Chizmachilik



Download 5.17 Mb.
Page64/76
Date27.01.2024
Size5.17 Mb.
#63356
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   76
cxhizmachilik asoslari
Dars-ish-aks-qirqim, Kurs ishi mavzu “Yig\'ish chizmalarida aksonometrik proyeksiyala (1)
9-jadval. Elektr sxemalardagi shartli belgilar

Doimin tok




Akkumulyator




O‘zgaruvchan tok




Termorostlagich




Vыklyuchatel




Batarey




Ajraluvchan kontaktorlar




Induktiv g’altak




Kontaktor



Qizdiruvchi element




Yoritish lampochkasi




Qizdiruvchi biometall element




Rezistor




Transformator




Eruvchan saqlagnch




Kontaktor g‘altagi




Ampermetr




Kondensator




Voltmetr




Elektromagnit g‘altagi




Vattmetr









205-rasm.


Savollar:
1. Sxemalar qanday tasvirlanadi?
2. Sxema ish chizmadan nimasi bilan farq qiladi?
3. Prinsipial sxemalar qanday maqsad uchun belgilanadi?
4. Prinsipial sixemalar mantaj sxemalaridan qanday farq qiladi?
5. Elektr sxemalarida nimalar tasvirlanadi?
6. Sxemalardan qanday xollarda foydalaniladi?


III-QISM. QURILISh ChIZMAChILIGI


11-BOB. QURILISh ChIZMAChILIGI




11.1. Qurilish chizmachiligi haqida umumiy
tushincha


Qurilish chizmachiligi deb, turar joy, jamoat va sanoat binolari, muhandislik inshootlari va hokazo qurilmalarning elementlari tasvir­langan chizmalarga aytiladi. Industrial buyumlar va qurilish konst­ruk­siyalarining chizmalari, mashinasozlik chizmalari bilan ko‘pgina umumiylikka ega. Lekin qurilish inshootlarining masshtabida va turlarida katta farq bo‘lganligi uchun qurilish chizmalarini taxt qilish, ularda qo‘llanadigan shartli tasvirlar va belgilar o‘ziga xos xususiyat­ga ega. Bu xususiyatlar qurilish chizmachiligini mazmuni va ularning turlarini mashinasozlik chizmachiligidan farq qilishga olib keladi.


Turli qurilish inshootlari ularning vazifasiga ko‘ra quyidagi 4 ta asosiy guruhga bo‘linadi:
a) turar joy va jamoat binolari – bularga turar joy binolari, yotoq­xonalar, klublar, kasalxonalar, maktablar, turli ma’muriy binolar va boshqa shunga o‘xshash joylar kiradi;
b) sanoat binolari – fabrika, zavod binolari, elektrostansiyalar, bug‘xona va har xil korxonalar;
v) qishloq xo‘jalik binolari – mol va paranda boqiladigan ferma­lar, qishloq xo‘jalik mashinalarini remont qilish va saqlash binolari, omborxonalar va mahsulotlar saqlanadigan binolar;
g) muhandislik inshoatlari – ko‘priklar, tonnellar, yo‘l estaka­da­lari, to‘g‘onlar, turli gidrotexnika va yer inshoatlari, domna o‘choq­lar, rezervuarlar va boshqa qurilmalar kiradi.


11.2. Qurilish chizmachiligida ko‘rinishlar va
shartli grafikaviy belgilari


Qurilish chizmachiligida turar joy binolarining reja­larida va qirqimida deraza, eshik o‘rinlari, sanitariya-texnikasi jihozlari, vanna, unitaz, yuvingich, dush kabinalari, dudburon, va ventilyatsiya tarmoqlari va shunga o‘xshashlar soddalashtirilib shartli belgilar bilan ko‘rsatiladi.


10-jadvalda deraza va eshiklarning belgilari keltirilgan. Bunda eshik yoki deraza tavaqalari soni, devor tekisliklarini ifodalovchi ikki chiziq orasidan o‘tkazilgan ingichka chiziqlar bilan ko‘rsatiladi.

Download 5.17 Mb.

Share with your friends:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   76




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page