Chizmachilik


-rasm. Metall konstruksiyalarining chizmalari



Download 5.17 Mb.
Page73/76
Date27.01.2024
Size5.17 Mb.
#63356
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
cxhizmachilik asoslari
Dars-ish-aks-qirqim, Kurs ishi mavzu “Yig\'ish chizmalarida aksonometrik proyeksiyala (1)
222-rasm.

Metall konstruksiyalarining chizmalari. Qurilishda barcha konstruksiyalar kabi metall konstruksiyalar ham keng qo‘lla­niladi. Metall konstruksiyalar ulardan katta oraliqli binolarni va muhandislik (ko‘prik, yopiq stadion, savdo markazi) inshootlarini yopishda foydalaniladi.
Metall konstruksiyalar asosan po‘lat prokatlardan va po‘lat quvurlardan tayyorlanadi. Prokat po‘lat profili va nomi ko‘n­dalang kesimining formasi bilan aniqlanadi. Keng tarqalgan po‘lat profillari: teng yonli va teng yonlimas burchaklik, tavrli, qo‘shtavrli shveller, Z simon profillardir.
Metall konstruksiya chizmalari KM marka ostidagi alohida chizmalar komplektiga kiradi. KM markali chizmalar komplektiga quyidagi masshtabda chiziladigan chizmalar kiradi:



Binoning sxematik rejalari va qirqimlari

1:400, 1:800

Konstruksiyalar joylashishining markalash sxemasi

1:200, 1:400



Ko‘ndalang qirqimlar va ko‘rinishlar

1:20, 1:50

Tugunlar

1:10, 1:20

16-jadvalda payvand choklarning GOST 11692-81 ga ko‘ra shartli grafikaviy belgilari berilgan. Chok belgilari chiqa­rish yozuvlari bilan birga beriladi, bunda yozuvlar ko‘rinadigan choklarda tokcha ustiga, ko‘rinmas choklarda tokcha ostida va ikki tamonli choklarda tokchaning ikkala tomoniga yoziladi.


Tugun chizmalari konstruksiya elementlarining yaxlit birikmasini, to‘sin va fermalarning montaj birikmalarini, to‘sin va o‘zaro birikmasini, kranosti to‘sinlarni ustunlarga tayanishini va shunga o‘xshashlarni ko‘rsatish lozim bo‘lgan hollarda chiziladi (223-rasm). Chordoq to‘sini fermasining bir tuguni chizmasi keltirilgan. Fermaaning bu tuguni metall prokatlardan tayyorlangan bo‘lib, asosan payvand choklari bilan biriktirilgan. Tugunlar chizmasida faqat konstruksiyalarning alohida elementlarini chizmasida bo‘lmagan o‘lchamlar ma’lumotlargina ko‘rsatiladi. Tugunning berilgan proyeksiyalaridan foydalanib, uning aksonometrik proyeksiyasi ham bajariladi. Aksonometrik proyeksiyasida payvand choklari ko‘rsatiladi.
16-jadval. Metal konstruksiyalarda elektr payvandli birikma choklarining shartli grafikaviy belgilari

Nomi

Belgisi

zavodda

montajda

Uchma-uch payvand birikma





Uchma-uch payvand birikma ko‘rinmas tomondan ko‘rinishi





Brchakli tavr yoki ustma-ust payvand birikma





Ko‘rinmas tomondan ko‘rinishi









Download 5.17 Mb.

Share with your friends:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page