T/r
|
Chora-tadbirlar nomi
|
Amalga oshirish mexanizmlari
|
Ijro muddatlari
|
Mas’ul ijrochilar
|
I. Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash
va jismoniy faolligi darajasini oshirish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish
|
1.
|
Quyidagilarni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasining “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:
tamaki mahsulotini iste’mol qilish uchun maxsus ajratilgan joylar va xonalarga talablar o‘rnatish;
savdo obyektlari va umumiy ovqatlanish korxonalarida tamaki mahsulotlarini qo‘yish va namoyish qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik;
alkogol mahsuloti idishining yorlig‘ida hamda tamaki mahsulotining qutisida (qadog‘ida) tibbiy ogohlantirishlarni joylashtirish uchun asosiy maydon o‘lchamini kengaytirish;
alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boruvchi organlarni hamda shunday nazoratni olib borishning mexanizmlarini aniqlashtirish.
|
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
|
2019-yil
1-dekabr
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Davlat soliq qo‘mitasi (B. Musayev), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov),
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),
“O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Bosh prokuratura (A. Mavlonov), manfaatdor vazirlik va idoralar
|
2.
|
Quyidagilarni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish:
a) quyidagilar alkogol va tamaki mahsulotlarini jamoat joylarida va transportning belgilanmagan joylarida iste’mol qilganlik;
etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish;
b) jamoat joylarida va transportning belgilanmagan joylarida alkogol va tamaki mahsulotlari iste’molini cheklash bo‘yicha vakolatli shaxslar tomonidan (korxona, tashkilot, muassasalarning ma’muriyatlari, shu jumladan jamoat joylarida joylashgan inshoot, bino (imorat), boshqa obyektlar hamda transport vositalarining egalari) choralar ko‘rilmagani uchun javobgarlikni belgilash.
|
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
|
2019-yil
1-dekabr
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Davlat soliq qo‘mitasi (B. Musayev),
Bosh prokuratura (A. Mavlonov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
3.
|
Tamaki mahsuloti qutisida (qadog‘ida) matnli yozuv va rasm tarzidagi tibbiy ogohlantirishlarni joylashtirish talablarini belgilash.
|
Normativ-huquqiy hujjat
|
2019-yil
1-dekabr
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
“O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
4.
|
Oziq-ovqat mahsulotlarini tarkibida yog‘lar, tuz va qand miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlar toifasiga kiritish mezonlari va tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.
|
Normativ-huquqiy hujjat
|
2020-yil
1-iyun
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
“O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov),
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov),
“O‘zbekoziqovqatxolding” XK (T. Jalilov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
5.
|
Ommaviy iste’mol qilinadigan mahsulotlardagi kaloriya darajasini kamaytirish va ular tarkibidagi yog‘lar, tuz va qand miqdorining maqsadli darajalarini o‘rnatish, shuningdek, ularning standartlari va retsepturalarini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek porsiyalarning tavsiya qilinuvchi miqdorlarini belgilash maqsadida ularning standartlari va retsepturalarini qayta ko‘rib chiqish.
|
Tashkiliy
chora-tadbirlar
|
2019-yil
1-may
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
“O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov),
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov),
“O‘zbekoziqovqatxolding” XK (T. Jalilov)
|
6.
|
Zararli mehnat sharoitlariga ega sanoat korxonalari uchun profilaktik ovqatlanish standartlarini qayta ko‘rib chiqish.
|
Sanitariya qoidalari va me’yorlari
|
2020-yil
1-iyun
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev),O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (K. Rafikov)
|
7.
|
Tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda ular ta’mining jozibadorligini orttiruvchi ingrediyentlardan (xushbo‘y hid beruvchi moddalardan) foydalanish tartibini belgilash.
|
Normativ hujjat
|
2019-yil
1-aprel
|
“O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov)
|
8.
|
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tamakiga qarshi kurashish bo‘yicha doiraviy konvensiyasining Tamaki mahsulotlari noqonuniy savdosini tugatish to‘g‘risidagi protokoli ratifikatsiya qilinishi bo‘yicha ijtimoiy-moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish va uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini tahlil qilish.
O‘rganish natijalari bo‘yicha Protokolni ratifikatsiya qilish zarurati bo‘yicha takliflar kiritish.
|
Tahliliy ma’lumotnoma
|
2019-yil
1-sentabr
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov),
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),
Davlat bojxona qo‘mitasi (M. Azimov),
Davlat soliq qo‘mitasi (B. Musayev)
|
9.
|
Respublikaga mikronutriyentlar bilan boyitilmagan birinchi nav bug‘doy unini olib kirishni (import qilishni) cheklash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
|
Tahliliy ma’lumotnoma
|
2019-yil
1-iyun
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Davlat bojxona qo‘mitasi (M. Azimov),
“O‘zdonmahsulot” AJ (F. Pulatov),
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
10.
|
Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi, uning hududiy bo‘limlari, tuman (shahar) bo‘linmalarining faoliyatini tashkil qilish, shu jumladan:
nizomlarni tasdiqlash hamda ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
ularni zarur o‘quv va laboratoriya uskunalari, mebel va kompyuter texnikasi bilan jihozlash;
ularni yuklangan vazifalarni lozim darajada bajara oladigan yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish;
ularning faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish va joriy qilish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2019-yil
1-fevral
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov)
|
|