Salomlashuv.
Tiglovchilarni darsga qatnashishlarini aniqlash
og‘zaki
muloqot
3 daqiqa
II.
Dars mazmunini tushuntirish
Turli ma’lumotlardan tarkib topgan taqdimot vositasida yangi
mavzuni tushuntirish.
tasviriy vositalarni qo‘llash, O‘quv taqdimoti.
25 daqiqa
III.
O‘rganilgan mavzuni musta’kamlash
Mavzu bo‘yicha tiglovchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash va ularni yanada rivojlantirish.
Amaliy mashg‘ulotlar orqali mavzu mustahkamlanadi
12 Daqiqa
IV.
Dars yakunlarini chiqarish
Fikr almashinuvini o‘tkazish, tiglovchilarni baholash.
O‘quv sikli orqali mavzu mustahkamlanadi.
5 Daqiqa
O‘quv mashg‘ulotining borishi
I. Tashkiliy qism (2 daqiqa). Dars salomlashish bilan boshlandi.
Tiglovchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
Tiglovchilar guruhlarga bo‘linib, guruh nomlari yozildi va taoriflandi.
Baholash mezonlari bilan tanishtirildi. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Barakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
B aholash mezonlari. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Harakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi. IX.Yangi mavzu bayoni Insoniyat hayotida maktabning o‘rni. Mana, beshinchi yildirki, Siz maktabning maktabdoshlaringiz va o‘zingizning shaxsiy hayotingizda qanday o‘rin tutib kelayotganligini bilib bormoqdasiz.
«Maktab» arabcha so‘z bo‘lib, o'zbek tilida «o'qish joyi» degan ma’noni anglatadi.
Odamlar maktablarda xat-savod o‘rganadilar. Turli fanlarga oid ilmlarni egallaydilar.
Maktabda barcha fanlardan a’lo bahoga o‘qigan o‘quvchilarning hayotda qanday muvaffaqiyatlarga erishayotganligiga o‘zingiz guvohsiz. «Umid nihollaii» sport musobaqalarida, «Kelajak ovozi», «Zulfiyaxonimqizlari» tanlovlaridayoki fanlar bo‘yicha o‘tkazilayotgan xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib chiqayotgan yurtdosh- laringizni bir ko‘z oldingizga keltiring-a. Ularning barchasi maktablarda a’lo baholarga o‘qishgan.
O‘tmishda jahon ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk bobolarimiz ham maktablarda a’lo baholarga o‘qi- ganlar. Binobarm, Sizning kelajakda qanday kishi bo‘lib yetishishingiz bugungi kunda maktabda qanday o‘qishingizga ham bogliq.
Maktab, ayni paytda, tarbiyaberadigan joy hamdir. Barcha zamonlarda shunday bo‘lgan, hozir ham shunday. Siz maktab larda ta’lim-tarbiya berayotgan kishilami muallim, ustoz yoki murabbiy kabi so‘zlar bilan atalishini ham bilasiz. Ular bir so‘z bilan pedagog deb ham ataladilar.
«Pedagog» - grekcha so‘z bo‘lib, «bola yetaklovchi kishi» degan ma’noni anglatadi.
Qadimgi Gretsiyada badavlat oilalarning bolalarini maktabga yetaklab boradigan kishilarni pedagog deb ataganlar. Ilk maktablar Misr, Bobil, Xitoy va Hindistonda, Yevropada esa Gretsiya va Rim davlatlarida paydo bo‘lgan. Maktablar dastlab ibodatxonalarda faoliyat ko'tsatgan.
To‘g‘ri, ilk maktablar hozirgi zamon maktablari ko‘rinishida bo‘lmagan. Ularga qabul qilishda bolalarning yoshi hisobga olinmagan. Bolalar bugungi kundagidek sinflarga bo‘lib o‘qitilmagan. Bolalarni yoshiga qarab sinflarga bo‘lib o‘qitish va dars mashg‘ulotlarini jadval asosida tashkil etish XVII asrda dastlab Y evropada amalga oshirilgan. Bunday yangilikning asoschisi chexiyalik mashhur olim Yan Komenskiy bo‘lgan edi.
O‘rta Osiyoda ta’lim. O‘rta Osiyoda, shu jumladan, bizning yurtimizda barcha zamonlarda bolalarning ta’lim-tarbiya ishiga katta e’ tibor berilib kelingan. Maktabda bolalarga xat-savod о ‘rgatish bilan bir qatorda ularning axloqiy va jismoniy tarbiyasiga ham alohida e’tibor berilgan.
VIII asrda arablar yurtimizni bosib olgach arab alifbosi joriy etilgan. Maktablarda o‘qish arab yozuvi asosida olib borilgan. o‘g‘il va qiz bolalar uchun alohida-alohida boshlang‘ich ta’Iim maktablari ochilgan. Ular maktabxonadeb atalgan. O‘g‘il bolalar maktablarining ko‘pchiligi masjidlar qoshida, qiz bolalar maktablari esa muallimaayollaruylarida ochilgan. O‘g‘il bolalarni о‘qitadigan erkak muallim domla, qiz bolalarni o‘qitadigan ayol muallima esa otinoyi yoki otinbibi deb atalgan.
Bolalar maktabxonaga 5-6, ba’zan 6-8 yoshidan qabul qilingan. O‘qish muddati 5-8 yil davom etgan. Maktabxonalarda bolalar o‘qish-yozishga o‘rgatilgan va madrasalarga o‘qishga kirishga tayyorlangan. Madrasalarda asosan davlat boshqaruvi xizmatchilari hamda diniy ulamolar tayyorlangan. Yurtimizda dastlabki madrasa X asrda Buxoro shahrida ochilgan. Madrasalarda o'qish talabalarning iqtidoriga qarab 7-12 yil davom etgan. Madrasa o'qituvchilari mudarrislar deb atalgan.
Madrasalarda talabalarga diniy bilimlardan tashqari astronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, geografiya, tarix, adabiyot, xattotlik, musiqa, axloq va notiqlik san’ati, tijorat kabi fanlardan saboq berilgan.
Ma’mun akademiyasi. U yoki bu davlatda ilm-fan taraqqiyoti davlat hukm- dorining ilm-fan sohasida tutgan yo'liga bog'liq bo'lgan. Ya’ni, oliy hukmdor ilm- fanga homiylik qilgan bo Isa ilm-fan taraqqiy etgan. Olimlargag'amxo'rlik qilgan bo'Isa, ular ilm-fan sohasida katta kashfiyotlarni amalga oshirganlar.
Tariximizda Xorazmshohlar davlatini o'rtta sulola boshqardi. Ulardan ikkinchisi
ma’muniylar sulolasi hukmronligi davrida (995—1017-yillar) ilm-fan ta- raqqiyotiga katta e’tibor berildi. Sulolaning so'nggi hukmdori Xorazmshoh Ma’mun ibn Ma’mun (997—1017-yillar), ayniqsa, bu borada tarixda o'chmas izqoldirdi.
U o'z davrining ilmlarini puxta egallagan hukmdor bo'lib, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotiga homiylik qilgan. Uning homiyligi va rahbarligida 1004- yilda mamlakat poytaxtida «Dorul hikma va maorif» - ilm-fan markazi tashkil etilgan.
Keyinchalik olimlar uni «Ma’mun akademiyasi» deb ataganlar. Bu ilm- fan markazida Abu Nasr ibn Iroq, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abulxayr ibn Hammor kabi o'sha davrning o'nlab buyuk allomalari faoliyat yuritganlar.
Akademiya allomalari matematika, astronomiya, tuproqshunoslik, geografiya, tibbiyot va qonunshunoslik kabi fanlar bilan shug‘ullanishgan. Ularbu sohalarda jahon ilm-fani taraqqiyotigaulkan hissaqo‘shganlar. Afsuski, akademiya atigi 14 yil faoliyat ko‘rsatgan, xolos.
1017-yilda Xorazmshohlar davlati o‘z mustaqilligini yo‘qotgach akademiya faoliyati to‘xtab qolgan.
1997-yilda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Xorazm Ma’mun akademiyasini qaytadan tashkil etishto‘g‘risidagifarmonie’lonqilindi. Ha, oradan salkam ming yil o‘tib shunday qilindi. Akademiyani qayta tiklashdan qator maqsadlar ко Siangan, albatta.
Biroq ular orasida Siz kabi yosh avlod qalbida iftixor vag4irur, o‘tmish tariximizgachuqur hurmat tuyg‘usini o’stirish alohida o‘rin tutadi.
Qayta tiklangan akademiya O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining bo‘limi sifatida faoliyat yuritmoqda. Uning tarkibida arxeologiya, tarix, til va adabiyot, biologiya kabi bolimlar tashkil etilgan.
2006-yilda yurtimizda Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi nishonlandi.