Fikr almashinuvini o‘tkazish, tiglovchilarni baholash.
O‘quv sikli orqali mavzu mustahkamlanadi.
5 Daqiqa
O‘quv mashg‘ulotining borishi
I. Tashkiliy qism (2 daqiqa). Dars salomlashish bilan boshlandi.
Tiglovchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
Tiglovchilar guruhlarga bo‘linib, guruh nomlari yozildi va taoriflandi.
Baholash mezonlari bilan tanishtirildi. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Barakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
B aholash mezonlari. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Harakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi. IX.Yangi mavzu bayoni Makedoniyalik Aleksandrning O‘rta Osiyoga yurishi. Miloddan avvalgi IV asr o‘rtalarida Yevropada
Makedoniya davlati tashkil topdi.Uning podshosi Filip II bosqinchilik urushlari olib borish uchun katta lashkar to’plagan. Biroq u to‘satdan vafot etadi. Taxtni esa 20 yashar o’g’li Aleksandr egallaydi. (mil. av. 356-323- yillar).U juda ko‘p mamlakatlami bosib oladi. Boshqa bosqinchilar qatori Aleksandrni ham Vatanimizning bitmas-tuganmas boyliklari о'ziga rom etgan edi. Shuning uehun ham u Vatanimizni bosib olishga intila boshlagan. Miloddan avvalgi 329- yilda dastlab Baqtriyani bosib Filipp II olgan. So‘ng Sug'diyonaga qarshi yurish boshlagan va Marokanda (hozirgi Samarqand) shahrini egallab, uni ayovsiz talon-taroj qildirgan. AleksandrMarokandani o'zining qarorgohiga aylantirib, Sirdaryo tomon yurishni davom ettiradi.
Spitamen qahramonligi.Bosqinchilar yurtimizni hech qachon osongina bosib ololmaganlar. Turonning mard o'g'lonlari bu safar ham Vatan ozodligi yo'lida mardlarcha kurashganlar. Bu ozodlik harakati uch yil davom etgan.
Unga sug'diyonalik mohir lashkarboshi Spitamen rahbarlik qilgan.
Spitamen boshehiligidagi qo'zg'olonchilar dastlab Marokanda shahrida qoldirilgan Aleksandr lashkarlarini tor-mor etib shaharni egallaganlar. Buni eshitgan Aleksandr Spitamen qo'zg'olonini bos tin sh uchun to'rt minggayaqin lashkar yuborgan. Biroq Spitamen ularni ham tor-mor keltiradi.
Endi Aleksandrning o'zi katta qo'shin bilan kelib,
Marokandani qattiq iskanjaga oladi. Og'ir janglarning birida Aleksandr hatto yarador ham bo'ladi. Shunday bo'lsa-da, yaxshi harbiy ta’lim olgan Aleksandr lashka- rining qo'li baland keladi.
Spitamen chekinishga majbur bo'ladi. Bosqinchilik urushi davomida Aleksandr yurtimizni bo'ysundirish oson emasligini tushunib yetgan.
U dastlab Spitamenga agar qo'zg'olonni to'xtatsa unga Sug 'diyona hokimligini in’om etmoqchi ekanligi haqidagi xabarni yuboradi. Biroq Spitamen Vatanini sotishdan ko‘ra o‘limni afzal ko‘rib rad javobini beradi. Endi, Aleksandr hiyla-nayrang yo‘liga o‘tadi: «Spitamen yo‘q qilinishi kerak! - deb, o‘ylardi Aleksandr. - Iloji boricha tezroq! Butun Osiyoni oyoqqa turg‘azmasidan burun yo‘q qilinishi kerak. Ammo qanday qilib? Axir bu «quturgan Qoplon»ni minglab lashkarlar izma-iz quvlayotgan bo‘lsa~da, hech qanday kuch uni mahv etolmayapti-ku. Kuch bas kelmadimi, demak, makr bas keladi! Nahotki «quturgan Qoplon»ning lashkari orasida birorta «chiyabo‘ri» topilmasa?!»
Yurtdoshlari Spitamenni Qoplon deb atashardi. Unga bunday nom berilishiga uning qoplon terisini ustiga yopib yurishigina emas, balki qoplondek dovyurak va chaqqonligi ham sababbo‘lgan.
Shu tariqa Aleksandr Vatan xoinlaridan foydalanishga qaror qilgan va bunga erishgan.
Bu voqea miloddan avvalgi 328-yildayuz berdi. Aleksandr Spitamenni shu yo‘l bilan yengdi. Sug‘diyonaHklar Spitamenni katta izzat-ikrombilan dafnetganlar. Spitamen halok bo‘lsa~da, bosqinchilarga qarshi xalq kurashi yana bir yil davom etdi. Ozodlik qo‘zg‘oloni yengilgan bo‘lsa~da, u ulug‘ ajdodlarimizning mardligini, jasoratini namoyon etdi.
Aleksandr yurtimizni o‘ziga tobe qilishga erishdi. Biroq bu unga juda qimmatga tushdi. Eronday qudratli davlatni uch oy ichida bo‘ysundirgan makedoniyalik Aleksandr 0‘rta Osiyoni bo‘ysundirishgauchyil sarfladi.
Aleksandr yangi urushlarga tayyorgarlik ko‘rish paytida bezgak kasaliga chalinib, 33 yoshida vafot etdi.
Aleksandrning vafotidan so‘ng u asos solgan davlat ham parchalanib ketdi. Yurtimiz tuprog‘ini oyoq osti qilganlar ham, xoinlar ham birin-ketin olamdan o’tishdi.
V.Baholash: Darsda faol o`quvchilar baholanadi?
IV Yangi mavzuni Mustahkamlash. Makedoniya davlati qachon va him tomonidan barpo etildi?
Makedoniyalik Aleksandr Vatanimizni bosib olishdan qanday maqsadni ko'zlagan edi?
3 Spitamen boshchiligida Vatanimiz ozodligi uchun olib borilgan qo‘zg‘olon haqida nimalarni bilib oldingiz? 4 Aleksandr Spitamenni qanday yo‘l bilan mag'lub etgan edi? .