180-rasm.
179-rasm.
182-rasm.
181-rasm.
183-rasm.
3) nutrometr bilan esa ichki va tashqi o‘lchamlari o‘lchanadi (181-182-rasm);
4) ruletkalar bilan to‘g‘ri chiziqli katta o‘lchamlarni va aylana uzunliklari o‘lchanadi;
5) universal burchak o‘lchagich esa detallarning tashqi, ichki burchaklarini o‘lchash va tekshirish, shuningdek, rejalash uchun ishlatiladi;
6) shtangensirkul. Detallarning tashqi va ichki to‘g‘ri chiziqli o‘lchamlarini, diametrlarini va chuqurliklarini o‘lchash uchun ishlatiladi. Sanoatda shtangensirkullar GOST 165–51 ga muvofiq o‘lchash aniqligi 0, 1, 0,05 va 0,02 mm gacha aniqlikda qilib ishlab chiqariladi. Shtangensirkulning orqa ariqchasida o‘lchaydigan po‘lat cho‘pi bor. Shtanga bilan ramkaning chap tomonida ikkitadan yuqorigi va pastki jag‘lar bilan esa silindrik detallarning tashqi o‘lchamlari o‘lchab olinadi (183-rasm). Bundan tashqari mikrometr bilan detallarning to‘g‘ri chiziqli sirtlari va tashqi diametrlarni 0,01 mm gacha aniqlik bilan o‘lchash mumkin. Mikrometrik nutrometr detallarning ichki o‘lchamlari va teshiklarning diametrlarini o‘lchash va tekshirish uchun ishlatiladi. Mikrometrik glubinometr (chuqurlik o‘lchagich) detallarning ichki qismlaridagi chuqurliklari, teshiklari va boshqa elementlarini o‘lchash uchun ishlatiladi.
184-rasm.
7) Radius o‘lchagich, detalning turli radiusga ega bo‘lgan burchaklarini o‘lchaydi. (184-a, rasm).
8) rezbalarning profilini aniqlash uchun rezbamer ishlatiladi, u bilan dyuymli rezbalar o‘lchanadi(184-b,rasm)
8-BOB. AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN
BIRIKMALAR
Rezbalar. Xalq xo‘jaligida texnikada, umuman xayotda rezbalar juda ko‘p qo‘llaniladi. Oddiy sharikli ruchkalardan tortib murakkab mexanizmlargacha rezbalar muhim ahamiyatga ega. Rezbalar orqali detallar bir biriga biriktiriladi yoki ajratiladi.
Rezba bu silindrik yoki konussimon sirtda vint egri chizig‘i bo‘yicha uyilgan bo‘lib, ma’lum bir profilga, diametrga va qadamga egadir. Rezbalar bajaradigan ishiga qarab siljimaydigan rezba bog‘lovchi, siljishga ishlaydigan rezbani kinematik rezba deyiladi. Rezbaning ko‘ndalang kesimiga qarab turlicha: metrik, truba, trapisa, tirak, kvadrat rezbalardan iborat bo‘lib, eng ko‘p qo‘llaniladigani metrik rezbadir. Metrik rezbani M harfi bilan belgilaydi.
Share with your friends: |