Fan Tarixdan hikoyalar I. Mavzu



Download 4.89 Mb.
Page56/156
Date11.01.2023
Size4.89 Mb.
#60342
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   156
5 синф тарих
DARSNING BOSQICHLARI

T.r.

Bosqichlar

Mazmuni

Uslublar

Vaqti

I.

Tashkiliy
Ishlar

Salomlashuv.
Tiglovchilarni darsga qatnashishlarini aniqlash

og‘zaki
muloqot

3
Daqiqa




II.

Dars
mazmunini tushuntirish

Turli ma’lumotlardan tarkib topgan taqdimot vositasida yangi
mavzuni tushuntirish.

tasviriy vositalarni qo‘llash, O‘quv taqdimoti.

25 daqiqa




III.

O‘rganilgan mavzuni musta’kamlash

Mavzu bo‘yicha tiglovchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash va ularni yanada rivojlantirish.

Amaliy mashg‘ulotlar orqali mavzu mustahkamlanadi

12
Daqiqa

IV.

Dars
yakunlarini chiqarish

Fikr almashinuvini o‘tkazish, tiglovchilarni baholash.

O‘quv sikli orqali mavzu mustahkamlanadi.

5
Daqiqa

O‘quv mashg‘ulotining borishi


I. Tashkiliy qism (2 daqiqa).
Dars salomlashish bilan boshlandi.
Tiglovchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
Tiglovchilar guruhlarga bo‘linib, guruh nomlari yozildi va taoriflandi.
Baholash mezonlari bilan tanishtirildi. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Barakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
B aholash mezonlari. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Harakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.
IX.Yangi mavzu bayoni
Mo’g’ullarga qarshi mardonavor kurash. 1206-yilda Mo‘g‘ulistonda «Yakka mo‘g‘ul ulusi» deb atalgan davlat tashkil etildi. Bu davlatni o‘z davrining mashhur sarkardasi Temuehin tashkil etgan edi. Davlat hukmdori Temuchin -Chingizxon unvoni bilan atala boshlangan.Chingizxon o‘z davri uchun qudratli lashkar tuza olgan. Endi, u dunyo hukmdori bo'lishga intilgan. Qisqa vaqt iehida juda katta hududlarni bosib olib o'z davlatini ulkan davlatga aylantirgan. Nihoyat, uning davlati chegaralari yana bir ulkan davlat— Xorazmshohlar davlati ehegaralarigaeha yetib kelgan. Bu davrdaXorazm- shohlar davlatining hukmdori Alouddin Mu­hammad edi. Chingizxonning maqsadi - Xorazm­shohlar davlatini qulatish va Osiyoda tanho hukmdor bo'lib olish edi.
1219-yilda Chingizxon Xorazmshohlar davlatiga qarshi harbiy harakatlarni boshlab yuborgan. Xorazmshoh sulton Alouddin Mu­hammad mamlakat mudofaasini tashkil etishda xatoga yo‘l qo‘yadi. Xorazmshohlarning har bir qal’asi dushmangaqarshi mardonavor ku- rashadi.
Ammo qudratli Chingizxon Movarounnahr shaharlarini birin-ketin vayronaga aylantira borgan. Tez orada mamlakat poytaxti Urganch shahriga hujum boshlagan. Urganehliklar zamo nasining buyuk allomasi Najmiddin Kubro boshchiligida dushmanga qattiq qarshilik ko‘rsatganlar.
Najmiddin Kubro mudofachilarga qarata: «Yо Vatan, yo sharafli o‘lim», - deb murojaat qilgan.
Shaharda ko‘chajanglari yetti oy davom etgan. Oxiri, qo‘lida qurol ushlashga holi qolmagan shahar mudofaachilari iloj sizlikdan taslim bo‘lganlar. Urganch mudofaasidaNajmiddin Kubro ham mardlarcha halok bo‘lgan.
Urganchni egallagan mo‘g‘ullar shahargao‘t qo‘yib yuborganlar. Natijada, uzoq yillar davomida barpo etilgan bu ko‘rkam shaharda hayot to‘xtagan.
Jaloliddin Manguberdi (1198-1231) jasur va mohir sarkarda. Og‘ir kasalga chalingan Alouddin Muhammad o‘limidan oldin katta o‘g‘li Jaloliddin Manguberdini taxt vorisi etib tayinlagan.
Biroq bungacha barcha imkoniyat boy berib bo‘lingan edi. Mamlakat uchun shunday og‘ir sharoitda Jaloliddin bosqinchilarga qarshi kurash boshlagan. 1221-yilda Valiyon qal’asini qamal qilib turgan mo‘g‘ullarga hujum qilib, ulami tor-mor keltiradi. Bu mo^ullar ustidan qozonilgan birinchi yirikg‘alabaedi.
Bundan xabar topgan Chingizxon Jaloliddinga qarshi 45 ming kishilik lashkar yuboradi. Jaloliddin uni G‘azna yonidagi Parvonda qarshi olgan va jangda g ‘ alaba qozongan.
Tarixga «Parvon jangi» nomi bilan kirgan bu jangda Jaloliddin mo‘g‘ullarga qarshi barchalashkami otlaridan tushirib dushmanni kamondan o'qqatutish vakeyin yalpi hujumgao'tish usulini qo‘llagan.
Endi Chingizxonning o‘zi katta qo‘shinga bosh bo‘lib Jaloliddinga qarshi urushga otlangan.
Hal qiluvchi jang. Jaloliddinga qarshi kurashga endi shaxsan Chingizxonning o‘zi boshchilikqilgan. Bu tengsiz, beayov jangda Jaloliddinnig lashkari Sind daryosi tomon chekinadi. Bu yerda ikki tomon o‘rtasida hal qiluvchi jang bo‘libo‘tadi. Tarixga «Sind jangi» nomi bilan kirgan bujang 1221-yilning 24-26-noyabr kunlari bo‘libo‘tgan. Jaloliddin ozchilik bilan qolgan edi. Shunga qaramay, xoiazmliklar qudratli dush- man bilan jon olib, jon berib olishganlar Jang taqdirini Chingizxonning pistirmaga qo'ygan saralangan lashkari hal etgan. Mag'lubiyatgauchragan Jaloliddin oz sonli jangchisi bilan daryoning narigi sohiliga suzib o'tib, cho'l ichkarisiga kirib ketadi. Chingizxon dushmani bo'lsa~da, Jaloliddinning jasoratiga qoyil qolib: «Otaga shunday jasur o'g'il lozim. U ikki girdob - olov va suv girdobidan ozodlik maydoniga chiqaoldi», degan.
Sulton Jaloliddin Manguberdi yengilgan bo'lsa ham 1231~yilgachamo'g'ullarga qarshi tinim bilmay kurashdi. U zafar quchdi, mag'lubuyat alamini tortdi, ammo mag'lub bo'lmadi. Jaloliddin Manguberdi 1231-yilning avgust oyidaOzarbayjon hududida halok bo'ladi.
Mangu barhayot. Davlatimizning mustaqilligi yillarida Sulton Jaloliddin Manguberdining mo'g'ul bosqinchilarigaqarshi ko'rsatgan mislsizjasorati,
Vataniga va xalqiga sadoqati, cheksiz muhabbati yuksak qadrlandi. Prezident Islom Karimovning tashabbusi bilan 1999-yilda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi keng nishonlandi. Jaloliddin Manguberdiga Xorazmda haykal o'rnatildi.
Ko'cha va maydonlarga uning nomi berildi. 2000- yilda davlatimizning oliy haibiy mukofotlaridan biri

  • «Jaloliddin Manguberdi» ordeni ta’sis etildi.




Download 4.89 Mb.

Share with your friends:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   156




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page