223-rasm.
Temir – beton konstruksiyalarining chizmalari. Temir-beton konstruksiyalar qurilishda eng ko‘p ishlatiladigan turidir. Bu konstruksiya beton va po‘lat chiviqsinchning quyma birikmasi bo‘lib, konstruksiyada bir butunday ishlaydi. Temir-beton konstruksiyalar markasi (KJ) bilan yuritiladi. Beton odatda siquvchi kuchlarni, chiviqsinch esa chuzuvchi kuchlarni o‘z ichiga oladi. Temir-beton konstruksiya mustahkamlik va uzoqqa chidamlilik xususiyati bilan boshqa konstruksiyalardan ajralib turadi.
Tayyorlash turiga qarab temir-beton konstruksiyalar qo‘yma va yig‘ma turlarga bo‘linadi.
Yaxlit quyma temir-beton konstruksiyalar qurilish maydonida yasaladi. Yig‘ma temir-beton konstruksiyalar esa, zavodda tayyorlanadi va qurilish maydonlarida elektr payvand choklar bilan biriktiriladi. Quyida temir beton buyumlarining ayrim markalari keltirilgan.
To‘sinlar B
|
Peshanadonlar PR
|
Kranosti to‘sini BK
|
Orayopma va yopmalar P
|
Chordoq to‘sinlar BS
|
Zina maydonchalari. LP
|
Poydevor to‘sin BF
|
Tik bog‘lamlar VS
|
Eshiklar D
|
Sinchlar. SK
|
Ustunlar K
|
Stropil fermalari FS
|
Derazalar OK
|
Poydevorlar F
|
Zina marshlari ML
|
Jihozlar ostidagi
|
Pardevor panellari PG
|
poydevorlar FO
|
Devorlar panellari PS
|
Poydevor bloklar FB
|
Har bir konstruktiv element loyihada o‘z raqamiga ega, masalan, ustunlar K1, to‘sinlar B1, B2 va hokazo. Markalar chetka chiqarish chiziqlarning tokchalariga qo‘yiladi. Agar bir nechta konstruktiv elementlar bir xil bo‘lsa, u holda ularga bir xil tartibda raqam beriladi. Bu holda marka chetga chiqarish chiziqlarini birlashtiriuvchi umumiy chiziq ustiga qo‘yiladi.
Qo‘yma temir-beton konstruksiyalar markasiga yozma “m” harfi qo‘yiladi, Fm6 - yaxlit temir-beton poydevorlari. Agar bir xil tipdagi konstruktiv elementlarga ayrim o‘zgartirishlar kiritilsa (teshiklarning joylashishi, ustqo‘yma detallari va shunga o‘xshashlar), u holda tartib raqam yozma harf qo‘yiladi, masalan, K2a, BK4b.
Share with your friends: |