Chizmachilik


- BOB. YIG‘ISh ChIZMALARI



Download 5.17 Mb.
Page60/76
Date27.01.2024
Size5.17 Mb.
#63356
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   76
cxhizmachilik asoslari
Dars-ish-aks-qirqim, Kurs ishi mavzu “Yig\'ish chizmalarida aksonometrik proyeksiyala (1)

9- BOB. YIG‘ISh ChIZMALARI




9.1. Yig‘ish chizmasi va umumiy ko‘rinish chizmasi


Umumiy ko‘rinish chizmasi va texnik loyihaning boshqa hujjatlari ma’lumotlari ish hujjatlarini ishlash uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Umumiy ko‘rinish chizmalari bo‘yicha detallarning ish chizmalari, buyumlarning yig‘ish chizmalari va buyumlarni tayyorlash jarayoni uchun kerakli boshqa hujjatlar tuziladi. Konstruksiyasi murakkab bo‘lmagan buyumlar uchun faqat ish hujjatlari, ya’ni yig‘ish chizmalari bajariladi. Bun­day hollarda detallarning ish chizmalari ham yig‘ish chizmalari bo‘yicha chiziladi, o‘quv jarayonida umumiy ko‘rinish chizma­la­ridan emas, balki yig‘ish chizmalaridan foydalaniladi. Yig‘ish chizmalariga shuningdek gidr-pnevmo, elektro-montaj (butlov) chizmalari ham kiradi. Buyumlarni ta’mirlash uchun qo‘llanila­digan yig‘ish chizmalariga ta’mirlash chizmalari deyi­ladi.


Yig‘ish chizmalarining mazmuni GOST 2.109-73 (ST SEV 858-78 va ST SEV 1182-78) larda belgilangan. Yig‘ish chizmasida quyidagilar bo‘lishi zarur:
- ushbu chizma bo‘yicha yig‘iladigan tarkibiy qismlarning joyla­shishi va o‘zaro bog‘lanishi to‘g‘risida tasavvur beradigan yig‘ma birlik tasviri;
- ekspluatatsion, gabarit, o‘rnatish va biriktirish o‘lchamlari, shuningdek ma’lumot va boshqa o‘lchamlari, parametrlar va shu chizma bo‘yicha bajariladigan talablar;
- detallarning biriktirish harakteri va usuli, shu jumladan ajralmaydigan birikmalar to‘g‘risida ko‘rsatmalar;
- yig‘ma birlik tarkibiga kiruvchi tarkibiy qismlarning chetga chiqarish chiziqlarining tokchalarida joylashgan pozitsiya nomerlari (200-rasm).


9.2. Spetsifikatsiya (yig‘ish chizmasi jadvali)


Yig‘ish chizmasi ishlab chiqilayotganda tekstli hujjat 201-rasmda keltirilgan shakl bo‘yicha spetsifikatsiya tuziladi GOST 2.108-68 (ST SEV 2516-8). Spetsifikatsiya bita yoki bir nechta A4 formatda bajariladi.


Spetsifikatsiya yig‘ish birligi tarkibini aniqlaydi hamda yig‘ish chizmasini o‘qishni osonlashtiradi, shu buyumga konstruktorlik hujjatlarini komplektlash uchun zarur.
Spetsifikatsiyaning birligi qatorda chizma formatining belgisi; ikkinchi qatorda zonaning belgisi: uchinchi qatorda yuqoridan pastga yoziladigan pozitsiyalar nomeri; “Belgisi” qatoriga chizmaning belgisi; keyingi “Nomi” qatoriga buyum tarkibiy qismlarining nomlari; oxiri qatorga zarur bo‘lgan hollarda qo‘shimcha ma’lumotlar yoziladi (201-rasm).



Download 5.17 Mb.

Share with your friends:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   76




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page