Qurilish chizmalarining masshtablari. Qurilish chizmalarining masshtablari GOST 2. 302–81 ga muvofiq tanlanadi.
Rejalar, fasadlar va qirqimlar
1:50, 1:100, 1:200
Bino bo‘laklari
1:50, 1:100
Buyumlar va tugunlar
1:5, 1:10, 1:20
Agar chizma qog‘oz barcha tasvirlar bir xil bitta masshtabda chizilgan bo‘lsa, masshtab asosiy yozuvga ya’ni burchak shtampiga yoziladi. Agar tasvirlar turli masshtablarda chizilsa, u holda har bir tasvir tepasiga tegishli masshtab ko‘rsatiladi.
Reja o‘qlari va chizmalarga o‘lchamlar qo‘yish. Binolar rejada o‘q chiziqlar bilan bir necha bo‘laklarga bo‘linadi. Asosiy yuk ko‘taradigan konstruksiyalar (devor va ustunlar) ning joylashishini aniqlaydigan bu o‘qlar, bo‘ylama va ko‘ndalang reja o‘qlar deyiladi. Bino rejasi ko‘ndalang reja o‘qlar orasidagi masofa qadam deb, bo‘ylama reja o‘qlar orasidagi masofa esa, oraliq deb ataladi (207-rasm). Reja o‘qlari shtrix-punktir chiziq bilan chiziladi va markasi diametri 8 mm doiracha ichiga yoziladi. Reja o‘qlari ko‘p bo‘lgan tomoni raqamlar ( 1, 2, 3, ... ) bilan, kam bo‘lgan tamoni ya’ni bo‘ylama reja o‘qlar bosh harflari ( A, B, V, G, D, ... ) bilan belgilanadi.
O‘lchamlar quyish, rejada binoning hamma xonalarini katta kichiklik konstruktiv elementlari, o‘lchamlari to‘g‘risida fikr yuritish imkonini beradi. Qurilish chizmalarida o‘lchamlar GOST 2.307-81 ga muvofiq qo‘yiladi. Qurilish chizmachiligidagi o‘lchamlar, mashinasozlik chizmachiligidagi kabi millimetrda va metrda ham ko‘rsatish mumkin, bunda o‘lchov birliklari qo‘shib yoziladi yoki texnikaviy talablarda ko‘rsatiladi.
Bino fasadi yoki qirqimda balandlik belgilari ishlatiladi. Binolar uchun nolinchi belgi sifatida odatda, birinchi qavat polining satxi olinadi. Zarur hollarda belgilar tushuntirish yozuvlari bilan beriladi.
Belgilar nolinchi deb olingan sathdan balandlik o‘lchamlari ishorasiz, pastlik esa (-) ishora, uchta o‘nlik belgi bilan ko‘rsatiladi. Sath belgisi chiqarish chizig‘ining ustiga yoki pastiga qo‘yiladi (208-a,rasm). Balandlik belgilarining o‘lchamlari metr hisobida olinadi.