72-rasm. 73-rasm.
b)
a)
74-rasm.
Savollar:
1. Qiyalik nimani anglatadi?
2. Qiyalik qanday belgilanadi?
3. Konuslik 1:5 yozuvda nimani tushinish mumkin?
4. Konuslik foizda belgilash mumkinmi?
3.1. Markaziy va parallel proyeksiyalash usullari
Chizma geometriya – proyeksiyalash usuliga asoslangan bo‘lib, fazoviy shakllarni ularning bir-biriga bo‘lgan vaziyatlarini va fazoviy yechimlarini tekislikdagi tasvirlari orqali o‘rganadigan fandir. Chizma geometriya boshqa geometriyalardan o‘zining asosan tekislikda tasvirlash usuli bilan farq qiladi. Chizmalar orqali jismlarning fazodagi shaklini tasavvur qilish va o‘lchamlarini aniqlash mumkin. Turli soha muhandislari, dizaynerlar va arxitektorlar o‘zining ijodiy fikrlarini chizmalar yordamida bayon etadilar.
Chizma geometriya qonunlari asosida faqat bor narsalarni emas, balki tasavvur qilinadigan narsalar bo‘lajak loyihalarni tasvirlash, bu bilan olamshumul yangiliklar yaratish imkonini beradi.
Chizmalarni hosil qilish asosi proyeksiyalash usulida amalga oshiriladi. Proyeksiyalovchi nurlarning biron tekislik bilan kesishgan nuqtasi orqali «proyeksiyalash usuli» vujudga keladi. Nurlarning yo‘nalishiga qarab ikki xil proyeksiyalash ya’ni markaziy va parallel proyeksiyalash hosil bo‘ladi.
Markaziy proyeksiyalash. Fazodagi har qanday jism nuqtalardan tashkil topgan shuning uchun proyeksiyalashni nuqtalarning proyeksiyasidan boshlab o‘rganiladi. Markaziy proyeksiyalash apparati asosan proyeksiyalash tekisligi P va unda yotmagan S nuqtadan iborat.
Agar proyeksiya nurlari bitta S nuqtadan taralsa, markaziy proyeksiyalash deb ataladi (75-rasm). Nur taratuvchi manba (S) dan o‘tuvchi nurlar proyeksiya tekisligi bilan kesishib, fazodagi A, V, C nuqtalarning A1, B1, C1 proyeksiyalarini hosil qiladi. Bunda S nuqta proyeksiya markazi, SA1, SB1, SC1 proyeksiyalovchi nurlar, A1, B1, C1 lar AVC nuqtalarning proyeksiyalari va R esa proyeksiya tekisligi deyiladi.
Share with your friends: |