Fikr almashinuvini o‘tkazish, tiglovchilarni baholash.
O‘quv sikli orqali mavzu mustahkamlanadi.
5 daqiqa
O‘quv mashg‘ulotining borishi
I. Tashkiliy qism (2 daqiqa). Dars salomlashish bilan boshlandi.
Tiglovchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
Tiglovchilar guruhlarga bo‘linib, guruh nomlari yozildi va taoriflandi.
Baholash mezonlari bilan tanishtirildi. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Barakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
Baholash mezonlari. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Harakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
Jarayonning borishi: Mavzu: Dashti Qipchoqda siyosiy vaziyat Muhammad Shayboniyxon
balarida
XI asrdan boshlab arab va fors manbalarida «Dashti Qipchoq» deb ataluvchi geografik hudud tilga olinadi. Bu atama Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning g’arbiy yonbag’irlaridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar cho’zilgan hududga nisbatan ishlatilgan. Ural (Yoyiq) daryosi Dashti Qipchoqni sharqiy va g arbiy qismlarga ajratib turgan.
Yodda tuting. Bu hududlar rus manbalarida «Poloveslar yeri» nomi bilan yuritilgan. Chunki ruslar Dashti Qipchoq aholisim poloveslar deb atashgan. Vizantiya manbalarida esa ular kumanlar, sharq manbalarida esa qipchoqlar nomlari bilan qayd etilgan.