashlari

  13. Mulk qimmati, qiymati va narxini baholash bilan bog’liq nazariy konceptsiyalar va yondashuvlar

  14. O'zbekistonda mulk qiymati, narxi, qimmati va ular bahosi kategoriyalariga oid ba'zi terminologik masalalar

  15. Huquqiy va iqtisodiy fantomlarning manbalari

  16. Mulkning fuqarolik huquqlari ob'yektlari sifatida tasniflash va tavsiflash metodologiyasi

  17. Fuqarolik huquqlari obyektlarining hayot sikllari

  18. Fuqarolik huquqlari ob'yektlarining ko'rsatkichlari

  19. Mulkiy huquq obyektlari va ular bilan bog’liq munosabatlarga ta'sir etuvchi omillar

  20. Qimmatli qog’ozlarning hayot sikli

  21. Uy-joyga ta’sir etuvchi maxsus omillar tasnifi

  22. Ko’chmas mulk obyektiga ta’sir etuvchi asosiy imillar tasnifi

  23. Biznes qiymatini baholashda qo’llaniladigan ko’rsatkichlar va unga ta’sir etuvchi omillar tasnifi va tavsifi

  24. Mulk qiymatini baholashning huquqiy mexanizimi

  25. Mulk qiymatini baholashning bosqichlari va ularni amalga oshirishda axboratlar tizimini shakllantirish jihatlari

  26. Narxning alohida turlari

  27. Qiymat, narx, qimmatlilik va ularni baholash asoslari

  28. Mulk bozori narxlari va ularni tahlil qilish asoslari

  29. Mulkchilik tizimi va undagi munosabatlarning turlari

  30. Mulkchilik tizimi va undagi munosabatlarning mazmuni va iqtisodiy ahamiyati




Download 1.76 Mb.

Share with your friends:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   116




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page