III. Sog‘lom muhitni shakllantirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki
16.
|
Ta’lim va tibbiyot muassasalarida sog‘lom turmush tarzini olib borish uchun shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan:
mazkur muassasalarning hududlarida tarkibida yog‘lar, tuz va qand miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlarni reklama qilish, tayyorlash va sotishga yo‘l qo‘ymaslik;
ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlariga o‘quvchilarning sog‘lom �urmush tarzini olib borish va jismoniy faolligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni joriy qilish;
sog‘lom ovqatlanish me’yorlarini ishlab chiqish va ta’lim muassasalari amaliyotiga joriy qilish;
shu jumladan turli yosh guruhlari foydalanishi mumkin bo‘lgan sport seksiyalarining qamrovini kengaytirish, davlat-xususiy sherikligi asosida;
o‘quvchilarni xavfsiz va faol harakatlanishi (piyodalar va velosiped haydovchilari uchun yo‘lkalar) uchun shart-sharoit yaratish;
o‘quv mashg‘ulotlari boshlangunga qadar va o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida besh daqiqalik gimnastika mashg‘ulotlarini tashkil qilish;
o‘quvchilar orasida muntazam o‘tkaziluvchi sport musobaqalarini tashkil qilish;
ta’lim muassasalarida tamaki va alkogol mahsulotlarining iste’mol qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan nazoratni ta’minlash.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi
|
2019 — 2022-yillar
|
Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (K. Rafikov), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
17.
|
Yo‘l harakati xavfsizligi hamda piyodalar, velosiped haydovchilari, g‘ildirak yordamida harakatlanishning boshqa usullaridan (shu jumladan, g‘ildirakli o‘rindiq, konki, rolikli konki) foydalanuvchilar va jamoat transporti yo‘lovchilarining shaxsiy xavfsizligini ta’minlash.
|
Chora-tadbirlar kompleksi
|
Tasdiqlash — 2019-yil
1-mart
Amalga oshirish — 2019 — 2022-yillar
|
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),
Avtomobil transporti agentligi (D. Dexkanov)
|
18.
|
Qishloqlar, posyolkalar va ovullar hamda shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarida sog‘lom turmush tarzini olib borishga ko‘maklashuvchi shart-sharoitlarni yaratish, shu jumladan:
har bir mahallalarda aholini sog‘lom turmush tarzi yuritishiga keng targ‘ib qiluvchi “Salomatlik maktabi”ni tashkil qilish, vazifalarini belgilash va faoliyatini ta’minlash;
tarkibida yog‘lar, tuz, qand miqdori yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash va sotishni cheklash;
umumiy ovqatlanish korxonalarining menyulariga sabzavotlar, mevalar va boshqa foydali oziq-ovqat mahsulotlarining kiritilishini rag‘batlantirish;
harakatlanishning xavfsiz va faol usullari uchun infrastrukturani rivojlantirish, shu jumladan piyodalar va velosiped haydovchilari uchun yo‘lkalar qurish va (yoki) qayta qurish;
jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun hududlar va inshootlarni, shu jumladan davlat-xususiy sherikligi asosida qurish va rekonstruksiya qurish;
parklar hududlarida bepul sport maydonchalarini qurish va kengaytirish ;
xavfsiz bolalar maydonchalari qurilishini tashkil qilish;
tegishli hududlarda alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish va iste’mol qilish qoidalari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;
tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish uchun ajratilgan maxsus belgilangan joylar va (yoki) xonalardan tashqari, jamoat joylarida hamda jamoat transportining barcha turlarida alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risidagi ogohlantiruvchi belgilarni joylashtirishni tashkil qilish;
uyushmagan aholining turli yosh guruhlari uchun “E’zozli ayollar” ijtimoiy harakati negizida faol turmush tarzini olib borish bo‘yicha klublar tashkil qilish.
|
Tashkiliy
chora-tadbirlar kompleksi
|
2019 — 2022-yillar
|
“Mahalla” jamg‘armasi (Sh. Javlonov),
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Davlat soliq qo‘mitasi (B. Musayev)
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),
Qurilish vazirligi (A. To‘xt�ev),
“O‘zbekoziqovqatxolding” XK (T. Jalilov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
19.
|
Ish joylarida sog‘lom turmush tarzini olib borishga ko‘maklashuvchi shart-sharoitlarni yaratish, shu jumladan:
piyodalar uchun yo‘lkalar qurish va jismoniy faollikni rag‘batlantiruvchi ko‘rsatkichlarni o‘rnatish;
ish beruvchilar tomonidan xodimlarning ish vaqti davomida ishchilar ishlab chiqarish gimnastikasi komplekslarini bajarishlari uchun maxsus tanaffuslar belgilanishi;
ish beruvchilar tomonidan ishchilarning ishlab chiqarish gimnastikasi komplekslarini bajarishlari uchun sport inventarlari bilan jihozlangan xonalar ajratilishi;
xodimlar bo‘sh vaqtlarini tashkil qilishdagi kasaba uyushmalarining rolini oshirish orqali korporativ sportni rivojlantirishni rag‘batlantirish;
ish joylarida alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish va iste’mol qilish qoidalarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan samarali nazoratni ta’minlash;
ish joylarini attestatsiyadan o‘tkazilishini ta’minlash.
|
Tashkiliy
chora-tadbirlar kompleksi
|
2019 — 2022-yillar
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev),
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (K. Rafikov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)
|
20.
|
Loyiha tashkilotlari jamoat obyektlarini (maktab, tibbiyot, sport va ko‘ngilochar muassasalar, turar joylar, ko‘p kvartirali uylar va boshqalar) loyihalashtirishda ushbu obyektlardan foydalanayotgan shaxslarning jismoniy faolligini qo‘llab-quvvatlash uchun imkoniyatlar yaratishni nazarda tutishlari shart bo‘lgan tartibni o‘rnatish.
|
Idoraviy normativ hujjatlar
|
2019-yil
1-iyun
|
Qurilish vazirligi (A. Tuxtayev),
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov)
|
21.
|
Sport obyektlarining tumanlar (shaharlar) bo‘yicha zonalarga bo‘lib hamda ish faoliyatining tavsiflari, mashg‘ulotlarning narxi, ish vaqti va boshqa ma’lumotlarni keltirib o‘tgan holda yagona ma’lumotlar bazasini yaratish va Internet tarmog‘iga joylashtirish
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2019-yil
1-iyun
|
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
|